Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Elektr o‘lchov qisqichlari va o‘lchov shtangalari bilan ishlash



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/76
Sana10.07.2022
Hajmi1,39 Mb.
#770485
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

2-§. Elektr o‘lchov qisqichlari va o‘lchov shtangalari bilan ishlash
119. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida elektr o‘lchov qisqichlari bilan bajariladigan ishlar
ikki shaxs tomonidan bajarilishi, bunda ularning biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, ikkinchisi esa
— kamida III guruhga ega bo‘lishi lozim. O‘lchash ishlari ta’mirlovchi xodimlar tomonidan naryad bo‘yicha, tezkor
xodimlar tomonidan esa farmoyish bo‘yicha bajariladi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida
elektr o‘lchov qisqichlari bilan ishlarni elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs
farmoyish asosida bajarishi mumkin.
120. O‘lchash uchun ishchi qismiga ampermetr o‘rnatilgan qisqichlardan foydalaniladi. Ampermetri
tashqariga chiqarilgan qisqichlardan foydalanish man etiladi. O‘lchash vaqtida o‘lchov transformatorlariga,
simlarga, asboblarga tegish, ampermetr ko‘rsatkichini olish uchun unga engashish taqiqlanadi. Kuchlanishi 1000
V dan yuqori elektr qurilmalarida o‘lchash ishlari izolatsiyalangan taglik ustida turib, himoya ko‘zoynagini taqib,
dielektrik qo‘lqopda bajarilishi kerak.
121. O‘lchash ishlari olib boriladigan shinalar uchastkalarini shunday tanlash kerakki, ularning konstruktiv
bajarilishi va har xil faza tok o‘tkazgichlari orasidagi hamda ular bilan yerga ulangan qismlar oralig‘idagi


masofalarni qisqichlarning ishchi qismi hisobiga kamayishi natijasida fazalar o‘rtasida yoki yerga elektr tutashish
ehtimoli bartaraf etilgan bo‘lishi lozim.
122. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kabellarda elektr o‘lchov qisqichlaridan foydalanish uchun faqat
kabelning tolalari izolatsiyalangan va ular o‘rtasidagi masofa kamida 250 mm dan bo‘lgandagina ruxsat etiladi.
123. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan shinalarda elektr o‘lchov qisqichlari yordamida o‘lchash ishlari poldan
yoki maxsus taglik ustida turib bajarilishi lozim.
124. Fazalari gorizontal joylashgan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarning har bir fazasida qisqich
yordamida o‘lchash paytida o‘lchash ishlarini boshlashdan oldin har bir fazani izolatsiyalovchi qistirma bilan to‘sib
qo‘yish zarur. Ko‘rsatilgan ishlar dielektrik qo‘lqoplarda bajariladi.
125. Ishlarni bajarish uchun konstruksiyaga yoki teleskopik minoralarga shtangasiz ko‘tarilish zarur.
Shtangani arqon yordamida ishchi qismini yuqori holatda saqlab, tik qilib ko‘tarish kerak. Ko‘tarish uchun
metalldan ishlangan arqonlardan foydalanish taqiqlanadi. Ko‘tarish paytida shtangani chayqatish yoki qattiq
jismlarga tegib ketish mumkin emas. Katta bo‘lmagan balandliklarga ko‘tarish zarur bo‘lsa, shtangani qo‘ldan-
qo‘lga uzatish mumkin.
126. Momaqaldiroq, tuman, yomg‘ir yoki ho‘l qor yog‘ayotgan vaqtda o‘lchov shtangalari bilan ishlash
taqiqlanadi.
127. Shtanga bilan ishlashda ishlovchi bilan tok o‘tkazuvchi qismlar o‘rtasida mazkur Qoidalarga 
7-ilovaning
1-jadvalida ko‘rsatilgan masofaga rioya etilishi kerak.
128. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HL tayanchlarida o‘lchash ishlari tirnoqlarda (lazlarda) turib va
tayanchga kamar yordamida mahkamlanib bajarilishi mumkin. HLda narvondan turib o‘lchov ishlarini bajarish
taqiqlanadi.
129. Yerga ulagich simlari bo‘lgan havo liniyalari tayanchlarida turib o‘lchash ishlarini bajarish taqiqlanadi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish