―ИҚтисодиёт‖ факультети


Korxonalarni rivojlantirishning investitsion usullari



Download 6,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/312
Sana22.02.2022
Hajmi6,58 Mb.
#101957
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   312
Bog'liq
Тўплам-конференция-Sayt-10.01.2019

 
Korxonalarni rivojlantirishning investitsion usullari
 
Bugungi kunda ko‗plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‗rin tutadigan 
mamlakatlar tajribasi shuni so‗zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo 
bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan 
o‗zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan 
yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta‘minlash, faoliyat 
ko‗rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini 
tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 
Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlarning yangi turlarini 
o‗zlashtirish bo‗yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga muvofiq 
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‗yicha 
tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko‗zda tutilmoqda. Ishlab chiqarishni diversifikatsiya 
qilish va mamlakatimizdagi homashyo va resurslarga boy mavjud manbalardan oqilona 
foydalanish asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan yuksak tehnologik 
mahsulotlarni ishlab chiqarishi ta‘minlash zarur. 


280 
Bizning bu boradagi eng katta yutug‗imiz yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi ko‗paygani hamda mamlakatimiz iqtisodiyotini 
rivojlantirishda uning roli sezilarli darajada oshganida namoyon bo‗lmoqda.
Prezidentimiz aytganlaridek, mamlakatimiz korxonalarida qishloq xo‗jaligi 
xomashyosini qayta ishlash darajasini tanqidiy tahlil qilish va uni rivojlantirish bo‗yicha 
mavjud resurs va imkoniyatlarni aniqlash hamda sanoatning qayta ishlash tarmoqlarini jadal 
rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan iste‘mol tovarlari turlarini ko‗paytirish va sifatini 
yaxshilash, buning uchun qo‗shimcha imtiyozlarni ko‗zda tutadigan maxsus qaror qabul 
qilish kerak. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‗zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, 
texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni 
jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e‘tiborga loyiq. Biz uchun asosiy vazifa – 
ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda 
ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‗zgarishlarni 
amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom 
ettirishdan iborat bo‗lishi zarur.
Shu borada ichki imkoniyat va zaxiralarimizni ishga solishning eng muhim yo‗nalishi 
bizning zaminimizdagi boy mineral xomashyo va o‗simlik dunyosi resurslarini chuqur qayta 
ishlashni bosqichma-bosqich oshirib borish, shuningdek, yuqori qo‗shimcha qiymatga ega 
bo‗lgan mahsulotlar ishlab chiqarishning hajmi va turini kengaytirishdan iborat bo‗lishi 
kerak.
2018 yil I choragi davomida davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 1153 
ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 478,9 mln. AQSH dollari va 2 888,0 mlrd. so'm 
miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 15 ta oldi-sotdi 
shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan 
investitsiyalar umumiy miqdori 152,4 mln. AQSH dollari va 1 111,2 mlrd. so'mni tashkil 
etdi. Investitsiya kiritish davrida 9913 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi. 
2018 yil I choragi davomida 1153 ta oldi-sotdi shartnomalaridan 29 ta shartnoma 
bekor qilindi, 63 ta shartnoma bo'yicha investitsiya majburiyatlari to'liq bajarildi va qabul 
qilindi. 
01.04.2018 y. holatiga davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 1061 ta 
oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 478,7 mln. AQSH dollari va 2 692,0 mlrd. so'm miqdorida 
investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 13 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy 
investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar 
umumiy miqdori 152,1 mln. AQSH dollari va 1 012,1 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya 
kiritish davrida 8177 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi. 
Amaldagi shartnomalarga ko'ra, yil boshidan investorlar tomonidan 6,2 mln. AQSH 
dollari va 183,2 mlrd. so'm investitsiya kiritilishi belgilangan bo'lib, haqiqatda kiritilgan 
investitsiyalar hajmi 5,5 mln. AQSH dollari va 128,8 mlrd. so'mni tashkil etdi. 
Hisobot davrida 63 ta oldi-sotdi shartnomalari shu jumladan, 12 ta sotib olish 
qiymatida va 51 ta ―nolь‖ xarid qiymatida tuzilgan shartnomalarga asosan kiritilgan 
umumiy 245 ming AQSH dollari va 93,2 mlrd. so'm miqdoridagi investitsiyalar komissiya 
tomonidan qabul qilingan hamda investitsiya hisobidan yangi 1736 ta ish o'rinlari 
yaratilgan. 
Shu bilan birga, yil boshidan 33,1 mln AQSH dollari va 612,7 mlrd. so'm miqdorida 
investitsiya kiritish sharti bilan 121 ta oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan bo'lib, 
shundan: 118 ta past rentabelli, iqtisodiy nochor davlat aktivlari va bo'sh turgan binolar 
―nol‖ xarid qiymatida 33,1 mln AQSH dollari va 609,0 mlrd. so'm investitsiya kiritish 


281 
majburiyati bilan; 3 ta davlat aktivi 3,7 mlrd. so'm investitsiya kiritish sharti bilan sotib olish 
qiymati bilan sotilgan. 
Mamlakatimizda investisiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va 
hududlarga to`g`ridan-to`g`ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan, 2018 yilning besh 
oyida 776 ta yangi qo`shma va xorijiy korxona ro`yxatdan o`tkazildi. Bu o`tgan yilning mos 
davriga nisbatan 496 taga ko`pdir. Shuningdek, joriy yilda xorijiy investisiyalar ishtirokida 
377 ta hududiy va 148 ta tarmoq loyihalari bajarilishi belgilangan. 
Mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish borasida boshlangan 
tizimli islohotlarni, iqtisodiyotimizda, avvalambor, sanoat va qishloq xo‗jaligida tub tarkibiy 
o‗zgarishlarni so‗zsiz davom ettirish, xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal 
rivojlantirish va bu soha vakillari manfaatlarini himoya qilish, makroiqtisodiy 
mutanosiblikni ta‘minlash 2018-yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 
ustuvor yo‗nalishiga aylanishi zarur. Shu asosda iqtisodiyotimizni rivojlantirish va isloh 
qilishni chuqurlashtirishda yaqin kelgusida tadbirkorlar resurs va imkoniyatlarini qaratishi 
lozim bo‗lgan hal qiluvchi strategik muhim yo‗nalishlarni aniqlab olish kerak. 2018 yilga 
mo‗ljallangan dasturiy vazifalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, har birimiz o‗z 
ishimizni qanday tashkil etishimiz, oldimizga qo‗ygan ulkan maqsadlarga erishish uchun 
kuch va imkoniyatlarimizni, bilim va tajribamizni qanchalik samarali safarbar eta 
olishimizga bog‗liq ekani haqida bugun ortiqcha gapirishning hojati yo‗q, deb o‗ylayman. 
 
M.K. Olimov – assistent, TDIU 
L.A. O`roqova - talaba, TDIU 

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish