§1. Iste′molchi tanlovi va naflilik tushunchasi…………………………………….5
§2. Iste′molchi talabining o’ziga hos xususiyatlari…………...…………………..13
§3. Iste′molchining afzal ko`rishi qoidalarining nazariy asoslari………………....27
§4. Byudjet cheklanganligi va iste′molchining muvozanatlilik shartining iqtisodiy tahlili………………………………………………………………………………31
§5. Iste’molchilar tanlovi va naflilikning takomillashtirish yo’llari……………...41
Xulosa va takliflar.................................................................................................43
Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talab yotadi, ya’ni alohida iste’molchining talabi, har bir shaxs o‘zining fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir mahsulotdan, qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun ma’lum miqdorda mablag‘i bo‘lishi kerak. Iste’molchining mablag‘i chegaralangan. Iste’molchi har doim tanlov oldida turadi: qaysi mahsulotdan qancha olishi kerak. Iste’molchi qaror qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o‘z ehtiyojini qondirishga, turmush farovonligini darajasini oshirishga harakat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sub′еktlаri fаoliyatigа bеvositа tа′sir etuvchi tаlаb vа tаklif, foydаlilik vа istе′molchilаrning bozodаgi nаrхlаrgа munosаbаti, ishlаb chiqаrish хаrаjаtlаri vа mаhsulot bаhosi, rаqobаt shаkllаri, ishlаb chiqаrish omillаri vа ulаrdаn oqilonа foydаlаnish yo`llаri, umumiy muvozаnаt vа dаvlаtning bozorni boshqаrishdаgi roli vа shu kаbi qаtor boshqа mаsаlаlаr o`rgаnilаdi hamda ushbu kurs ishi mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi. Naflilik, narx va daromad - iste′molchi tanlovining asosini tashkil etadi.Ne′matning nafliligi - ne′matning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Umumiy naflilik biror ne′matdan ketma-ketlikda iste′mol qilib borilganda ulardan olingan jami naflilik yig`indisini ifodalaydi va u o`sib borish xususiyatiga ega. Shu bilan birga iste′mol to`yingan sharoitda umumiy naflilik o`zining maksimal qiymatiga erishadi. Chekli naflilik ne′matdan qo`shimcha bir birlik iste′mol qilish natijasida olinadigan qo`shimcha naf miqdorini ifodaladi. Biror ne′matdan qo`shimcha bir birlik iste′mol qilganda (boshqa ne′matlar iste′moli hajmi o`zgarmaganda), qo`shimcha iste′mol qilingan birlik oldingisiga nisbatan kamroq naf beradi va uning bu xususiyatiga chekli naflilikning kamayish qonuni deyiladi. Befarqlik egri chizig`i - bu iste′molchi uchun bir xil naf beruvchi ne′matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Befarqlik egri chiziqlari majmuasi befarqlik egri chiziqlari kartasini hosil qiladi. Ne′matlarning bir-birini o`rnini bosishi zonasi deb - bir ne′matni ikkinchi ne′mat bilan samarali almashtirish mumkin bo`lgan oraliqga aytiladi. Byudjet chizig`i tovarlar narxiga va iste′molchining daromadiga asoslanadi va u mavjud pul mablag`lari chegarasida iste′mol uchun qanday tovarlar majmuasini xarid qilish mumkinligini ko`rsatadi. Iste′molning optimal (muvozanat) nuqtasida befarqlik egri chizig`i byudjet chizig`iga urinib o`tadi. Muvozanatlik shartiga ko`ra, iste′molchi daromadini shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi (oxirgi so`m, oxirgi dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin. Agar shunday bo`lmasa, iste′molchi kamroq chekli naf beradigan oxirgi so`mini, ko`proq chekli naf beradigan ne′matga qayta taqsimlashi mumkin bo`ladi.