Atom energiyasidan foydalanish.
Atom energiyasi inson xayotida katta va mahkam o'rin oldi. Butun dunyo atom energiyasiga oid tashkilotlarning keyingi ma'lumotiga ko'ra, dunyoda 430 dan ortiq AES bo'lib, ularning umumiy kuchi 3 mlrd kVt ga teng. Atom elektrostansiyalari dunyoda elektr energiyaning 15% ini ishlab beradi. Eng ko'p AES Amerikada joylashgan, ya'ni dunyodagi AES larning yarmidan ko'pi AQSh da bo'lib, ular 101,4 mln. kvt energiya ishlab chiqaradi.
Bir necha mamlakatlarda AES energiya ishlab chiqarishda asosiy o'rinni egallaydi. Masalan, Bolgariyaning elektr energiyasi 30%, Shvesariyaning 39%, Belgiyaning 50%, Fransiyaning 65% energiyasining AES energiyasi tashkil qiladi. Sobiq ittifoq (37,1 mln kvt), Yaponiya (29,3), Kanada (11,8), Ispaniya (7,5), Tayvan (4,9), Chexiya (3,2), Hindiston (1,5 mln.kvt) kabi mamlakatlarda AES ishlaydi.
AES energiya ishlab chiqarishning eng yuqori yutug'i bo'lishi bilan birga, alohida e'tibor, ehtiyotkorlik talab qiladi, chunki Chernobil, AQSh, Angliya, Germaniya kabi mamlakatlarda AES ning avariyaga uchrashi bunga yaqqol misol bo'la oladi.
1986- yili Chernobil AES ning halokati vaqtida yadro yoqilg'isini yuqori haroratda (700-9000S) temir, tosh, hosil bo'lgan plutoniy zarrachali chang-to'zon atrof-muhitga tarqalgan. Buning natijasida Chernobilga yaqin joylashgan Ukraina, Belorussiya erlarida radioaktiv chang-to'zon tushgan. Yer, suv, o'simlik, hayvonot va odamlar tanasida radioaktivlik ortib ketgan. Hozirgi vaqtda shunday radioaktivlashgan yuzlab qishloqlari aholilari boshqa joylarga ko'chirilgan. 1971-1984-yillar ichida 14 ta mamlakatning 151 ta AES larida halokat sodir bo'lgan. Buning natijasida tabiat va undagi tiriklik xavf ostida qolgan, 2001-yil boshida Chernobil AES ni ishlatish to'xtatildi.
AES lar o'rtacha ishlaganda yadrodan gazsimon vauchib ketuvchi moddalar (kripton, ksenon,yod kabilar) atrof-muhitga juda kam miqdorda tarqaldi. Yangi qurilayotgan AES lar shu erda va yaqin joylarda yashovchm aholi sog'lig'iga zarar etmaydigan darajada takomillashtirilib qurilmoqda.
Lekin Chernobil AES dagi fojeadan keyin, Belorussiyaning poytaxti minskdan 37 km narida ATZTS qurilishi to'xtatildi. Uning o'rnidagazga ishlaydigan Minsk TYETS-5 qurilishi mo'ljallangan.
Hozirgi vaqtda erdan qazib olinadigan uranning 1% igina AES larga yoqilg'i sifatida ishlatiladi, qolgan 99% esa chiqindi sifatida tashlanib, atrof-muhitni tuprog'i, suvi,havosi hamda tirik jonzotlarga, shu jumladan, inson sog'lig'iga juda katta zarar etkazadi (Masalan, Navoiy shahri atrofining radioaktivligi).
Yer yuzida uran kam joylardagina uchraydi va uning zahirasi juda chegaralidir. Tabiatda uran 235 holda bo'lib, uning miqdori qazib olingan uran tarkibi 1% ni, qolgani esa 238 ni tashkil qiladi. Agar uni «tez» reaktorga joylashtirib, maxsus ishlov berilsa, undan xom ashyo sun'iy izotop-plutoniy olinadi. Natijada olingan yoqilg'ining samaradorligi 50-60 barobar oshadi.
Qozog'istonning Mang'ishton (BN-350) va Sverdlov viloyatining Beloyarsk AES ida («BN-600») reaktor tezlashgan neytronda ishlaydi. Ularni suv o'rnidv issiqlik olib yuruvchi sifatida eritilgan natriydan foydalaniladi. Uning qaynash holati 900 0C va shu haroratda natriy bug'ga aylanadi, reaktor ichida bosim oshadi. Bu holatda reaktor o'zini-o'zi o'chiradi, bosim pasayadi, portlash bo'lmaydi.
Shu vaqtda olinayotgan elektr energiyaning 70% ga yaqini neft. Gaz, ko'mir, torf yoqish hisobida bo'ladi. Ularning tabiatdagi zaxirasi 200-300 yilga arang etadi xolos. Shuning uchun termoyadro energiyasining xillarikelajak enegiya manbai hisoblanadi. Chunki, bir kunda, 1000000000 kvt energiya olish uchun 750 tonna ko'mir yoki 400 tonna neft, 250 gr uran 235 yoki 34 gr og'ir vodorod sarflash kerak. Ularning ichida og'ir vodorod-deyteriy juda keng tarqalgan, manbai cheksiz modda. Energiya manbasining qaysi birdan foydalanishdan qat'i nazar, u atrof-muhitga, tirik jonzotlarga zarar keltirmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |