v) asbob-uskunalar, materiallar, xonalarning kalitlari, himoya vositalari, tezkor hujjat va yo‘riqnomalarni
tekshirib qabul qilib olishga;
g) o‘zining oldingi navbatchiligidan boshlab o‘tgan vaqt ichidagi barcha yozuv va ko‘rsatmalar bilan
tanishib chiqishga;
d) smena qabul qilinganligini jurnalda, qaydnomada yozuv bilan, shuningdek, tezkor sxemada smenani
qabul qiluvchi va topshiruvchining imzosibilan rasmiylashtirishga;
e) navbatchilikka kirgani va smenani qabul qilish vaqtida ko‘rgan nosozlik va kamchiliklar haqida smena
bo‘yicha katta xodimga ma’lum qilishga.
17. Avariyani bartaraf etish, almashlab ulash yoki uskunani o‘chirish va ulash ishlarini bajarish vaqtida
smenani topshirish hamda qabul qilish taqiqlanadi.
Avariyani bartaraf etish vaqti uzoq muddatga cho‘zilib ketgan taqdirda, smenani topshirish
ma’muriyatning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
18. Uskunalar ifloslangan hamda xizmat ko‘rsatilayotgan hudud va ish joyi tozalanmagan hollarda smenani
topshirish va qabul qilish taqiqlanadi.
Uskuna nosoz bo‘lganda yoki u normal bo‘lmagan
rejimda ishlayotgan hollarda, faqat mazkur qurilma
uchun javobgar shaxsdan yoki undan yuqori turuvchi shaxsdan ruxsat olib smenani topshirish va qabul qilish
mumkin. Bu haqda tezkor jurnalga belgi qo‘yiladi.
19. Tezkor xodim hisoblanadigan shaxs o‘z navbatchiligi davrida unga topshirilgan uchastkadagi barcha
uskunalarning avariyasiz ishlashi va ularga to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilishi uchun javobgardir.
20. Tezkor xodimlar hisoblanadigan smena bo‘yicha katta xodim yakka o‘zi yoki uchastka, sex, korxona
(tashkilot) ma’muriyati bilan birgalikda energiya tizimi dispetcherining o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan va
shartnomada nazarda tutilgan “Yuklamani cheklash va pasaytirish jadvallari”
asosida elektr yuklamalarini
pasaytirish, elektr energiyasi iste’moli sarfini kamaytirish to‘g‘risidagi talablarini bajarishi shart. Shuningdek,
tranzit va ta’minlovchi elektr uzatish liniyalarini almashlab ulash haqidagi va energiya ta’minoti tashkilotida
avariya holatlarida alohida liniyalarni o‘chirib qo‘yish to‘g‘risidagi energiya tizimi dispetcherining talablarini
bajarishi shart.
21. Tezkor xodim hisoblanadigan smena bo‘yicha katta xodim korxonani ta’minlovchi bir yoki bir necha
elektr uzatish liniyasining o‘chishiga olib kelgan avariyalar haqida energiya tizimi dispetcherini zudlik bilan
xabardor etishi shart.
Energiya tizimi bilan tezkor muloqot olib borish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini elektr xo‘jaligi
uchun javobgar shaxs belgilashi va uni har yili elektr tarmoqlari korxonasining tegishli tezkor xizmatiga taqdim
etishi kerak.
22. Elektr uskunasining ishlash rejimi buzilgan, shikastlangan yoki avriya bo‘lgan holatlarda tezkor xodim
mustaqil ravishda va zudlik bilan o‘z qo‘l ostidagi xodimlar yordamida ma’qul ish rejimini tiklashi hamda bu
haqda bevosita smena bo‘yicha katta xodimga yoki elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsga xabar berishi shart.
Avariyani bartaraf etish paytida tezkor xodim noto‘g‘ri
harakat qilganda, yuqori turuvchi shaxs tezkor
jurnalga yozgan holda,navbatchini ishdan chetlashtirishga qadar aralashishi va avariyani bartaraf etish bo‘yicha
keyingi ishlar bo‘yicha javobgarlik va rahbarlikni o‘z zimmasiga olishi zarur.
23. Tezkor xodim o‘ziga biriktirilgan uchastkaning ishlab chiqarish xonalarini va uskunalarini aylanib
chiqishi va ko‘rikdan o‘tkazishi shart.
Quyidagilar elektr qurilmalarini yakka o‘zi ko‘rikdan o‘tkazishi mumkin:
a) ma’muriy-texnik xodim hisoblanadigan elektr xavfsizligi bo‘yicha V guruhga ega bo‘lgan shaxs
kuchlanishi 1000 V dan yuqori qurilmalarda va IV guruhga ega bo‘lgan shaxs kuchlanishi 1000 V gacha
qurilmalarda;
b) mazkur elektr qurilmasiga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodim hisoblangan elektr xavfsizligi bo‘yicha
guruhi III dan past bo‘lmagan shaxs.
Yakka o‘zi ko‘rikdan o‘tkazish huquqi berilgan ma’muriy-texnik xodimlar hisoblangan shaxslarning ro‘yxati
elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning farmoyishi bilan belgilanadi.
24. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan TQni, shchitlarni, shinali o‘tkazgichlarni, yig‘malarni ko‘rikdan
o‘tkazishda biron-bir ishlarni bajarish, shu jumladan ogohlantiruvchi plakatlar va to‘siqlarni olish, ularning
ichkarisiga kirish, tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish hamda
ularni artish yoki tozalash, aniqlangan nosozliklarni
bartaraf etish man etiladi.
25. Ishlab chiqarish elektr uskunalariga (elektr dvigatellari, elektr pechlari va boshqalar) hamda kuchlanishi
1000 V gacha bo‘lgan turli texnologik uskunalarning elektrotexnik qismlariga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodimlar
hisoblangan shaxslarga ko‘rikdan o‘tkazish uchun shchitlar, ishga tushirish qurilmalari va boshqaruv pultlarining
eshiklarini yakka o‘zi ochishiga ruxsat beriladi.
26. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarini yakka tartibda ko‘rikdan o‘tkazishda: to‘siqlar
orqasiga o‘tish, TQlarning kamerasiga kirish, biron-bir ishlarni bajarish taqiqlanadi. Kameralarni faqat to‘siq
oldidan yoki ostonadan turib ko‘rikdan o‘tkazish mumkin.
Yopiq taqsimlovchi qurilmalar (keyingi o‘rinlarda — YOTQ) kameralarini zarur bo‘lganda, faqat elektr
xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan xodimga izolyatorning pastki flanetsidan polgacha bo‘lgan
o‘tish masofasi 2 metrdan kam bo‘lmagan hollarda, to‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlargacha: kuchlanish 10 kV
gacha bo‘lganda — 2,5 metrdan, kuchlanish 35 kV gacha bo‘lganda — 2,75 metrdan va kuchlanish 220 kV gacha
bo‘lganda — 4,2 metrdan kam bo‘lmagan to‘siq ortiga o‘tib, ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bunday
yacheykalar va kameralarning ro‘yxati elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning farmoyishi bilan belgilanadi.
Masofa ko‘rsatilgandan kam bo‘lgan taqdirda, to‘siq ortiga o‘tish uchun faqat mazkur Qoidalarga
7-ilovadagi
1-
jadval talablariga rioya etilgan holda, kamida III guruhga ega bo‘lgan ikkinchi shaxs ishtirokida amalga
oshirilishiga ruxsat etiladi.
27. Doimiy navbatchi xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish, nosozliklarni aniqlash va
bartaraf etish markazlashtirilgan tartibda obyekt bo‘yicha nazoratni va ishlarni
amalga oshiruvchi xodimlar
tomonidan bajariladi. Uning davriyligi mahalliy sharoitlarga qarab, elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs
tomonidan belgilanadi. Ko‘rikdan o‘tkazish natijalari tezkor jurnalda qayd etiladi.
28. Mazkur elektr qurilmasiga xizmat ko‘rsatmaydigan xodimlar tomonidan qurilmani ko‘rikdan
o‘tkazishlariga korxona (tashkilot), sex, uchastkani elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning ruxsati bilan ijozat
berishdan oldin jurnalga yozib qo‘ygan holda ruxsat etiladi.
29. Elektr qurilmalari xonalarining (shchitlar, yig‘malar va boshqalar) eshiklari doimo qulflangan bo‘lishi
kerak.
Har bir elektr qurilmalari xonasi uchun kamida 2 to‘plam kalit bo‘lishi kerak. Ulardan bittasi zaxira to‘plami
bo‘lib hisoblanadi. Kalitlar raqamlangan bo‘lishi lozim. TQlar xonalarining kalitlari yacheykalarva kameralarning
eshiklariga to‘g‘ri kelmasligi shart.
30. Kalitlar tezkor xodimlar hisobida turishi zarur. Doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarida
kalitlar boshqaruv punktida tezkor xodimlar hisoblangan smena bo‘yicha katta xodimda bo‘lishi kerak.
Kalitlar tilxat asosida:
a) yakka o‘zi ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat berilgan xodimlarga — ko‘rikdan o‘tkazish vaqtiga, tezkor
ta’mirlovchi, shu jumladan smenada ishtirok etmayotgan shaxslarga — elektr xonalarida ishlarni bajarayotgan
vaqtga;
b) naryad yoki farmoyish bo‘yicha ishlar bajarilganda,javobgar rahbar, ish bajaruvchi yoki kuzatuvchiga ish
bajarilayotgan vaqtda berilishi lozim.
Kalitlar har kuni ishga ijozat berishni rasmiylashtirish paytida berilishi va ishlar tamomlanganidan so‘ng
naryad bilan birgalikda qaytarilishi shart.
Doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarida ish bajarilganda kalitlar ish to‘liq
tamomlangan
kunning ertasidan kechiktirmay topshirilishi shart. Kalitlarning berilishi va qabul qilib olinishi ixtiyoriy shakldagi
jurnalda yoki tezkor jurnalda hisobga olinishi zarur.
Jurnal betlari raqamlangan, varaqlari ip bilan tikilib, korxonaning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
31. Elektr xonalariga kirish uchun shaxsiy kalitlarga ega bo‘lish faqat tezkor xodimlardan hisoblangan
shaxsga smenani telefon orqali qabul qiluvchi va topshiruvchiga ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: