Italiya modeli



Download 60,45 Kb.
bet2/3
Sana17.07.2022
Hajmi60,45 Kb.
#811548
1   2   3
Finlyandiya modeli — yuqori texnologiyali innovatsiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni ta’lim va tadqiqot bilan integratsiya qilish, korxonalarni milliylashtirish maqsadida biznes va institutlar birlashuvi. Bu model tabiiy resurslari ko‘p bo‘lmagan kichikroq mamlakatlar uchun mos keladi;

  • Shimoliy Amerika modeli — korxonalar o‘rtasidagi aniq raqobat bilan tavsiflanib, ishlab chiqarish jarayonida yaqin aloqalarni o‘rnatishni nazarda tutmaydi. Bu model klasterdagi yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat tufayli, shuningdek, ommaviy ishlab chiqarish tufayli bosh kompaniya yakuniy mahsulotning past narxiga yerishish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

  • Hind-Xitoy modeli — bu modelda davlat asosiy rol o‘ynaydi. Asosiy e’tibor chet el investitsiyalariga qaratilgan bo‘lib, ular zamonaviy texnologiyalarni olib kelinishini va davlatning jahon bozorlariga chiqishini ta’minlaydi;

  • Sobiq Ittifoq modeli — bozor munosabatlari va raqobat minimallashtirilgan holda, ishlab chiqarish yirik firmalarda to‘planadi. Bu model aholi zichligi past va kam rivojlangan mintaqalarning sanoatida qo‘llaniladi.

    Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, klasterlar faoliyatini innovatsion qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni innovatsiya maktablari, institutlar, markazlar va boshqa shu kabi muassasalar bilan uzviy bog‘liqligi ta’minlanadi. Bu esa, klasterlar faoliyatining samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda innovatsiyani joriy etish, shuningdek mamlakatning jahon bozoriga chiqishida raqobatbardoshligiga olib keladi. Xususan, Finlyandiyada innovatsiyani klasterlar bilan integratsiyasini ta’minlash maqsadida, bir qancha tadqiqot muassasalari tuzilgan.
    Milliy iqtisodiyotimizda klasterlarni rivojlantirishning xorijiy tajribalari va ularning ilgʼor yutuqlaridan foydalanish oʼziga xos oʼrin tutadi. Misol uchun, Janubiy Koreyada agroklasterlarni rivojlantirish zaruriyati asosan quyidagi omillar bilan belgilanganligini ta’kidlagan holda O‘zbekiston sharoitida ham ularni inobatga olish mumkin. Jumladan:

    • qishloq xo‘jaligiga davlatning amaliy yordami va qo‘llab-quvvatlashi hamda islohotlarni amalga oshirishda yetakchiligi;

    • tarixiy va milliy an’analardan foydalanib, ularni saqlab qolish, zamonaviylashtirish asosida yangi yo‘nalishlar, masalan agroturizm, mehmonxona xizmati kabilarni shakllantirish;

    • hududiy ixtisoslashuv, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va rivojlanish barqarorligini ta’minlash;

    • davlat – universitet – ilmiy-tadqiqot – fermer – qayta ishlash – biznesning birgalikda faoliyat yuritishining o‘zaro mutanosibligini ta’minlash mexanizmi;

    • olimlar mavqei va ilmiy-tadqiqot natijalarining samarali ekanligi hamda ularni qo‘llab-quvvatlashning davlat siyosati darajasidagi mavqeining yuqoriligi;

    • yuqori innovatsiyaga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etishga ustuvorlik berilishi va uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmining shakllanganligi;

    • marketing tizimi rivojlanganligi, inson kapitaliga munosabatning yuqoriligi va uni qishloqda rivojlantirishga ustuvorlik berilishi.

    Bugungi kunda Janubiy Koreyada o‘ta yirik agroklasterlar samarali natijalarga erishmoqda va yuqori ishlab chiqarish quvvatlariga ega. Jumladan, Chungdo xurmo klasteri 2009-yilda fermerlar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ushbu hududda Janubiy Koreyadagi urug‘siz xurmoning 65% yetishtiriladi. Fermerlar tomonidan birgalikda boshqariladigan ushbu klaster xurmodan yil davomida yangi uzilgan, yarim quritilgan, quritilgan, fermentatsiya qilingan, xurmo yog‘i va vinosi, rang va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
    Xurmo harakati: xurmo yetishtirish – qayta ishlash – narxini saqlash – marketing va reklamani rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu klasterni ko‘rib, yana bir bor agroklasterda ―biznes – universitet – ilmiy tadqiqot – davlatning birgalikdagi harakati va bunda ilmiy tadqiqotlarga asosiy e’tibor berilganligiga amin bo‘lish mumkin.
    Munkiyeong olmani qayta ishlash klasteri biznes korxonalari harakati asosida tuzilgan. Fermerlarning ushbu klasterga qo‘shilishi natijasida oladigan daromadlari keskin oshgan.U iste’molchilarga olma bilan bog‘liq 100 dan ziyod mahsulot va xizmatlar taklif etadi. Avval ushbu hududda ko‘mir qazib olingan. 1994-yilda ko‘mir qazib olish tugatilgach, aholining shaharga ketishining oldini olish maqsadida olma klasteri va turizmni tashkil etish uchun davlat tomonidan 50 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan. Ushbu olma klasteri 2004-yilda 4 million AQSH dollari miqdorida foyda olgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib, mahsulotlar miqdorining turli-tumanligi, qo‘shimcha xizmatlar, agroturizm va mehmonxona xizmatini taklif etish orqali 290 million AQSH dollari miqdorida foyda olishga erishgan.
    Jahon iqtisodiyotida integratsiya jarayonlarini globalashuvi va chuqurlashuvi agrobiznesni ichki kuchli va zaif tomonlarini ham, uning bozordagi tashqi imkoniyatlari va xavf-xatarlarini ham har tomonlama chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Аynan ana shu imkoniyatlardan biri agrosanoat guruhini klaster modeli bo‘yicha tashkil etishdir.
    Klaster modeli jahon amaliyotida iqtisodiy guruhni, mintaqani, butun mamlakatni raqobatbardoshliligini ko‘tarish instrumenti sifatida keng qo‘llaniladi. Klaster modelini asosiy belgilari:

    • guruhni tashqi bozordagi ulushini oshirish imkoniyatiga egaligi;

    • joylashgan hududda qulay sharoitlar (xomashyo, malakali personal, infrastruktura, o‘quv markazlar, ilmiy muassasalar va b.)ni mavjudligi;

    • guruhni davlat tomonidan kuchli qo‘llash evaziga qatnashuvchilarning guruhda samarali ishtirok etish imkoniyatlarini kengligi va boshqalar.

    Qishloq xoʼjaligi sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni koʼrsatadiki, agrosanoat klasterlari faoliyati qonun (normativ-huquqiy hujjat) bilan toʼgʼridan-toʼgʼri tartibga solinmagan. Mazkur munosabatlar fuqarolik huquqiy munosabatlar asosida, jumladan sheriklik shartnomasi, qishloq xoʼjaligi subʼektlarining kooperatsiyaga birlashishi orqali amalga oshiriladi.
    Kanadada klaster deganda fermer xoʼjaliklari sheriklik shartnomasi asosida (masalan, Ontariyo provintsiyasida fermerlarning 30 foizi sheriklik shartnomasi asosida faoliyat yuritadi) yoki bir nechta fermerlardan iborat inkorporatsiyasiga yoxud yirik qishloq xoʼjaligi korporatsiyalarga birlashgan holda faoliyati tushuniladi.
    Shuningdek, Buyuk Britaniyada yetakchi fermer boshchiligida birlashma sifatida faoliyat yurituvchi fermerlar klasteri mavjud. Buyuk Britaniyada klasterlarning tuzilishi quyidagi sxema orqali amalga oshiriladi:




    Download 60,45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish