Ikkinchi bosqich. Murakkab organik birikmalarni biopolimerlardan hosil bо‘lishi. Million yillar davomida ibtidoiy okean suvida aminokislotalar va boshqa monomerlar tо‘planib ultrabinafsha nurlar va chaqmoq razryadlari ta’siri ostida aminokislotalar о‘zaro qо‘shilib eng sodda yarim suyuq oqsil tomchilarni hosil qilgan. Organik moddalar ibtidoiy okean suvida tо‘planib bir-biri bilan о‘zaro ta’sir etib ancha murakkab birikmalar hosil qilgan. Bu reaksiya maxsulotlari orsida ehtimol, uglevodorodlar, yog‘lar, oqsillar, hatto nuklein kislotalar ham bо‘lgan. Birlamchi okean suvida mazkur birikmalar bо‘lganligi va sintezlanishi mumkinligi hozirgi davrda tajribalarda isbotlangan. Organik moddalar ibtidoiy okean suvida tо‘planavergan. Dastlabki organik moddalar avvaliga juda suyuq eritma holida bо‘lgan. Keyinchalik har xil jinsli polimerlarning yagona sistema bо‘lib birikishi rо‘y bergan.
Bu hodisani akademik A.I.Oparinning koatservatlar nazariyasi tushuntirib berdi. Koatservatsiya (tо‘planish) hodisasi shundan iboratki ma’lum sharoitda polimer birikmalar bir-biriga yaqinlashib «g‘uj» bо‘linishi va odatda nihoyat kichik tomchilar kо‘rinishida eritmadan ajralib chiqishini kuzatish mumkin. Bordiyu, eritmada bir necha polimerlar bо‘lsa, ular murakkab yoki kompleks koatservatlarni hosil qiladi.
Uchinchi bosqich. Dastlabki tirik tana namunalarining hosil bо‘lishi. Akademik Oparin tidqiqotlariga kо‘ra koatservat tomchilar sirtdan qaraganda tirik sistema xossalarini eslatadigan bir qancha xususiyatlarga ega: masalan, ular atrofdagi eritmadan turli moddalarni tanlab yuta oladi. Bunday boshlang‘ich modda almashinishi tufayli tomchilar о‘sib kattalashadi.
Koatservat tochilarda ba’zi moddalar (kalsiy, temir, mis va boshqadar) bо‘lganligi natijasida imyoviy reaksiyalar tezlashib borgan. Ehtimol shu tariqa bо‘lg‘usi fermentning eng boshlang‘ich murtaklari paydo bо‘la boshlagan. Bu jarayonga sirtdan qaraganda hujayralarning о‘sish, rivojlanishini eslatadi. Koatservat tomchilar keraksiz mahsulotlarni atrof muhitga ham chiqarishi mumkin. Oparin fikricha koatservat tomchilar о‘rtasida xatto hayot uchun kurashish ham rо‘y bersa kerak, natijada atrof muhitga kо‘proq moslashgan, ancha barqaror koatservat tomchilar bu kurashda omon qoladi. О‘z-о‘zini saqlab qolib, о‘sishgagina emas, balki о‘z-о‘zini yangidan tiklashga ham qodir bо‘lgan koatservatlar birlamchi okeanda zо‘r berib rivojlangan. Tarkibida biopolimerlar, oqsil va nuklein kislotalar bо‘lgan murakktb koatservatlar asta-sekin davom etib borgan evolyusion jarayon natijasida tirikligiga xos belgilarga ega bо‘lib, shu tariqa eng sodda hayot formalari-prokariot hujayralar paydo bо‘lishi mumkin bо‘lgan.
Hayotning paydo bо‘lishini tushuntiruvchi boshqa bir gipoteza S.Foksning protenoid mikrosferalar nazariyasidir. Protenoidlar yoki oqsilsimon proimerlar nisbatan qisqa aminakislotalar zanjiridan iborat. Protenoidlarni sun’iy ravishda, aminakislotalarning quruq qorishmasini 120-200 gradus qizdirib hosil qilish mumkin. Protenoidlar oqsillar singari, fermentativ xususiyatga ega. Shuningdek protenoidlar qizib sovugach mikrosferalar hosil qiladi. Mikrosferalar diametri 0,5-0,7 mkm teng. Atrofi zich qobiq bilan о‘ralgan bо‘ladi.
Dastlabki tirik jonivorlarning yashash sharoitlari hozirgi zamon sharoitlaridan keskin farq qilar edi. Atrof muhitda harorat yuqori bо‘lib, tirik mavjudotlarni kosmik nurlarning halokatli ta’siridan himoyalovchi ozon qatlami yо‘q edi. Atmosferada erkin kislorod ham bо‘lmagan.
Dastlabki organizmlar oziqlanish usuliga kо‘ra, chinakam geterotrof edi. Chunki ular ibtidoiy okean suvidagi tayyor organik moddalardan foydalanar edilar. Organizmlar kо‘paygan sari organik moddalar zahirasi tugab borgan, yangi moddalar sintezi esa ehtiyojni qoplab ulgurmagan. Natijada ovqat uchun kurash boshlanib, kо‘proq moslashgan organizmlar bu kurashda omon qolgan.
Hayot evolyusiyasi yо‘lidagi katta bosqich, aftotrof organizmlarning hosil bо‘lishidir. Organik birikmalarni mustaqil sintezlash uchun zarur energiyani eng oddiy kimyoviy reaksiyalar-oksidlanish qaytarilish reaksiyalari yordamida hosil qilinadigan bо‘lgan. Shu tariqa xemosintez hosil bо‘lgan. Aromorfoz tipidagi yirik ijobiy о‘zgarish natijasida fotosintez jarayoni vujudga kelgan. Fotosintezning vujudga kelishi va rivojlanishi hayotning keyingi evolyusiyasiga juda katta ta’sir kо‘rsatgan. Fotosintezni rivojlanishi atmosferada erkin islorod hosil bо‘lishiga, shuningdek eneogiya hosil bо‘lishining yangi yо‘li, Ya’ni kislorodli parchalanishning paydo bо‘lishiga imkoniyat yaratdi.
Aksariyat yetuk insonlarning hayoti va karerasi shuni ko‘rsatmoqdaki, muvaffaqiyatning asosiy kaliti — bu vaqtni to‘g‘ri taqsimlash.
Nima uchun ba'zi odamlar jahonga mashhur ishbilarmon va dunyoni o‘zgartirishga qodir yetakchiga aylanadi-yu, boshqalar esa shuncha mehnat qilishiga qaramay, bir nuqtadan siljiy olmaydi? Buning sababi ko‘pincha e'tibordan chetda qoladi, deyiladiWorld Economic Forum'da.
Muvaffaqiyatga erishgan ishbilarmonlar o‘z vaqtlarini kelgusida ularni yangi bilimlar, ijodiy qarorlar va kuch-quvvat bilan ta'minlaydigan narsalarga sarmoya qilishadi. Dastlab ularning muvaffaqiyati sezilmasligi mumkin, biroq oxir-oqibat, uzoq muddatli sarmoyalar samarasi o‘laroq, ular misli ko‘rilmagan cho‘qqilarni zabt etishadi.
Natijada to‘g‘ri taqsimlangan vaqt ajoyib daromad keltiradi, shuning uchun uni serdaromad deb atash mumkin. Grafikda vaqtimizni qanday sarflashimizga qarab ishda qanday natijalarga erishishimiz yaqqol ko‘rsatib berilgan.
Masalan, Uorren Baffet yuz minglab xodimga ega kompaniyalarga egalik qilsa-da, o‘z vaqtini to‘liq ishga bag‘ishlamagan. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, u ish vaqtining 80 foizini kitob mutolaasi va fikr yuritishga sarflaydi. Bunga sarflangan vaqt to‘g‘ri qarorlar va biznesni muvaffaqiyatli yuritish uchun zarur bo‘lgan bilimlar bilan ta'minlaydi.
"Eng yaxshi daromad bilimga kiritilgan sarmoyadir".
Benjamin Franklin, siyosiy arbob, ixtirochi, yozuvchi
Muvaffaqiyatli kishilarning o‘rnak olsa arzigulik foydali odatlari bo‘ladi. Quyida uzoq muddatli istiqbolda foyda keltirishda yordam beruvchi bir necha samarali maslahat bilan bo‘lishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |