1.2. «Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish togrisida»gi Qonun boyicha istemolchilarning asosiy huquqlari.
Istemolchilarning asosiy huquqlari mazkur qonunning 4-moddasida oz aksini topgandir. Bu moddada keltirilishicha istemolchilar quyidagi huquqlarga ega:
Tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida togri va toliq malumot olish;
Tovar (ish, xizmat) ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bolishi;
Tovar (ish, xizmat) ning xavfsiz bolishi;
Hayoti, sogligi va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bolgan tovar (ish, xizmat), shuningdek ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning gayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli etkazilgan moddiy ziyon, manaviy zararning toliq hajmda qoplanishi;
Buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini sorab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
Istemolchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
Qonunda aytib otilganidek istemolchilarning asosiy va muhim huquqlaridan biri bu ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) hamda tovar (ish, xizmat)lar haqida oz vaqtida zarur, togri va tushunarli malumot olish huquqidir. Istemolchilar huquqlarini himoya qilishda tovar (ish, xizmat) haqidagi malumot muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u tovar, ish va xizmatni erkin tanlash tamoyilidan kelib chiqadi (bu haqda batafsil qonunning 5, 6-moddalariga berilgan sharhlarga qaralsin). Ammo ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar, istemolchilarga kerakli tovarni obektiv tanlash imkoniyatini beruvchi toliq, haqqoniy malumotni, odatda, bermaydilar. Zero, bunday malumotning istemolchiga berilishi ularning «manfaatlari (odatda, noqonuniy manfaatlari)ga» putur etishiga olib kelishi mumkin. Istemolchilarning asosiy huquqlaridan biri bolmish yuqorida izoh etilgan istemolchilarning tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida togri va toliq malumot olish huquqi oz mohiyatiga kora, istemolchilarning yangi boshqa huquqini yuzaga keltiradi. Bu huquq istemolchilar huquqlarini himoya qilish sohasi haqida bilim olishga bolgan huquqidir.
Istemolchilarning asosiy huquqlaridan yana biri bu tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlashga bolgan huquqidir. Istemolchi oziga kerak bolgan tovarni sotib olishi hamda ish, xizmatga buyurtma berishi mumkin. U oz xohish-irodasidan kelib chiqqan holda, hech kimning majburlovi, undovisiz ozining ehtiyojlari uchun maqbul va kerakli bolgan tovar (ish, xizmat)ni ozi xohlagan savdo yoki xizmat korsatish korxonasidan erkin tanlagan holda sotib olish, buyurtma berish yoki uning natijasidan foydalanish huquqiga egadir.
Qonunda normalangan istemolchining asosiy va muhim huquqlaridan biri, bu ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)lar tomonidan istemolchilarga taqdim etilayotgan tovar (ish va xizmat)lar natijalarini tegishli darajada sifatli bolishiga bolgan huquqidir. Qonunda istemolchining tovar (ish, xizmat) sifatini tekshirish huquqi oz aksini topgan (Qonunning 8-moddasi, 5-qismi). Tovar (ish, xizmat)ning tegishli darajada sifatli bolishiga nisbatan talablar birinchi galda ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ga qaratilgandir. Shu orinda «sifat» degan iborani talqin etib otish joiz. Koplab olimlar unga turlicha tarif berishgan. Jumladan, Aristotel fikricha, «sifat shunday mavjud turga xos alomatki, u bir mavjudlikni, uning turiga xosligini boshqa mavjudlikdan, xudi shu turga kiruvchidan ajratadi», yani «narsalarni taqqoslab baholashga oid xususiyatdir». Gegel esa, «shunday narsalar borki, ozining sifatiga qarab borligini tasdiqlaydi», deb takidlaydi. Bundan tort asr ilgari ingliz geografi va tarixchi olimi R. Gaklyut eksportyorlarga qarata: «
sizning mahsulotlaringiz sifati ishonchliligi, boshidanoq sizning mahsulotingizga nisbatan ishonch uygotadi, ammo oz vaqti bilan soxta va yolgon mahsulotlar bu ishonchni yoqotib, sizga sizning mahsulotlaringizga nafrat hamda obrosizlanishni unutmang» deb tuvsiya etgandi. Sifatni: «Sifat muhim belgi, xususiyat bolib bir predmetni ikkinchi predmetdan ajratish imkonini yaratadi»; «sifatlilik sifati yaxshi, ehtiyojlarni qondiruvchi» deb sharxlash mumkin. Tovar (ish, xizmat) sifati tadbirkorlik faoliyati foydaliligini belgilovchi muhim korsatkich hisoblanadi. Demak, sifat bu birinchi galda farq, ikkinchi galda ishonch, uchinchi galda baho, tortinchi galda obroni belgilaydi.
Sifat jihatidan talabga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat)larni qabul qilish yoki qilmaslik borasida istemolchiga keng huquqlar beriladi. Bunday qoidaning nazarda tutilishi, avvalo, istemolchi sifatida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchilarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Tovarning sifatliligini quyidagi jihatlar bilan belgilash mumkin:
Sifatning oliy darajasi (foydalanish uchun yaroqlilik, ehtiyojni tola qanoatlantirish xususiyati).
Uzoq muddatliligi (chidamliligi).
Tashqi korinishi, shaklining chiroyliligi, jozibadorligi.
Almashuvchanligi.
Foydalanishga qulayliligi, texnik xizmat korsatishning va tamirlash (tuzatish)ning engilligi.
Montaj qilish (yigish)ning engilligi va ekspluatatsiya (ishlatish)da qulayligi.
Xavfsizlik korsatkichi.
Yuzaga keladigan (qoshimcha yuklanishga chidamliligi)(peregruzok) ni aniqlash darajasi.
Xizmat korsatishning kafolatlanganligi, boshqa parametr (jihat)lari.
Demak, sifatli tovar topshirish majburiyatini olgan ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) istemolchiga yuqorida sanab otilgan talablarni ozida aks ettirgan tovarni topshirishi kerak boladi.
Sifatni mahsulotning unga qoyiladigan talablarga javob berish darajasiga mos kelishiga qarab tushunish mumkin. Yani: birinchidan, sifat har bir mahsulotning kopgina xususiyatlariga bogliq;
ikkinchidan, agarda istemolchi mahsulotning xususiyatlarini ularning ahamiyatiga qarab guruhlash imkoniyatiga ega bolsa, sifat raqamlar bilan ifodalanishi mumkin;
uchinchidan, sifat bu olchanadigan qiymat, demak, mahsulotning unga qoyiladigan talablarga javob bermasligini, unda voqe boladigan malum bir qiymatga qarab, kop hollarda uning narxiga qarab aniqlash mumkin boladi.
Mahsulotning sifatliligini, yani sifati lozim darajadaligini belgilovchi yana bir jihat bu uning ishonchliligidir. «Ishonchlilik» - mahsulotni belgilangan vaqt davomida, alohida sharoitlarda qoyilgan talablarga mos keluvchi funktsiyani (faoliyatni) bajara olishidir». Ishonchlilikni sifatning malum darajada taminlash usuli, deyish mumkin. Ishonchlilik tovar sifati bilan ornatiladi. Shuning uchun ham sifatni huquqiy jihatdan ifodalash talab etilarkan, ishonchlilik tushunchasi tarkibiga tuzatish (tamir)ga loyiqlilik, uzoq muddatlilik va saqlanuvchanlikni kiritish mumkin.
Istemolchilarning yana bir muhim huquqlaridan biri bu tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bolishiga talab qoyish huquqidir. Tovar (ish, xizmat)ning xavfsizligi deganda, avvalo ushbu tovar (ish, xizmat)dan foydalanish natijasida istemolchiga hech qanday zarar (moddiy ziyon, manaviy zarar) etmasligi kerakligi tushuniladi. Bu huquq bir qancha xalqaro hujjatlarda, jumladan BMTning istemolchilar huquqlari himoyasiga oid Rezolyutsiyasida Evropa Kengashi (Soveti) tomonidan qabul qilingan. Istemolchilar haquqlari Xartiyasida, 1975 yil 14 aprel va 1981 yil 19 maydagi Istemolchilar huquqlarining himoyasi va Informatsion (malumot) siyosatga oid Dastlabki (birinchi) va Ikkinchi dasturlarida ham oz aksini togan. Tovar (ish, xizmat)lar ulardan moljallangan maqsadda foydalanishga muvofiq va boshqa maqsadda foydalanishda xavfsiz bolishi lozim. Davlat standartlar va majburiy qoidalar orqali istemolchining bu huquqini kafolatlaydi.
Istemolchiga sotilgan tovar, korsatilgan ish (xizmat) natijasi undan oddiy sharoitlarda foydalanganda, saqlanganda, tashilganda hamda yoq qilinganda uning hayoti, sogligi hamda atrof-muhit uchun xavfsiz bolishi va uning mol-mulkiga zarar etkazmasligi istemolchining tovar (ish, xizmat) xavfsiz bolishiga talab qoyish huquqining asosini tashkil etadi. Tovar (ish, xizmat) xavfsizligi deganda, zarar etkazilishi mumkin degan xavfga yol qoyilmaslik holatiga aytiladi. Tovar (ish, xizmat)dan xavfsiz foydalanish, saqlash, tashish va yoq qilish qoidalari istemolchilar manfaatlaridan kelib chiqishi va maksimal tarzda organilishi lozim. Hozirgi davrga kelib, Istemolchilar masalalari boyicha standartlashtirish xalqaro tashkilotining qomitasi ushbu masala bilan maxsus shugullanmoqda. Mazkur qomita nafaqat istemolchilarning oziga, balki ularning mol-mulklari hamda atrof-muhitga ham etkaziladigan zararlarning oldini olish va ularni bartaraf etish borasida juda kata ishlarni amalga oshirmoqda.
Tovar (ish, xizmat)ning istemolchilar hayoti, sogligi, mol-mulki va atrof-muhit uchun xavfsiz bolishiga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)larning qay darajada rioya etayotganliklari ustidan nazoratni maxsus vakolat berilgan davlat organlari: Ozbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qollab-quvvatlash daslat qomitasi, Ozstandart agentligi, Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi, Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasi, Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi va boshqa vakolatli organlar amalga oshiradilar (23-modda).
Qonun istemolchilarning hayoti, sogligi, mol-mulki hamda atrof-muhit uchun xavf tugdiruvchi tovar ishlab chiqargan (ish bajargan, xizmat korsatgan) ishlab chiqaruvchi (ijrochi) bilan bir qatorda, normativ hujjatlarni tasdiqlagan, muvofiqlik sertifikati bergan, sogliqni saqlash, tabiatni muhofaza qilish, veterinariya xizmati organlari yoki xavfli tovar (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish yoxud realizatsiya qilishga ruxsat bergan boshqa organlar ham javobgar bolishlarini belgilagan. Tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bolishi taminlanmaganligi oqibatida istemolchining hayoti, soqligi yoki mol-mulkiga etkazilgan zarar toliq hajmda qoplanadi (Qonunning 20-moddasi). Qonunning 12-moddasi 6-qismiga kora, agar tovar (ish, xizmat)dan xavfsiz foydalanish yoki uni shu tarzda tashish va saqlash uchun maxsus qoidalarga rioya etish zarur bolsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi) bunday qoidalarni ishlab chiqishi, sotuvchi (ijrochi) esa, ularni istemolchilar etiboriga etkazishi shartligi belgilangan. Bu qoidalar ommaviy qoidalar emas, balki alohida, maxsus qoidalar bolib hisoblanadi. Shuni alohida etirof etib otish lozimki, bu erda juda ham muhim holat, yani ishlab chiqaruvchi (ijrochi) esa uni istemolchiga etkazishi oz ifodasini topgan. Demak, maxsus qoidalar ishlab chiqilmaganligi, tegishli tartibda tasdiqlanmaganligi, istemolchiga etkazilmaganligi yoki etarli bolmaganligi javobgar shaxsni aniqlashda hamda davlat organi, ishlab chiqaruvchi (ijrochi) va sotuvchilar ortasidagi majburiyatni taqsimlashda muhim ahamiyat kasb etganligi uchun uni alohida etirof etish lozim. Agar tovardan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish ish (xizmat)i natijalari istemolchining hayoti, sogligi, mol-mulkiga yoki atrof-muhitga zarar etkazayotganligi yoxud zarar etkazishi mumkinligi aniqlansa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) zarar keltiruvchi sabablar bartaraf etulgunga qadar ularni ishlab chiqarishni (bajarishni, realizatsiya qilishni) darhol toxtatishi, muomaladan chiqarish va istemolchilardan qaytarib olish choralarini korishi shart. Zararning sabablarini bartaraf etish mumkin bolmagan taqdirda ham ishlab chiqaruvchi (ijrochi) bunday tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlashga, ishni bajarishni va xizmat korsatishni toxtatishga majbur. Shu bilan birga oziq-ovqat mahsuloti sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan albatta utilizatsiya qilinishi kerak. Bu majburiyatlar ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, ishni bajarishni va xizmat korsatishni toxtatib qoyish, muomaladan chiqarish va istemolchilardan qaytarib olish tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bolishi va sifati ustidan nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlirining korsatmasi bilan amalga oshiriladi.
Istemolchilarning asosiy huquqlaridan biri istemolchilarning jamoat birlashmalarini tuzishga bolgan huquqidir. «Kuch adolatda va birlikda» degan tamoyildan kelib chiqib, istemolchilar oz manfaatlarini kozlab, bozor iqtisodiyoti sharoitida turli tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida huquqlari buzilishining oldini olish, ularni himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda jamoat birlashmalarini tuzishlari mumkinligi ularning asosiy huquqlari qatoriga kiritiladi. Bu esa adolatga va oz huquqlarining taminlanishidan manfaatdor bolgan barcha istemolchi-fuqarolarni birlashgan holda, aniq belgilangan rejalar asosida, ozlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishlari uchun keng imkoniyatlari ochib beradi. Qonunning 30-moddasi istemolchilarning yuqorida aytib otilgan asosiy huquqlaridan biriga bagishlangan bolib, u istemolchilarning jamoat birlashmalari deb nomlanadi.
30-modda istemolchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlariga qonun hujjatlari asosida savdo, maishiy xizmat va xizmat korsatishning boshqa turlari boyicha imtiyozlar va afzalliklar berilishi mumkinligini alohida etirof etadi. Masalan, yoqilgi quyish shahobchalarida urush qatnashchilari va 1-guruh nogironlari avtomashinalariga bepul xizmat korsatish amalga oshirilishi, umumiy transportlarda yosh bolalarga, nogironlarga maxsus orindiqlar ajratilishi, savdo korxonalarida qariyalarga, nogironlarga tovarlar navbatsiz va ayrim hollarda imtiyozli narxlarda sotilishini misol qilib keltirish mumkin.
Istemolchilarning yuqorida korib otilgan asosiy huquqlarini amalga oshirish avvalo har bir istemolchining oziga bogliqdir. Amaliyotda, yani savdo-sotiq, ishlar, xizmatlar soxalarida qonunning barcha talablariga amal qilinishi va istemolchilarning ushbu qonunda mustahkamlangan huquqlarining taminlanishi istemolchilarning huquqiy madaniyati, oz huquqlarini bilishi hamda ularni talab qilishida namoyon boladi.
Quyidagi sxemada istemolchilar oz huquqlari qanday himoya qilishlari mumkinligi oz aksini topgan
Do'stlaringiz bilan baham: |