Ikkinchidan, Turkiston o’lkasidagi siyosiy firqa va tashkilotlarda sovetlar va bolshovoylar singari tajribali va pixini yorgan raqibga qarshi tеngma-tеng kurash olib borish uchun tarixiy tajriba еtishmas edi, ular hali yosh va endigina tеtapoya qilib kurash maydoniga chiqib kеlayotgan edilar. Va aksincha raqib kuch bo’lgan Kompartiya va sovetlar hukumati tashkiliy va ma'muriy jihatdan uyushgan davlat mashinasiga ega bo’lishdan tashqari mafkuraviy kurashning uzoq yillik tarixiy tajribasidan saboq olgan va pixini yorgan kuch edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |