Istiqlol avlodi



Download 10,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/86
Sana10.06.2022
Hajmi10,27 Mb.
#650638
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86
Bog'liq
6 “Kasbiy strеss, emotsional so‘nish holatlari profilaktikasi va

16.
 
“Yomg‘ir”mashqi 
Ishtirokchilar aylana ko‘rinishida turib olishadi Bunda jimlik hukm surish kerak. 
Boshlovchi “Hozir siz yomg‘ir tovushini eshitasiz, lekin buning uchun mening 
harakatlarimni takrorlashingiz kerak”, — deydi. Boshlovchi o‘rtada turib har bir 
ishtirokchining oldiga keladi va uning ko‘ziga qarab, muayyan harakatlarni bajarib 
ko‘rsatadi. Har bir ishtirokchi toki boshlovchi butun davrani aylanib kelib boshqa 
harakatni ko‘rsatmagunicha shu harakatni bajarib turishi zarur. 
Harakatlar: 
Kaftlarni bir-biriga ishqalash; 
Barmoqlarni qirsillatish; 
Tizzalarni shapatilash; 
Tizzalarni shapatilab, oyoqlarni do‘pillatish; 
Tizzalarni shapatilash; 
Barmoqlarni qirsillatish. 
17.
 
“O‘zimning afzallik deklaratsiyam” mashqi
 
Maqsad:
- o‘zida ijobiy ustanovkalarni shakllantirish. 
Ishtirokchilar o‘zgalardan farq qiluvchi afzalliklari bitilgan deklaratsiyani 
ovozlarini chiqarib o‘kib eshittiradilar. So‘ngra ularning xar biri «Men - bu men», 
«Men ajoyibman» — degan so‘zlarni baland ovozda qaytaradilar. 
 
 
 


98 
2-sessiya. Asosiy qism 
18.
 
“Halokatga uchragan kema” treningi 
O‘yin boshlanishidan oldin boshlovchi «Javobgarlikning o‘zi nima? Siz buni 
qanday tushunasiz?» degan savolni o‘rtaga tashlagani ma’qul. 
Boshlovchi ishtirokchilarning javoblarini flipchartga yozar ekan, ishtirokchilar 
tomonidan «javobgarlik» so‘zining ma’nosini tushunishga harakat qilishlarini 
odilona baholashi va ushbu masala yuzasidan bildirilgan fikrlar kundalik turmush 
tarzimizda uchrab turishini ta’kidlab, so‘ng javoblarni qo‘shimcha yangi misollar 
bilan yanada boyishga harakat qilishi lozim. 
Bu o‘rinda boshlovchi «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da javobgarlik so‘ziga 
qanday tarif berilganligini aytib o‘tishi mumkin. Lekin lug‘atdagi so‘zning ma’nosi 
faqat bir tushuncha bilan kifoyalanib qolmaydi. Undagi «javobgarlik» 
tushunchasining izohidan tashqari o‘z zimmasiga olingan «javobgarlik mas’uliyati», 
«javobgarlikni o‘z zimmasiga olish», o‘z bo‘ynidan javobgarlikni soqit qilish, 
javobgarlikka tortish, javobgarlik kimgadir «tushyapti» kabi javobgarlikka taalluqli 
umumiy tushunchalar izohi bilan ham yaqindan tanishtirib o‘tish kerak. 
«Javobgarlik» so‘zi tushunchasi hakida to‘la-to‘kis ma’lumot berilganidan so‘ng, 
«o‘z zimmasiga javobgarlik olish»ning ahamiyati qayd etiladi, keyin boshlovchi 
tomonidan o‘quvchilarga ushbu sifatni shakllantirish mashqini taklif etish maqsadga 
muvofiqdir. Ushbu mashqni bajarish uchun o‘qituvchi tomonidan quyidagi 
yo‘riqnoma beriladi: «O‘zingizni Tinch okeanida yaxtada suzib ketayotgandek his 
qiling. Yong‘in tufayli yaxtaning va yuklarning ko‘p qismi nobud bo‘ldi. Yaxta asta-
sekin cho‘ka boshlaydi. Zarur jihozlarning ishdan chiqqanligi sababli siz turgan joy 
noaniq. Yaqin quruqlikdan taxminan janubiy-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha 1000 km. 
masofada turibsiz. Bu holatdan qanday chiqish mumkin? 
Quyida yong‘indan so‘ng butun qolgan va ziyon ko‘rmagan 14 ta jihozning 
ro‘yxati berilgan. Bunga qo‘shimcha ravishda ihtiyoringizda eshkagi bor pufakli 
qayiqcha ham saqlanib qolgan. U ekipaj a’zolarini saqlash imkoniga ega. 
SHuningdek, bunday holatlarda juda zarur bo‘lgan 4 ta narsa ham omon qolgan. 
Bular bir quti sigaret, bir necha quti gugurt va 5 ta kog‘oz pul. 
Har biringizga 15 minutdan vaqt beriladi. SHu vaqt ichida okeanda siz o‘zingiz 
uchun hamda boshqalar uchun javobgarlik mas’uliyatini his etishingiz kerak. Pastda 
berilgan 14 ta jihozdan hayot uchun zarur bulgan 4 ta narsani aniqlash lozimki, bu 
jihozlar yordamida cho‘kayotganlarni ham qutqarish mumkin bo‘lsin. Bunday 
tanlash jarayonida eng muhim hisoblangan jihoz 1-o‘ringa, keyingi muhim jihoz 2-
o‘ringa undan keyingisi 3-o‘ringa va h.k. qo‘yiladi. 
Bu usul yordamida mavjud barcha jihozlarning o‘rni belgilanadi. Oqibatda, 14-
o‘rinni unchalik ahamiyatiga ega bo‘lmagan jihoz egallaydi. 


99 
Endi quyidagi 14 ta jihozni o‘z o‘rniga qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Bunda aslo siz 
o‘zingiz va do‘stlaringiz uchun javobgarlik vazifasini olayotganligingizni 
unutmasligingiz kerak». SHundan keyin ishtirokchilarga quyidagi jihozlar ro‘yxati 
havola etiladi. 
1.
Kompas. 
2.
Soqol olish uchun ko‘zgu. 
3.
5 litrli suv idish. 
4.
Baliq tutadigan to‘r. 
5.
Tinch okeani xaritalari. 
6.
Havo to‘ldirilgan yostiq. 
7.
2 litrli neft va gaz aralashmasi idishi. 
8.
Kichik tranzistrli radio. 
9.
Akulalarni qo‘rqituvchi jihoz, rapellent. 
10. YOmg‘ir suvini yig‘ish uchun katta yuzali timqora plastik (kleenka). 
11. Bir necha 80 
s
li Puerto-riko romi. 
12. Ikki quti shokolad. 
13. 25 metr neylon yo‘g‘on arqon. 
14. Bir yashik konserva. 
O‘quvchilar tomonidan tegishli jihozni ajratib olish jarayoni bajarilgach, bir 
qarorga kelib olishlari uchun sinfga yana vaqt beriladi. O‘quvchilar berilgan vazifani 
alohida-alohida bajarib bo‘lishganidan so‘ng, birgalikda hayot uchun yordam 
beradigan 4 ta asosiy jihozni tanlab olishlari kerak bo‘ladi. 
Ularning umumiy bir to‘xtamga kelishi osonroq bo‘lishi uchun o‘quvchilarga 
quyidagilarni tavsiya qilish mumkin: 
- o‘zini shaxsiy fikrini himoya qilishdan ehtiyot bo‘lish, ya’ni o‘zini ustun 
qo‘ymasdan, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan yagona qarorga ko‘ra 
javobgarlikni olish; 
- bu qiyin bo‘lsa, umumiy qarorning ma’qul jihatlarinigina qisman qabul qilish; 
- qaror qabul qilinishida yordam beradigan turli fikrlarni ko‘rib chiqish. 
Butun guruh yuqorida qayd etilganlarning eng muhimlarini tanlaganidan keyin, 
shaxsiy natijalarni guruh natijalari bilan solishtirish va tegishli jihozlarni tanlab 
olgan betaraf gurux fikri bilan qiyoslash foydadan holi bo‘lmaydi. 
Betaraf guruh tomonidan tanlab olingan jihozlar quyidagilardan iborat: 
1.
Soqol olish uchun ko‘zgu: U havo va dengiz qutqaruvchilari uchun signal 
berish vazifasini o‘taydi; 
2.
Gugurt yoki pul bilan yoqish mumkin bo‘lgan neft va gaz qorishmasining ikki 
litrli idishi. Bu ham qutqaruvchilar e’tiborini tortadigan vositalardan biridir; 
3.
CHanqoqni qondirish uchun besh litrli suv idishi; 
4.
1 yashik konserva. 


100 
«Kemaning halokatga uchrashi» mashg‘uloti tugaganidan keyin boshlovchi o‘z 
zimmasiga javobgarlik mas’uliyatini olish og‘ir paytlarda yuzaga kelmay, bu sifat 
har bir kishining oilaviy hayotida, kundalik turmush tarzining asosiy 
xususiyatlaridan biri bo‘lishi lozimligini alohida qayd etadi. 

Download 10,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish