Истеъмолчиларнинг асосий ҳУҚУҚлари


O’zbekiston Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunida qo’llaniladigan asosiy tushunchalar va ularning mazmuni



Download 258,5 Kb.
bet3/10
Sana13.07.2022
Hajmi258,5 Kb.
#792031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Истеъмолчиларнинг асосий У У лари

1.1. O’zbekiston Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunida qo’llaniladigan asosiy tushunchalar va ularning mazmuni.


1. Ma’lumki, har qanday qonunda muayyan o’ziga xos atamalar, iboralar mavjud bo’ladi. Ko’p hollarda turmushda ushbu iboralar va atamalar turli mazmun kasb etishi va turlicha ma’noda talqin etilishi mumkin. Bu esa qonunlar mazmunini to’g’ri anglab etish va ularni ijro etishga xalaqit beradi. Xuddi shu sababli «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunning 1 – moddasida ushbu qonunda qo’llanilgan asosiy tushunchalarga ta’rif beriladi.


2. «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunning 1 – moddasida iste’molchi tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: iste’molchi – foyda chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan holda shaxsiy iste’mol va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo’lgan fuqaro (jismoniy shaxs) hisoblanadi. Ushbu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, faqatgina jismoniy shaxs iste’molchi bo’lishi mumkin. Fuqarolik kodeksi 16-moddasiga asosan jismoniy shaxs deganda, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarorlari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tushuniladi. Jismoniy shaxs huquq sub’ekti sifatida qanday belgilarga ega bo’lishi kerak, degan savol tug’ilishi mumkin. Ma’lumki, fuqaro muayyan majburiyat munosabatlarida qatnashish, yirik summalarda bitimlar tuzish uchun muomala layoqatiga ega bo’lishi kerak. Biroq, iste’molchi maqomini olish uchun hech qanday muomala layoqati talab etilmaydi. Fuqaroning huquq layoqatiga ega bo’lishi kifoya. Fuqarolik kodeksining 17-moddasiga asosan, fuqaroning huquq layoqati u tug’ilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Bu o’rinda shuni ham e’tirof etish lozimki, jismoniy shaxsnigina iste’molchi sifatida tan olish zamirida chuqur ma’no yotadi. Har qanday jismoniy shaxs eng avvalo, biologik mavjudot, u yashashi, hayot kechirishi uchun oziq – ovqat, qiyim – bosh, turarjoy va shu kabilarni iste’mol qilishi va ulardan foydalanishi shart. Uning bu ehtiyojlari faqat kishilik jamiyatida qondirilishi mumkin.
Ayni vaqtda inson sotsial mavjudot ham, u shaxs sifatida jamiyatda, fuqaro sifatida davlatda harakat qilish uchun muayyan ijtimoiy xizmatlarga, tovarlarga, bilim va axborotlar olishga, transport, kommunikatsiya vositalaridan foydalanish va shu kabilarga ehtiyoj sezadi.
Jismoniy shaxsning biologik va sotsial mavjudot sifatidagi ehtiyojlari bu ehtiyojlarni qondirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbuni qondirmay turib, barkamol insonni, shaxsni, fuqaroni shakllantirib bo’lmaydi. Shu sababli ham insonning moddiy, maishiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish – bu ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan vazifadir. Aslini olganda, jamiyatdagi barcha ijtimoiy institutlar, iqtisodiy tuzilmalar inson mavjudligi uchun bor va unga xizmat qiladi. Insonning moddiy, maishiy, ma’naviy ehtiyojlarini qondirishdan inson ham, jamiyat ham teng darajada manfaatdordir. Ayni paytda bu ehtiyojlarni qondirish shunchaki oddiy, jo’n jarayon emas. Agar taraqqiyotning tarixiy bosqichlarida rivojlanmagan natural xo’jalik ustuvorlik qilgan davrlarda inson o’z ehtiyojlarini asosan o’zi qondirgan bo’lsa, bugungi kunda u bunga qodir emas. Chunki, birinchidan, inson ehtiyojlari doirasi kengaydi, ikkinchidan, har qanday tovar, ish, xizmat uni tayyorlovchi yoki amalga oshiruvchidan maxsus malaka va bilim talab etadi. Eng asosiysi shundan iboratki, inson o’z ehtiyojlarini qondirish uchun har kuni o’nlab tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va ish bajaruvchilar, xizmat ko’rsatuvchilar bilan huquqiy munosabatlarga kirishadi. Bu huquqiy munosabatlarning pirovard maqsadi insonning moddiy, ma’naviy va maishiy ehtiyojlarini to’la va samarali qondirish hisoblanadi. Demak, bunday holatda, tovarlar, ishlar, xizmatlardan bevosita o’z ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanadigan shaxs alohida huquqiy maqomga ega bo’lishi lozim. Qonunda iste’molchi huquqiy maqomi shaxsiy iste’mol va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo’llgan fuqaroga berilishi belgilab qo’yilgan. Agar fuqaro tadbirkorlik maqsadida (qayta sotish maqsadida) tovar sotib olsa, u iste’molchi hisoblanmaydi. Tovar shaxsiy iste’mol maqsadida emas, balki foyda olish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa maqsadlarda (masalan, shaxsiy tomorqasida foydalanish uchun) sotib olingan hollarda ham unga iste’molchi maqomi berildi. Shu sababli ham yakka tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan fuqaro iste’molchi bo’lmaydi, deyish noto’g’ri hisoblanadi. Yakka tadbirkor shaxsan iste’mol qilish uchun tovarlar sotib olgan, ish va xizmatlardan foydalangan holda, u iste’molchi hisoblanadi. Aynan vaqtda shunday huquqiy munosabatlar borki, bunday munosabatlarda ishtirok etgan jismoniy shaxs (yakka tadbirkor) iste’molchi maqomini ola olmaydi. Masalan, mahsulot etkazib berish shartnomasi, kontraktatsiya shartnomasi, korxonani ijaraga olish shartnomasi, franshizing (kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi) shartnomasi va shu kabilar. Ushbu shartnomalar o’z mohiyatiga ko’ra tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda tuziladigan shartnomalardir.
FK 425-moddasining 1-qismida ham iste’molchi tushunchasi mazmunini ochib beruvchi belgilar mujassamlashgan. Unga ko’ra fuqaro chakana oldi-sotdi shartnomasi orqali shaxsiy maqsadlar, ro’zg’orda yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan boshqa maqsadlarda tovar sotib olganda ham iste’molchi hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi – iste’molchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor;
Ijrochi – maishiy xizmat, uy-joy-kommunal, ta’mirlash-qurilish, transport xizmati va xizmat ko’rsatishning boshqa sohalarida shartnoma bo’yicha iste’molchi uchun ishlar bajaradigan yoki xizmatlar ko’rsatadigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor;
Sotuvchi – oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha iste’molchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muasasa yoki xususiy tadbirkor;
Shartnoma – tovarni olish-sotishni amalga oshirishda, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishda sifat, miqdor, muddat, narx va boshqa shartlar to’g’risida iste’molchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o’rtasidagi og’zaki yoki yozma kelishuv;
Tovar – ishlab chiqaruvchi faoliyatining iste’molchiga shartnoma bo’yicha sotish uchun mo’ljallangan mahsuli, shu jumladan import mahsuloti;
Normativ hujjatlar – standartlar, ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar (qurilish normalari va qoidalari, dori-darmonlar xususidagi davlat farmokopeyasi hamda muvaqqat farmokopeya qoidalari va boshqalar), texnik shartlar, texnik tavsiflar, retseptura va tovar (ish, xizmat) sifatiga va xavfsizligiga nisbatan belgilangan talablarni o’z ichiga oluvchi boshqa hujjatlar;
Tovar (ish, xizmat)ning xavfsizligi – tovarni iste’mol qilish, undan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilishning, shuningdek ish yoki xizmat natijalaridan foydalanishning odatdagi sharoitlarida iste’molchining hayoti, sog’lig’i yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi ehtimoli bilan bog’liq xavf-xatarning yo’qligi;
Muvofiqlik sertifikati – sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;
Tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni – tovar (ish, xizmat) va normativ hujjatlarning majburiy talablariga, shartnoma shartlariga yoxud tovarlar (ish, xizmat)ning sifatiga odatda qo’yiladigan talablarga nomuofiqligi;
Tovar (ish, xizmat)ning jiddiy nuqsoni – tovar (ish, xizmat)dan belgilangan maqsadda foydalanib bo’lmaydigan qilib qo’yadigan yoxud bartaraf etish uchun ko’p mehnat va vaqt sarflash talab qilinadigan kamchilik;
Kafolat muddati – tovardan (xizmatdan) foydalanishning (oylar hisobidagi) normativ muddati yoki tovar (xizmat)ning muayyan vazifani (necha soatda, necha ish jarayonida, qancha kilometr masofani bosib o’tib va h.k.) bajarish vaqti tarzida belgilangan muddati bo’lib, bu muddat ichida ishlab chiqaruvchi (ijrochi), baharti tovarni ishlatish (xizmatdan foydalanish) qoidalariga rioya etilgan bo’lsa, tovarning (xizmatning) sifatiga nisbatan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablar bajarilishini kafolatlaydi va ta’minlaydi;
Xizmat muddati – tovardan foydalanishning belgilangan muddati bo’lib, u tamom bo’lgach, tovarning texnik holatidan qat’i nazar, undan foydalanish to’xtalishi lozim;
Yaroqlilik (saqlash) muddati – muayyan davr bo’lib, bu davrda tovar foydalanishga yaroqli bo’ladi va u tamom bo’lgach, tovar odamlar hayoti hamda sog’lig’i uchun xavf tug’dirishi mumkin;
Kassa cheki – tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi to’langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to’langan sana va kassa apparatining nomeri ko’rsatilgan hujjat;
Tovar cheki – tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi to’langanligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to’langan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi ma’lumot ko’rsatilgan hujjat.

Download 258,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish