Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Uskunalarda sinash va o‘lchashlarni amalga oshirish



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/76
Sana10.07.2022
Hajmi1,39 Mb.
#770485
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

7-bob. Uskunalarda sinash va o‘lchashlarni amalga oshirish
1-§. Tashqi tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash
97. Sinashlar tarkibi ikki kishidan kam bo‘lmagan, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga
ega bo‘lgan ish bajaruvchi, qolganlari kamida III guruhga ega bo‘lgan xodimlardan iborat bo‘lgan brigadalar
tomonidan amalga oshiriladi.
Sinovlarni faqat maxsus tayyorgarlikdan hamda sinash sxemalari va Qoidalarning ushbu bobi hajmida
bilimlar sinovidan o‘tgan, tayyorlanish davrida ishlab turgan elektr qurilmalarida sinov ishlarini o‘tkazish
tajribasiga ega bo‘lgan xodimlargina bajarishlari mumkin.
Mazkur sinov ushbu Qoidalar bo‘yicha bilimlar sinovi bilan bir vaqtda, tarkibiga elektr xavfsizligi bo‘yicha V
guruhga ega bo‘lgan uskunalarni sinash bo‘yicha mutaxassis kiritilgan komissiyada hamda belgilangan
muddatlarda o‘tkaziladi.
Sinov ishlarini o‘tkazish uchun ijozat berilgan shaxsning guvohnomasiga bu haqda belgi qo‘yilishi zarur.
98. 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarda sinovlar naryad bo‘yicha bajariladi. Ta’minlovchi kabeli
tarmoqdan uzilgan va uchlari yerga ulangan kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr dvigatellarni sinash
farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.
99. Sinovlar o‘tkazishga berilgan naryad bo‘yicha ishga ijozat berish va tayyorgarlik ishlarini bajarish, sinash
uchun mo‘ljallangan elektr uskunada ishlayotgan boshqa brigadalar ish joyidan chiqarilib yuborilgandan va ular
naryadlarini topshirganlaridan keyin amalga oshiriladi.
100. Sinovlarni bajaruvchi brigada tarkibiga tayyorgarlik ishlarini bajarish, sinalayotgan uskunani muhofaza
qilish hamda shinalarni bir-biriga ulash yoki bir-biridan ajratish uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II
guruhga ega ta’mirlash xodimlaridan bo‘lgan shaxslar kiritilishi mumkin. Sinovlarni boshlashdan oldin ish
bajaruvchi bu xizmatchilarga sinovlarni o‘tkazishdagi xavfsizlik choralari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berishi lozim.
Uskunalarni ta’mirlash yoki montaj qilish ishlarini bajaradigan brigada tarkibiga sinovlarni bajarish uchun
elektr laboratoriyasi yoki sozlash tashkilotining xodimlari kiritilishi mumkin. Bu hollarda sinov ishlariga ish
bajaruvchi yoki uning ko‘rsatmasi bo‘yicha laboratoriya yoki sozlash tashkiloti jumlasidan bo‘lgan elektr xavfsizligi
bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan shaxs rahbarlik qiladi.
Ta’mirlash yoki montaj ishlarini bajarish jarayonida sinov ishlarini o‘tkazish naryadning “Zimmasiga
topshiriladi” satrida alohida qayd etiladi.
101. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalaridan tashqarida turib, tok o‘tkazuvchi qismlari
butunlay yoki to‘rli to‘siq bilan yopilgan, eshiklari esa blokirovka bilan jihozlangan stendlardan foydalanib,
izolatsiya materiallarini va buyumlarini (himoya vositalari, har xil izolatsiya detallari va boshqalar) yalpi sinov
ishlarini III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi joriy ekspluatatsiya tartibida bajarishi mumkin.
102. Sinov zanjirini yig‘ish paytida eng avval sinov qurilmasiga himoya va ishchi yerga ulagichlarni o‘rnatish
va kerak bo‘lganda, sinaladigan uskuna korpusiga himoya yerga ulagichini o‘rnatish zarur. Sinov qurilmasini
380/220 V kuchlanishli tarmoqqa ulashdan oldin uning yuqori kuchlanishli chiqarmasiga yerga ulagich
o‘rnatiladi. Chiqarmani yerga ulovchi mis simning kesimi 4 mm dan kam bo‘lmasligi zarur.
Uskunaning sinov zanjirini yig‘ishni sinovni o‘tkazuvchi brigada xodimlari bajaradilar.
Ish bajaruvchi sinovni boshlashdan avval zanjirning to‘g‘ri yig‘ilganini va ishchi hamda himoya yerga
ulagichlarining ishonchliligini tekshirib chiqishi shart.
103. Elektr qurilmasiga o‘rnatilgan, cinovni o‘tkazishga xalaqit beruvchi yerga ulagichlarni olish va ularni
qaytadan o‘rnatish faqat sinov ishlariga rahbarlik qilayotgan shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha bajarilishi mumkin.
104. Sinov joyi, shuningdek, sinov paytida sinov kuchlanishi ostidagi ulovchi simlar to‘siqlar bilan to‘siladi
hamda sinov joyi yoniga kuzatuvchi qo‘yiladi. Kuzatuvchi vazifasini o‘lchash sxemasini sinalayotgan uskunaga
ulovchi shaxs bajarishi mumkin. To‘siqlarni sinov ishlarini o‘tkazayotgan brigada xodimlari o‘rnatadi. To‘siqlar
sifatida shchitlar, to‘siqlar, “SINOV! HAYOT UChUN XAVFLI!” plakatlari osilgan yo‘g‘on arqonlar yoki shunday
yozuvli yorug‘lik tablosi ishlatilishi mumkin. Agar sinov kuchlanishi ostidagi ulovchi simlar kuchlanishi 1000 V dan
yuqori elektr qurilmalari xonasidan tashqarida (yo‘lakda, zinapoyalarda, o‘tish joylarida, hudud ichida) bo‘lsa,
to‘siq o‘rnatish bilan bir qatorda elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan, naryadga kiritilgan va
yo‘l-yo‘riq olgan bir yoki bir nechta shaxsdan iborat qo‘riqchilar qo‘yilishi kerak. Qo‘riqchilik qilayotgan brigada
a’zolari to‘siq tashqarisida joylashtirilishi kerak.
Sinalayotgan uskunani qo‘riqlashga qo‘yilgan shaxslar ushbu uskunani kuchlanish ostida deb hisoblashi
lozim.
Ish bajaruvchi qo‘riqchilikka tayinlangan shaxslar o‘z postlarida ekanligi va sinash ishlari boshlanganligi
haqida xabar topganliklariga ishonch hosil qilishi zarur. Mazkur shaxslar o‘z postlaridan faqat ish bajaruvchining
ruxsati bilan ketishlari mumkin.
105. Sinov qurilmasi va sinalayotgan uskunalar har xil xonalarda yoki TQning har xil uchastkalarida
joylashgan bo‘lsa, izolatsiya holatini tekshirib turish uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega
bo‘lgan brigada a’zolari ish bajaruvchidan alohida turishiga ruxsat etiladi. Brigadaning ushbu a’zolari sinov ishlari
boshlanishidan oldin ish bajaruvchidan kerakli yo‘l-yo‘riq olishlari va to‘siqdan tashqarida joylashishlari shart.
2


106. Kabelni sinash jarayonida kabelning qarama-qarshi uchi berkitilgan kamerada, komplekt TQ
yacheykasida yoki xona ichida joylashgan bo‘lsa, eshikka yoki to‘siqqa “SINOV! HAYOT UChUN XAVFLI!” plakati
osib qo‘yilishi lozim. Agar bu eshik va to‘siqlar berkitilmagan yoki uchlari trassada ajratilgan ta’mirlanayotgan
kabel sinovdan o‘tkaziladigan bo‘lsa, bunday hollarda eshiklarga, to‘siqlarga va uchlari ochiq bo‘lgan kabellarga
plakatlar osishdan tashqari, naryadga kiritilgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan
shaxslardan shu joylarga qo‘riqchi qo‘yilishi shart.
107. Sinov qurilmasini 380/220 V kuchlanishli tarmoqqa ulash qurilmani boshqaruv joyida joylashgan, zanjir
uzilishi yaqqol ko‘rinadigan kommutatsiya apparati yoki shtepsel vilkasi orqali amalga oshirilishi kerak.
Kommutatsiya apparati ushlab qoluvchi qurilma bilan jihozlan bo‘lishi yoki apparatning qo‘zg‘almas va
qo‘zg‘aluvchi kontaktlari orasiga izolatsiya qoplamasi qo‘yilishi kerak.
108. Sinov uskunasidan kelayotgan simni fazaga, sinalayotgan uskuna qutbiga yoki kabel tolasiga ulash va
ajratishni sinov rahbarining ko‘rsatmasi bo‘yicha va faqat ushbu uskuna yerga ulangandan keyingina amalga
oshirishga ruxsat etiladi.
109. Sinalayotgan qurilmaga sinov kuchlanishini berishdan oldin ish bajaruvchi quyidagi tadbirlarni
bajarishi shart:
hamma brigada a’zolari o‘zlariga ko‘rsatilgan joylarda turganligi, begona shaxslar ish joyidan chiqarilganligi
va qurilmaga sinash uchun kuchlanish berish mumkin yoki mumkin emasligini tekshirishi;
brigadani kuchlanish berilayotgani haqida ogohlantirishi va ushbu ogohlantirishni brigadaning barcha
a’zolari eshitganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng sinov qurilmasining chiqarmasidan yerga ulagichni olishi,
keyin unga 380/220 V kuchlanishni berishi.
Sinov qurilmasining chiqarmasidan yerga ulagich olib tashlangan paytdan boshlab, butun sinov qurilmasi,
sinalayotgan uskuna va ular orasidagi simlar kuchlanish ostida deb hisoblanishi hamda sinash sxemasida va
sinalayotgan uskunada simlarni qayta ulash man qilinadi.
110. Sinov ishlari tamom bo‘lgandan keyin ish bajaruvchi sinov qurilmasi kuchlanishini nolgacha
pasaytirishi, uni 380/220 V kuchlanishli tarmoqdan o‘chirishi va yuqori kuchlanish tomonini yerga ulashi (yoki
yerga ulash haqida ko‘rsatma berishi) hamda bu haqda brigada a’zolarini xabardor qilishi kerak. Faqat shundan
keyingina simlarni qayta ulash yoki sinov ishlari batamom tugallangan bo‘lsa, sinalayotgan qurilmaning simlari
sinov qurilmasidan uzib qo‘yilishi va to‘siqlari olib qo‘yilishi mumkin. KL va HL izolatsiyasini sinashdan oldin,
shuningdek, bu ishlar tamomlangandan keyin KL va HLdan qo‘shimcha qarshilik orqali qoldiq elektr zaryadini
olib tashlash, yerga ulagichni ulash va qolgan elektr zaryadi to‘liq olib tashlanganiga ishonch hosil qilish zarur.
Shundan keyingina plakatlarni olib qo‘yishga ruxsat beriladi. Zaryadsizlashni bajaruvchi shaxs izolatsiyalangan
taglikda turib, himoya ko‘zoynagini taqib, dielektrik qo‘lqopda ishlashi zarur.
111. Operatorning ish joyida 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanish ulanganligi to‘g‘risida alohida lampali
signalizatsiya bajariladi.
112. Ko‘chma laboratoriya sinov qurilmasining yuqori kuchlanishli chiqarmasi kuchlanish ostida bo‘lganda
yonadigan lampali signalizatsiya bilan jihozlanadi.
113. Megaommetr yordamida o‘lchash ishlarini bajarishga elektrotexnik xodimlari jumlasidan bo‘lgan,
o‘qitilgan shaxslarga ruxsat beriladi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan qurilmalarda sinov ishlari naryad
bo‘yicha ikkita shaxs tomonidan bajariladi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lishi
lozim. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarda sinov ishlari farmoyish bo‘yicha ikkita shaxs tomonidan
bajariladi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lishi lozim. Mazkur Qoidalarga 10-
ilovaning 
116-bandida 
ko‘rsatilgan sinov ishlari bundan mustasno.
114. Ikki tarafdan kuchlanish olishi mumkin bo‘lgan liniyalarning izolatsiyasini sinash ishlari faqat ushbu
liniyaning ikkinchi tomoniga ulangan elektr qurilmasining javobgar shaxsidan telefon, kuryer orqali va boshqalar
orqali (qaytadan tasdig‘i bilan) o‘chirgich va liniya ajratkichi uzilganligi va “ULANMASIN! ODAMLAR
IShLAMOQDA!” plakatlari osib qo‘yilganligi to‘g‘risida xabar olingandan keyingina bajarilishi mumkin.
115. Sinov ishlarini boshlashdan oldin elektr qurilmasining sinov asbobi ulangan qismida ishlayotgan
odamlarning yo‘qligiga ishonch hosil qilish, uning yaqinida turgan shaxslarga esa tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘l
bilan tegishni taqiqlash, zarur bo‘lgan taqdirda esa qo‘riqchi qo‘yish zarur.
116. Elektr mashinalarining izolatsiya holatini nazorat qilish uchun to‘xtatilgan yoki aylanayotgan, ammo
qo‘zg‘atilmagan mashinada metodik ko‘rsatmalar yoki dasturlarga muvofiq megaommetr bilan o‘lchash, tezkor
xodimlar tomonidan yoki ularning ko‘rsatmasi bo‘yicha joriy ekspluatatsiya tartibida elektr laboratoriyasi
xizmatchilari tomonidan bajarilishi mumkin. Tezkor xodimlarning kuzatuvi ostida bu o‘lchashlar ta’mirlovchi
xodimlar tomonidan ham bajarilishi mumkin. Yakorlar, rotorlar va qo‘zg‘atish zanjirlarining izolatsiyasini elektr
xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs, stator izolatsiyasini sinashni — kamida ikkita shaxs
o‘tkazishi mumkin, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV, ikkinchisi esa kamida III guruhga ega bo‘lishi
kerak.
117. Megaommetr bilan ishlashda u ulangan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish man etiladi. Ish tamom
bo‘lgandan so‘ng tekshirilayotgan uskunalardan qoldiq elektr zaryadi uni qisqa vaqtda yerga ulash yo‘li bilan olib
tashlanishi kerak.
118. Megaommetr bilan o‘lchash ishlarini bajarish quyidagi hollarda man qilinadi:
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan ikki zanjirli liniyaning bitta zanjirida, agar boshqa zanjir kuchlanish
ostida bo‘lgan vaqtda;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori va ishlab turgan liniyaga parallel o‘tgan bir zanjirli liniyada momaqaldiroq
vaqtida yoki u yaqinlashib kelganida.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish