Tojikchadan o‘zlashgan so‘zlar O‘zbek adabiy tili va uning shevalariga boshqa tillar qatori tojik tilining kirib kelishi va uning so‘z boyligining kengayishining tarixiy ildizlari juda qadim davrlarga borib taqaladi. Ma’lumki, o‘zbek xalqining tojik xalqi bilan aloqasi qadimdan buyon asrlar bo‘yi davom etib keldi. Bunga bir necha tarixiy asoslar va sabablar bor.
O‘zbek va tojik tillarining bir-biriga ta’sirini ikki katta davrga bo‘lish mumkin, deb ko‘rsatadi professor M.S.Andreev:
1. Arablar istilosigacha bo‘lgan qadimgi tojik tili yoki so‘g‘diy tiliga yaqin
bo‘lgan til bilan munosabat davri.
2. Arablar istilosidan keyingi tojik va o‘zbek tillari munosabati davri.27 O‘zlashtirilgan tojikcha so‘zlarning salmog‘i G‘ijduvon tumani shevalarida ham alohida bir qatlamni tashkil etadi. Chunki o‘zbeklar va tojiklar O‘rta Osiyoning eng qadimgi xalqlaridan biridir. Bu ikki xalqning uzoq zamonlardan beri birga hamkor va hududiy jihatdan yaqin bo‘lganliklari o‘zbek tili va ularning shevalariga ko‘plab tojikcha so‘zlarning o‘zlashib singib ketishiga sabab bo‘lgan.
Ma’lumki, bu ikki xalqning turmush sharoiti bir xil va ular umumiy Hududga ega bo‘lganligi sababli hayotning turli sohalarida hamkorlik qilib keladilar. Bu hamkorlik tojik va o‘zbek xalqlarining tillarida fonetika, lug‘at tarkibi va grammatik qurilishida o‘z aksini topadi.
O‘zbek va tojik tillarining uzoq davom etgan hamkorligi, ayniqsa, o‘zbek tili va shevalari leksikasida sezilarli iz qoldirdi.
Prof. A.K.Borovkovning ta’kidlashicha, tojik tilidan kirgan so‘zlar o‘zbek tilining lug‘at tarkibida mustahkamroqdir, chunki ular aniq narsa va predmetga tegishli so‘zlar hisoblanadi.28 Jumladan, o‘zbek tili va boshqa shevalarga o‘zlashgan so‘zlar qatorida biz o‘rganayotgan sheva leksikasida ham ko‘plab fors-tojik tiliga oid bo‘lgan lug‘at boyligi yuzaga kelgan. Fors-tojik tilidan shevaga o‘zlashgan so‘zlarni ma'lum guruhlarga bo‘lib o‘rganishni lozim topdik. Ular quyidagilar:
1. O‘rganilayotgan shevada va tojikcha so‘zlarning ayrim fonetik o‘zgarishlarga uchragan holda qo‘llaniladigan qatori:
G‘ijduvon shevasida Ad. orf.
Gānägā gohida
āttāp oftob
xürsän xursand
nävä nova
žigāri jo‘xori
2.Ayrim tojikcha so‘zlar faqat shevalardagina saqlangan bo‘lib, adabiy tilda boshqa so‘z bilan ifodalanadigan so‘zlar.
G‘ijduvon shevasida Ad.orf.
bäčä bola, farzand
mäjnä bosh
siftä silliq
hämsojä qo‘shni
pišäk mushuk
gülābi pushti rang
xeš qarindosh
könä eski
Pärpeč yo‘rgak
Boshqa tillar singari o‘zbek tiliga o‘zga tillardan qabul qilingan so‘zlarning ma'nolari o‘zgarishi tabiiiydir, chunki har qanday o‘zlashgan so‘z uni qabul qilgan tilning leksik xususiyatlariga moslashadi.
3.Tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar ba'zan o‘zbek tilidagi ayrim so‘zlar bilan sinonimik munosabatda boladi. Masalan:
Tojikcha sozlar: kisä, bähār, šüdgār,āhäƞ, ävāz, döst, tār
O‘zbekcha sozlar: cho‘ntak, kökläm, dälä, küj, tāvüš, örtāq, ip kabi sinonimik qatorni yuzaga keltiruvchi so‘zlar tekshirilayotgan shevalarda ham bir xil faol doimiy kundalik hayotda qo‘llaniladi.
4. Tojik tilidan o‘zlashgan lekin adabiy tilda uchramaydigan so‘zlar. Masalan: čäspäk // chaspak - eshik yoki derazani devorga yopishtirib turadigan qismi. Tirizäni čäspägi qāpärilganekän, taläxlädim. // Derazaning chaspagi qoparilgan ekan taxlab qo‘ydim. Särpāj // sarpoy - quda tarafga bosh oyoq kiyim.qilish. särpājni tüjxānäga emäs üjgä jüvāringlä // sarponi to‘yxonaga emas uyga yuboringlar. Nārezä // noreza -nonning dasturxondagi mayda bo‘laklari. Nārezäni här qerä tökmä // non ushog‘ini har qayerga to‘kma.
Tojik tilida shunday so‘zlar ham mavjudki, ular o‘zbek tilida aniq va kishilarning kundalik hayotida faol qollaniladigan narsa va voqelikni nomlab kelgani uchun o‘zbek tili lug‘at boyligining tarkibiga o‘z tili kabi singib ketgan. Tojik tilidan kirgan so‘zlarning sheva vakillari tomonidan kundalik hayotda qo‘llaydigan quyidagi ma'noviy guruhlarga bo‘lib o‘rganishimiz mumkin bo‘ladi.
Oziq-ovqat nomlari:
G‘ijduvon shevasi Ad.orf.
šörbā shorva
näbāt novvot
širbirinž shirguruch
päläv osh
ätālä atala
čölāp ayron
Kiyim-kechak va ularning qismlariga oid so‘zlar:
G‘ijduvon shevasida Ad.orf.
āstar astar
čäpān chopon
čäγüt uvada paxta
källäpoš do‘ppi
jäktäk yaktak
röpākčä belbog‘
O‘simlik va sabzavot mahsulotlarining nomlarini ifodalovchi so‘zlar:
G‘ijduvon shevasida Ad.orf.
Dävčä dovuchcha
zäldālï o‘rik
kädi/āškädi qovoq
šäptālï shaftoli
sävzi sabzi
Uy-ro‘zg‘or buyumlari nomlari nomlarini ifodalovchi so‘zlar:
G‘ijduvon shevasida Ad.orf.
Käškāt o‘roq turi
āttābä oftoba
käpkir kapgir
šāxa panshaxa
dästäk tutqich
üjmāq angushvona
Filologiya fanlari doktori Ernest Begmatov 29 o‘zbek tilining lug‘atiga tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlarni 33 ta LSMGga (leksik-semantik mavzuviy guruhga) ajratgan holda tavsiflaydi. Shuning oltinchi guruhi kasb-hunar, mashg‘ulot bilan aloqador tushunchalar nomi bo‘lib, unda binokorlikka oid duradgor, sangtarosh terminlari qayd qilingan. Prof.O.Madraximov esa, o‘zbek xalq shevalari leksikasidagi fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar miqdorini hisoblab chiqib, 33 foiz deb ko‘rsatadi. morat tarkibiy qismlarining xoslanishiga ko‘ra nomlarini bildiruvchi etimologik jihatdan memāxānä, üstāxāna ad.orf. mehmonxona, ustaxona kabi faol qo‘llanuvchi qo‘shma terminlarning har ikkala qismi ham fors-tojikchadir: Mehmon (f.t)-to‘y, ziyofat yoki boshqa munosabat bilan yo‘qlab kelgan kishi. Xona (f.t) binoning bir qismi (O‘zTIL 11 331). Demak, har ikkala qism o‘zbek tilining G‘ijduvon shevasida ham mustaqil ma’noga ega, Ularning birikishidan tuzilgan memāxānä // mehmonxona- uyning mehmon kutishga xoslangan alohida bir tarkibiy qismidir. Xullas, mehmonxona, ustaxona tipidagi binokorlik leksikasining qo‘shma terminlari hisoblanadi.Imoratning asosiy materialiga ko‘ra nomlanishidagi čöpkāri // cho‘pkori termini ham etimologik jihatdan fors-tojik tiliga mansub, fors-tojik. cho‘b - yog‘och, kor - hunar demakdir. SHunday ekan, mustaqil ma’noli ikki so‘z cho‘b - quruq xas,o‘t; kor - ish, hunar - kasb; cho‘bkori "yog‘och uy", sinchli uy demakdir.
Yuqoridagi tekshirishimiz natijasi G‘ijduvon shevasi leksikasida ham umumo‘zbek tili lug‘at tarkibidagidek fors-tojik o‘zlashmalarining ham sezilarli o‘rni borligini ko‘rsatdi.