17
Past frustratsion tolerantlik
To‘polon qilishga moyillik.
Haddan ortiq o‘zini-o‘zi tanqid qilish.
Spirtli ichimliklar va giyohvandlik
moddalarni haddan ziyod iste’mol qilish.
Ijtimoyilashuvning
pastligi,
odamovilik.
Past o‘zlashtirish.
Agressiv xulq-atvor, harakatli javob
qaytarish.
Dars qoldirish.
Suitsid to‘g‘risidagi har qanday fikrga o‘ta ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur.
Yolg‘izlik, chorasizlik hissi e’tibordan chetda qolmasligi
suitsidni oldini olishga
ko‘maklashadi.
TA’LIM MUASSASALARIDA SUITSIDNING
OLDINI OLISH METODIKASI
Jumladan, bugungi kunda davlatimiz tomonidan
maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarni psixologik
qo‘llab-quvvatlash, ular hayotidagi ruhiy o‘zgarishlarni
nazorat ostiga olish, kerak bo‘lsa, ularga davolash choralarini
ko‘rish
masalalariga
alohida
e’tibor
qaratilmoqda.
Shuningdek, davlatimiz tomonidan har haftaning payshanba
kunini “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” deb e’lon
qilinishi, voyaga yetmaganlar o‘rtasida
nazoratsizlik,
qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-
harakatlarning oldini olish, ularga imkon tug‘diruvchi
sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga
qaratilgan tadbirlar, o‘quv
seminarlarini tashkil etilishi,
o‘quvchilarni o‘z hayot yo‘llarini to‘g‘ri tashkil etishlarida
o‘z samarasini bermoqda.
O‘quv-seminarlarda o‘quvchi-yoshlarning ta’lim-tarbiyasi davlat siyosati
darajasiga ko‘tarilganligi, har tomonlama yetuk, ma’nan
va ruhan barkamol avlodni
tarbiyalashda ta’lim muassasalari pedagog xodimlari, psixologlar, ota-onalar va
mutasaddi tashkilotlarning mas’uliyatini kuchaytirish, hamkorlikda o‘quvchilarni turli
kasb va psixologik to‘garaklarga jalb etish, ularni ongli kasbga yo‘naltirishga alohida
18
e’tibor qaratilishi lozimligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilmoqda. Seminarlarda o‘smir
yosh
inqirozlari, ta’lim-tarbiya jarayonini o‘quvchining individualligi asosida tashkil
etish, maktab, oila hamkorligini kuchaytirish masalalari muhokama etilmoqda.
Bugungi kunda axborot xurujlarining xavfi, internetning salbiy ta’siri, yoshlar
tarbiyasiga katta xavf solayotgan “Ommaviy madaniyat”ning
kirib kelishi, voyaga
yetmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan turli xil huquqbuzarlik, suitsid,
o‘z joniga qasd qilish holatlarining kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa maktab
yoshidagi o‘quvchilarning internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali turli guruhlarga kirib
qolishlari va ota-onalarining farzandlariga nisbatan e’tiborsizliklari tufayli har xil
o‘yinlar qurboniga aylanmoqdalar. Bu kabi salbiy burilish va og‘ishlar, noxushliklarni
oldini olish uchun eng avvalo ota-onalar va ta’lim muassasalarining hamkorligini
mustahkamlash zarur.
Maktab psixologi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘z
joniga qasd qilishning zararli oqibatlarini ilmiy-amaliy
va diniy nuqtai nazardan
tushintirish ishlari bo‘yicha diniy qo‘mita vakillari, ichki ishlar xodimlari,
o‘quvchilarning ota-onalariga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning ijobiy va salbiy
tomonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yillik ish rejalariga kiritishlari hamda o‘quvchilar
bilan guruhiy va individual suhbatlar uyushtirishlari lozim.
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilgan suitsid
holatlarining sabablari,
o‘smirlar tomonidan sodir etilgan suitsidda oiladagi nizolar va nosog‘lom muhit, kattalar
tomonidan sodir etilgan
tazyiq, ayrim pedagoglarning loqaydligi, o‘smirning
tengdoshlari bilan bo‘lgan muammolari, asosan qarama-qarshi
jins vakillari bilan
bo‘lgan shaxslararo munosabatlardagi kelishmovchiliklar sabab bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: