Korxonaning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsi tomonidan o‘ta xavfli deb topilgan elektr qurilmalarida
ishlar bajarilganda, bunday sharoitlardagi elektrotexnik xodimlar ustidan, shu jumladan xizmat safaridagi
xodimlar ustidan kuzatuvchi tayinlanadi.
Kuzatuvchi ish joyida o‘rnatilgan yerga ulagichlar, to‘siqlar, plakatlar, qulflash qurilmalarining mavjudligini
nazorat qiladi va elektr qurilmasining elektr toki bilan jarohatlanishdan brigada a’zolarining xavfsizligini
ta’minlash uchun javob beradi.
Ish texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik uchun brigadaga boshchilik qilayotgan shaxs javobgardir.
U, albatta, uning tarkibiga kiritilgan va doimo ish joyida bo‘lishi shart.
Kuzatuvchining ish paytida brigadani nazoratsiz qoldirishi va nazoratni boshqa ishlar bilan o‘rindoshlik
asosida amalga oshirishi hamda brigadani nazoratsiz qoldirishi taqiqlanadi.
Kuzatuvchi etib kamida III guruhga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.
64. Naryad va farmoyishlar bo‘yicha bajariladigan ishlarda javobgar rahbarlar va ish bajaruvchilar hamda
kuzatuvchilar etib tayinlanishi mumkin bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning
farmoyishi bilan belgilanadi.
65. Brigadaning har bir a’zosi ishlarni bajarishda mazkur Qoidalarga va ishga quyilayotganda va ish
jarayonida olgan yo‘riq ko‘rsatmalariga hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnoma
talablariga rioya etishi shart.
66. Korxona rahbariyatining yozma farmoyishi (buyrug‘i) bilan uning xodimlariga: naryad, farmoyish
beruvchi; javobgar rahbar, ijozat beruvchi (tezkor ta’mirlovchi xodimlar hisoblangan; kuzatuvchi, shuningdek,
elektr qurilmasi yakka o‘zi ko‘rikdan o‘tkazish huquqini berilishi rasmiylashtirilishi lozim.
67. Bir shaxsga o‘rindoshlik yo‘li bilan quyidagi ikki shaxs vazifalarini bajarishga ruxsat beriladi:
a) naryad beruvchi;
b) javobgar rahbar;
v) ish bajaruvchi;
Ushbu shaxsning elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi o‘rindoshlik vazifasi talab etadigan guruhdan kam
bo‘lmasligi kerak. Doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari bo‘lmagan, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr
qurilmalarida ishlar naryad asosida bajarilganida, tezkor-ta’mirlash xodimlar jumlasidan bo‘lgan shaxslarga
javobgar rahbar va ishga quyuvchi vazifalarini o‘rindoshlik asosida bajarishlariga ruxsat etiladi.
Kuchlanishi 1000Vgacha bo‘lgan elektr qurilmalarida ish bajaruvchi bilan ishga quyuvchi shaxs vazifalarini
yoki ijozat beruvchi bilan brigada a’zosi vazifalarini o‘rindoshlik asosida bajarishga ruxsat beriladi.
68. HLda ish joyini tayyorlashda faqat kuchlanish borligini tekshirish va ko‘chma yerga ulagichni
kommutatsiya apparatlaridan foydalanmasdan o‘rnatish zarur bo‘lgan hollarda,javobgar rahbar yoki ta’mirlash
brigadasi tarkibidan tayinlangan ish bajaruvchi, o‘rindoshlik asosida ijozat beruvchi vazifalarini bajarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: