Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilishda texnik



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/76
Sana10.07.2022
Hajmi1,39 Mb.
#770485
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilishda texnik
talablar
1. Barcha releli himoya, ikkilamchi zanjir, elektr avtomatika, elektr o‘lchash va telemexanika qurilmalari
EQTQga muvofiq bo‘lishi shart.
2. Podstansiyalar yoki taqsimlovchi qurilmalarda o‘rnatilgan RHAvaT qurilmalarining ishlashini tahlil qilish
va elektr uzatish havo tarmoqlarida shikastlangan joylarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan avariya rejimlarida
avtomatik tezlanib yozadigan o‘ziyozar asboblar, avariyaviy yozuvlarning avtomatik ossillograflari, shu jumladan
ularni ishga tushuruvchi qurilmalar, qayd qiluvchi asboblar (indikatorlar) va boshqa qurilmalar EQTQ talablariga
muvofiq bo‘lishi shart.
3. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan iste’molchining aloqa tarmoqlaridagi, shuningdek, energiya
bilan ta’minlovchi tashkilot dispetcherining tezkor boshqaruvidagi yoki tezkor nazorati ostidagi iste’molchilar
podstansiyalari transformatorlarining (avtotransformatorlarining) o‘rnatmalari qiymati energiya bilan
ta’minlovchi tashkilotning tegishli RHA xizmati bilan kelishilgan bo‘lishi shart.
O‘rnatma qiymatini tanlashda, zaxirani avtomatik ulash va avtomatik qayta ulash qurilmalarining borligi
hisobga olinib, harakatning selektivligi ta’minlanishi shart.
Bundan tashqari, selektivlik bo‘yicha o‘rnatma qiymatini aniqlashda sexlardagi agregatlar va
mexanizmlarning texnologik avtomatikasi hamda blokirovkasi qurilmalarining ishlashi hisobga olinishi shart.
4. Releli himoya qurilmalarining barcha o‘rnatma qiymatlari korxona va energiya bilan ta’minlovchi
tashkilotning minimal elektr yuklamasi sharoitlarida elektr ta’minotining amaldagi sxemasi uchun tekshirilishi
shart.
5. Tezkor tok zanjirlarida himoya apparatlari (saqlagichlar va avtomatik o‘chirgichlar) harakatining
selektivligi ta’minlanishi shart.
6. Ekspluatatsiya qilishda releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi
zanjirlarning normal ishlashi uchun sharoitlar (ruxsat etilgan harorat, namlik, titrash, ishchi parametrlarning
nominaldan chetga chiqishi va boshqalar) ta’minlanishi shart.
7. Elektr tarmog‘ining ish rejimiga va selektivlik shartlariga, vazifalariga va ishlash prinsiplariga ko‘ra ishdan
chiqarilgan bo‘lishi lozim bo‘lgan qurilmalardan tashqari ekspluatatsiya qilinayotgan RHAvaT qurilmalari doimo
ulangan ishchi holatida bo‘lishi shart.
RHAvaT qurilmalarini rejali ishlashdan chiqarish tegishli buyurtma bilan rasmiylashtirilishi va yuqori
turuvchi navbatchi xodimning (mansubligi bo‘yicha) ruxsati bilan amalga oshirilishi shart.
Noto‘g‘ri ishlash xavfi tug‘ilgan holda, RHAvaT qurilmalari yuqori turuvchi navbatchi xodimning ruxsatisiz,
lekin keyinchalik unga xabar berib, mahalliy yo‘riqnomaga muvofiq va buyurtma rasmiylashtirilib, ishlashdan
chiqarilishi kerak. Bunda ishda qolgan releli himoya qurilmalari elektr uskunalarni va elektr uzatish tarmoqlarini
barcha turdagi shikastlanishlardan to‘liq himoyalashni ta’minlashi shart. Agar bunday shartga rioya qilinmasa,
vaqtincha himoya qilinishi yoki ulanma o‘chirilishi shart.
8. Ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan sozlash ishlari bajarilganda, ularni qabul qilishni RHAvaT
qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar amalga oshiradilar.
Yangi montaj qilingan qurilmalarni ekspluatatsiya qilishga ruxsat releli himoya, avtomatika va
telemexanika jurnaliga yozilib, ushbu korxona (yuqori turuvchi tashkilotlar) vakili va sozlash tashkilotining
javobgar ijrochisi imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Korxonada RHAvaT qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bo‘lmasa, unda ularni yuqori turgan
tashkilot xodimlari qabul qiladilar.
9. RHAvaT va signalizatsiya qurilmalari panellari va shkaflarining old va orqa tomonlarida, shuningdek,
boshqaruv panellari va pultlarida dispetcherlik nomlariga mos ravishda ularning vazifalarini ko‘rsatuvchi
yozuvlar, ularda o‘rnatilgan apparatlarda esa sxemalarga muvofiq yozuvlar yoki markirovka bo‘lishi shart.
10. Qisqich yig‘malariga (qatorlariga) ulangan simlar sxemalarga mos keluvchi markirovkaga ega bo‘lishi
shart.
Nazorat kabellarida markirovka ularning oxirlarida, tarmoqlanishida va kabel oqimlarini kesishish joylarida,
devor, ship va shunga o‘xshashlar orqali o‘tish joylarida ikki tomonda bo‘lishi shart.
Bo‘sh kabel tolalarining uchlari izolatsiyalangan bo‘lishi shart.
11. Yerga nisbatan RHAvaT qurilmalarining elektr bog‘langan ikkilamchi zanjirlarining izolatsiya qarshiligi,
shuningdek, elektr bog‘lanmagan turli mo‘ljaldagi zanjirlar o‘rtasidagi (o‘lchash zanjirlari, tezkor tok,
signalizatsiya zanjirlari) izolatsiya qarshiligi har bir birikma uchun 1 MOm dan kam bo‘lmasligi,
teleboshqaruvning tashqi zanjirlarida va telemexanika qurilmalarining 220 V kuchlanishli ta’minlash zanjirlarida
esa 10 MOm dan kam bo‘lmasligi ta’minlanishi shart.
RHAvaT qurilmalari zanjirlari, teleboshqaruvning chiqish zanjirlari va 220 V ta’minlash zanjirining izolatsiya
qarshiligi 1000 — 2500 V ga mo‘jallangan megaommetr bilan ishchi kuchlanishi 60 V va undan kam bo‘lgan RHA
qurilmalari zanjirlari va telemexanika zanjirlari 500 V ga mo‘ljallangan megaommetr bilan o‘lchanadi.
Tarkibida yarim o‘tkazgich va mikroelektronika elementlari bor bo‘lgan RHAvaT qurilmalarining ikkilamchi
zanjirlari izolatsiyasini tekshirishda, ushbu elementlarning shikastlanishining oldini olish choralari ko‘rilishi shart.
12. RHAvaT qurilmalarini montajdan keyin ulashda va birlamchi profilaktik sinovlarida RHAvaT elektr
bog‘langan zanjirlarining va har bir ulanmani boshqa barcha ikkilamchi zanjirlarining yerga nisbatan izolatsiyasi,
shuningdek, bitta panel chegarasida joylashgan elektrli bog‘lanmagan zanjirlar orasidagi izolatsiya, 60 V va


undan past ishchi kuchlanishga hisoblangan elementlar zanjirlaridan tashqari, o‘zgaruvchan tokning 1000 V
kuchlanishi bilan 1 minut davomida sinalishi shart.
13. RHAvaT qurilmalarining barcha to‘g‘ri va noto‘g‘ri ishlash holatlari, shuningdek, ularga tezkor va texnik
xizmat ko‘rsatish jarayonida aniqlangan nuqsonlar (nosozliklar) xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan
sinchkovlik bilan tahlil qilinishi kerak. Xodimlar barcha nuqsonlarni bartaraf qilishlari shart.
14. RHAvaT qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tishlari shart. Ularning hajmi va
davriyligi amaldagi qoidalar bilan belgilanadi.
Noto‘g‘ri ishlab ketishdan keyin qurilmalarning qo‘shimcha (avariyadan keyin) tekshiruvlari o‘tkazilishi
shart.
15. Texnik xizmat ko‘rsatishda RHAvaT qurilmalarini tekshirish uchun sinash qurilmalari, ushbu maqsadlar
uchun boshqarish panellari xonalariga, podstansiyaning taqsimlovchi qurilmalariga va boshqa joylarga
o‘rnatilgan shtepsel rozetkalariga yoki panelchalarga ulanishi kerak.
16. Releli himoya, elektr avtomatika va telemexanika boshqaruv panellarining (shkaflarining) va pultlarining
old tomonini, ularga o‘rnatilgan apparatlarni davriy ravishda maxsus o‘qitilgan xodim changdan tozalashi shart.
Ochiq ishlangan apparatlarni, shuningdek, ushbu panellar (shkaflar) va pultlarning orqa tomonini RHAvaT
qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodim yoki yo‘riqdan o‘tgan tezkor xodim tozalashi shart.
17. Nazoratning va boshqa operatsiyalarning davriyligi, shuningdek, xodimlarning harakat tartibi mahalliy
yo‘riqnomalarga muvofiq obyektlarga xizmat ko‘rsatish tartibi (korxona xodimlari tomonidan, markazlashgan va
boshqa) hisobga olingan holda belgilanadi.
18. RHAvaT qurilmalarning bevosita boshqaruv pultlari va panellari (shkaflari) yig‘malarining (qatorlarining)
yaqinida bexosdan ulanishi, ulanishni o‘chirilishi yoki ulanishini, tezkor tok zanjirlarida yoki sinxron generatorning
(elektr dvigatelning, kompensatorning) qo‘zg‘atish zanjirlarida qisqa tutashuvni yuzaga keltirishi mumkin
bo‘lgan qisqichlar bo‘lmasligi shart.
19. Metall qobiqli nazorat kabellaridagi shikastlanishlarni bartaraf qilishda yoki ularni uzaytirishda, tolalarni
birlashtirish germetik muftalar o‘rnatish bilan yoki bu maqsad uchun mo‘ljallangan qutilar yordamida amalga
oshiriladi. Ushbu muftalar va qutilarni maxsus jurnalda hisobga olinishi yuritilishi kerak.
O‘rta hisobda bitta kabelning har 50 metrga bittadan ko‘p bo‘lmagan yuqorida ko‘rsatilgan birikmalar
to‘g‘ri kelishi kerak.
Polivinilxlorid va rezina qobiqli kabellar, odatda epoksidli ulash muftalari yordamida yoki qisqichlarning
o‘tish qatorlarida ulanishlari kerak.
20. Agar izolatsiyasi havo, yorug‘lik va moy ta’siridan yemiriladigan nazorat kabellari qo‘llanilgan bo‘lsa,
qisqichlardan tugallash muftalarigacha bo‘lgan tola uchastkalarida bu yemirilishga to‘sqinlik qiluvchi qo‘shimcha
qoplama qilinishi shart.
21. Avariyaviy va ogohlantiruvchi signalizatsiya qurilmalari doimo ishga tayyor holatda bo‘lishi va davriy
ravishda sinovdan o‘tkazib turilishi shart.
Asosiy e’tiborni tezkor tokning mavjudligiga, ikkilamchi zanjirdagi avtomatik o‘chirgichlar va
saqlagichlarning ishga yaroqliligiga, shuningdek, o‘chirgichlarning boshqaruv zanjirlariga qaratish kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish 
qoidalariga 
12-ILOVA

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish