―ИҚтисодиёт‖ факультети


Aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion boshqaruvni rivojlantirish yo‘llari



Download 6,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/312
Sana22.02.2022
Hajmi6,58 Mb.
#101957
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   312
Bog'liq
Тўплам-конференция-Sayt-10.01.2019

Aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion boshqaruvni rivojlantirish yo‘llari 
 
Hozirda dunyoning rivojlangan mamlakatlari aksiyadorlik jamiyatlari zamonaviy 
korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish evaziga yuqori iqtisodiy natijalarga erishib 
kelmoqda. Mamlakatimizning bugungi kundagi iqtisodiy salohiyati, mazkur yo‗nalishda 


483 
olib borilayotgan islohotlarning izchilligi bu boradagi munosabatlarning huquqiy 
mexanizmlarini mustahkamlashni taqazo etmoqda. Shu ma‘noda qonun loyihasi tizimni 
yanada takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‗lib, aksiyadorlik jamiyatlarida 
boshqaruvning zamonaviy innovatsion uslublarini samarali shakllantirish va joriy etish 
bo‗yicha talablarni aniq belgilab beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ko‗pgina korxonalar, jumladan, xorijlik muassislar 
ishtirokidagi qo‗shma korxonalar ishlab chiqarishni zamonaviy asosda tashkil etib, 
boshqaruvda ilg‗or-innovatsion usullarni joriy qilmoqda. Shu bois, qonun loyihasida 
endilikda aksiyadorlik jamiyati ijro organining rahbarini tayinlash bo‗yicha o‗tkaziladigan 
tanlovda xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo‗lgan norma ko‗zda 
tutilmoqda. Shuningdek, mazkur loyihada bundan buyon aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv 
xodimlari sifatida chetdan jalb qilingan xorijiy mutaxassislarga va ular sarmoya kiritgan 
aksiyadorlik jamiyatlari uchun tegishli imtiyozlar, yengilliklar yaratilishi va bu orqali 
xorijiy mutaxassisning shu faoliyatdan olgan daromadlariga daromad solig‗i solinmasligi va 
jamiyatlarga jalb qilingan chet ellik mutaxassisning mehnatiga haq to‗lash fondidan yagona 
ijtimoiy to‗lov hisoblab chiqarilmasligini ko‗zda tutuvchi normalar o‗rin olmoqda

Ushbu 
omillardan kelib chiqqan holda quyidagi boshqaruv tizimlarini joriy etish mumkin: 
- Xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda aksiyorlik jamiyatlarida o‘ziga 
xos korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-
texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishish 
yoki chet el kapitali ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, aksiyadorlik 
jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratishga 
erishish; 
-Eski bo‗linmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro standartlar va bozor 
iqtisodiyoti talablariga mos yangi bo‗linma va lavozimlarni joriy etishni inobatga olgan 
holda, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etishga 
erishish; 
-Aksiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish, boshqaruv xodimlarining samarali 
faoliyatini nazorat qilishni ta‘minlashda aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar 
rolini oshirishga erishish; 
-Yetakchi xorijiy ta‘lim muassasalari bilan hamkorlik asosida boshqaruv xodimlarini 
tayyorlash va ularning kasb darajasini oshirish, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarida 
rahbarlik lavozimlariga chet ellik yuqori malakali menejerlarni jalb qilishga erishish
-Davlat ulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlarining rahbarlari tarkibini ma‘lum muddat 
oralig‘ida korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va prinsiplari, menejment va 
marketingni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ularni ishlab chiqarishni 
boshqarish tizimida qo‗llay bilishi bo‗yicha attestatsiyadan o‗tkazish
-Attestatsiya yakunlari bo‗yicha bo‗shagan lavozimlarga yangicha fikrlaydigan, 
zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali rahbarlar, shuningdek, xorijiy 
menejerlarni jalb etish; 
-Aksiyadorlik jamiyati ijro organining rahbarini tayinlash to‗g‗risidagi qaror, odatda, 
xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo‗lgan tanlov asosida qabul qilinadi. 
Aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar xo‗jalik sudiga ularning huquqlari va 
qonuniy manfaatlari buzilgani haqida da‘vo arizasi bilan murojaat qilganda, ularga davlat 
bojini to‗lash muddati uzaytiriladi va bu boj aybdor tomonidan undiriladi. Xalqaro 
amaliyotni inobatga olgan holda yagona hujjatda: 
-Korporativ boshqaruvning ilg‗or uslublarini joriy etish bo‗yicha tavsiyalar, jumladan, 
uzoq muddatli istiqbolda rivojlanish strategiyasi va vazifalari, ichki nazorat tizimlari va ijro 


484 
organining aksiyadorlar hamda investorlar bilan samarali o‗zaro hamkorlik mexanizmlarini 
belgilash; 
-Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ko‗lami, tarmoq xususiyatlari va yo‗nalishlarini 
inobatga olgan holda, namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy qilish;
-Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan xalqaro 
standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini nashr qilish. 
-Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy 
mutaxassislarning mehnatiga haq to‗lash fondidan yagona ijtimoiy to‗lov to‗lash kabi 
masalalar bayon etiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, innovatsiya maqsadlari kerakli natijalarga 
erishish uchun aniq vaqt bo‗yicha taqsimlanmog‗i lozim. Maqsadlarni vaqt bo‗yicha 
yo‗nalishi va yo‗llarini aniqlashtirishga, ularga erishish usullariga, davrlarga taqsimlashga, 
tashkilot rivojlanishi to‗xtovsizligini ta‘minlashga imkon yaratadi. Innovatsiyalarning 
maqsadlari xilma-xilligi bir-biri bilan bog‗liq va birbiriga qarama-qarshi bo‗lmasligi kerak. 
Chunki, ma‘qul innovatsion tashkilot maqsadlari tizimi shakli bo‗lib, uning yagona 
maqsadlar daraxtini ko‗rish tushuniladi. Shuningdek, innovatsion boshqaruv faoliyatining 
hamma sanab o‗tilgan rivojlanish omillari innovatsiyadagi boshqaruv qarorlarini rejaviy 
ishlab chiqishni talab qiladi. Innovatsiyalarni boshqarishning asosiy funksiyalarini ko‗rib 
chiqish va ularni amalga oshirish tartibi innovatsion menejmentning umumiy texnologik 
tizimini tashkil qiladi. Ular bir xil darajada menejmentning ham strategik, ham operativ 
doirasida muhim. Shu sababli korxona va kompaniyalar tadqiqotlarni moliyaviy 
ta‘minlashda ehtiyotkor bo‗ladilar va ularning natijalaridan manfaatdordirlar. 
И.Ф. Урманбекова – ТФИ 
С.Б. Товбоев – студент, ТФИ, 
 

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish