Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/76
Sana10.07.2022
Hajmi1,39 Mb.
#770485
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76
Bog'liq
PTE kitobi

Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Transformatorning uzoq vaqt va ishonchli ekspluatatsiya qilinishini ta’minlash uchun quyidagilar zarur:
harorat va yuklama rejimlariga, kuchlanish darajasiga rioya qilish;
moyning sifat me’yorlariga va izolatsiya qilish xususiyatlariga qat’iy rioya qilish;
sovitish, kuchlanishni rostlash, moyni himoyalash qurilmalari va boshqalarni ishga yaroqli holda saqlash.
2. Bir fazali transformator va reaktorlarning baklariga fazalar rangi suriladi. Tashqarida o‘rnatilgan uch fazali
transformatorning baklarida quvvati va podstansiya bo‘yicha tartib raqamlari ko‘rsatiladi.
3. Transformator punktlari va kameralari eshiklarining tashqi va ichki taraflarida transformatorlarning
podstansiya bo‘yicha raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek, tashqi tarafida Elektr qurilmalarida qo‘llaniladigan
himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalari talablariga muvofiq ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi shart. Eshiklar
doimo berkitilib, qulflangan bo‘lishi shart.
4. Gazli himoya qurilmasi bilan jihozlangan transformatorlar shunday o‘rnatilishi shartki, bunda ularning
kopqog‘i (bakning echiladigan qismi) gaz relesiga nisbatan yo‘nalishda 1 — 1,5 foizdan kam bo‘lmagan, moy
o‘tkazgich esa transformatordan kengaytirishga nisbatan 2 — 4 foizdan kam bo‘lmagan ko‘tarilishga ega bo‘lishi
shart.
Chiqarish quvuri membrana bilan jihozlanadi va kengaytirgichning yuqori qismi bilan biriktiriladi. Moy
o‘tkazgichda, kengaytirgich va gaz relesi orasida jo‘mrak o‘rnatiladi.
5. Transformatorlarga xizmat ko‘rsatishda moy sathi va gaz relesini kuzatish, shuningdek, moydan namuna
olish uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratiladi.
Transformator va reaktorlarning yuqorida (3 metrdan ortiq) joylashgan elementlarini ko‘rikdan o‘tkazish va
ularga texnik xizmat ko‘rsatish statsionar narvonlardan xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, bajarilishi shart.
6. Kengaytirgich bilan jihozlangan barcha moy bilan to‘ldirilgan transformatorlarda moy haroratini o‘lchash
uchun termometrlar o‘rnatiladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar moyning yuqori qatlami haroratini kengaytirgichli transformatorlar
jihozlangan termosignalizator va termometrlar bo‘yicha kuzatishlari kerak. Shuningdek, sovtol yoki moy bilan
to‘ldirilgan germetik transformatorlar jihozlangan manovakuummetrlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha kuzatishlari
kerak. Bakdagi bosim 50 kPadan (0,5 kgs/sm ) ortganda, transformator yuklamasi kamaytirilishi shart.
7. Transformatorli qurilmalar amaldagi EQTQga muvofiq yong‘inga qarshi vositalar bilan jihozlanishi shart.
8. Transformatorlarning ostida moy qabul qiluvchi qurilmalar bo‘lganda, ularning drenajlari va moy
quvurlari EQTQ talablariga muvofiq ishga yaroqli holda saqlanishi kerak.
2


9. Har bir elektr qurilma uchun yuklama grafigiga bog‘liq holda iste’molchilarni ishonchli ta’minlashni
hisobga olib, bir vaqtning o‘zida ishlayotgan transformatorlar soni aniqlanishi kerak.
Kuchlanishi 10 kV bo‘lgan taqsimlovchi elektr tarmoqlarida transformatorlarning yuklamasini va
kuchlanishini o‘lchash ekspluatatsiya qilishning birinchi yilida kamida 2-marta — maksimal va minimal yuklama
davrida, keyinchalik zarurat bo‘yicha o‘tkaziladi.
10. Ishlamayotgan transformator (reaktor) kengaytirgichidagi moyning sathi, standartlashtirish bo‘yicha
normativ hujjatida belgilangan talablar bo‘yicha transformator (reaktor) moyining shu vaqtdagi haroratiga mos
belgida bo‘lishi shart.
11. Sovitish tizimida moyning majburiy sirkulatsiyasi transformator yuklamasidan qat’i nazar uzluksiz bo‘lishi
shart.
Moyning sirkulatsiyasi majburiy bo‘lgan transformatorlar va reaktorlarni ekspluatatsiya kilishga faqat moy,
sovutuvchi suv sirkulatsiyasi va sovitgichlarga puflash ventilyatorlarning ishlashi to‘xtab qolgani haqidagi
signalizatsiya tizimi ishlab turgandagina ruxsat etiladi.
Suv bilan sovitiladigan moy sovutgichlar mavjud bo‘lganda, moy nasosi moyning yurishi bo‘yicha moy
sovitgichgacha o‘rnatiladi. Moy sovitgichlardagi moyning bosimi ulardan o‘tkazilayotgan suvning bosimidan
ortiq bo‘lishi shart.
Majburiy sovitilidigan transformatorlar uchun moy yoki suv sirkulatsiyasi yoki puflash ventilyatorlari to‘xtab
qolganda, avariyaviy ishlash rejimiga ruxsat beriladi. Ko‘rsatilgan rejimning davomiyligi mahalliy yo‘riqnomalarga
muvofiq sinash natijalari yoki zavod ma’lumotlari bo‘yicha o‘rnatiladi.
12. Transformatorlarni moy-suv bilan sovitish tizimi ishga tushirilganda birinchi navbatda, moy nasosi,
so‘ngra suv nasosi ishga tushiriladi.
O‘chirishda birinchi suv nasosi, keyin esa moy nasosi o‘chiriladi. Suv nasosi moyning harorati 10 S kam
bo‘lmaganda ishga tushiriladi.
Transformatorlarni ekspluatatsiya qilishda moy quvurlari, nasoslari va suv magistrallarini muzlashini oldini
olish, shuningdek, moy sovitish tizimida nozichliklarni bartaraf qilish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnomalarga ko‘ra
choralar ko‘zda tutiladi.
13. Transformatorning nominal yuklamasida moyning yuqori qatlami harorati quyidigilardan yuqori
bo‘lmasligi shart (agar ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan zavod yo‘riqnomalarida boshqa haroratlar
keltirilmagan bo‘lsa):
sovitish tizimi moyli puflab sovutiladigan va moyning majburiy sirkulatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — DS)
bo‘lgan transformatorlarda — 75 S dan, sovitish tizimlari tabiiy-moyli (keyingi o‘rinlarda — M) bo‘lganda va moyli
puflanadigan (keyingi o‘rinlarda — D) bo‘lgan transformatorlarda — 95 S dan;
moy-suvli sovitish (keyingi o‘rinlarda — S) tizimli transformatorlarda moy sovitgichning kirishida moyning
harorati 70 S dan oshmasligi kerak.
Moyni sovitish tizimi D bo‘lgan transformatorlarda o‘chirilgan holatda puflash bilan ishlashga quyidagi
hollarda ruxsat etiladi:
yuklama nominaldan past bo‘lganda va moyning yuqori qatlami harorati 55 S dan ortiq bo‘lmaganda;
atrof-muhit harorati manfiy bo‘lganda va moyning harorati 45 S dan ortiq bo‘lmaganda (yuklamadan qat’i
nazar).
Puflab sovitish avtomatik tarzda, moyning harorati 55oS ga yetganda yoki moyning haroratidan qat’i nazar
nominal yuklamada ulanishi shart.
14. Cho‘lg‘am shoxobchalarini qo‘zg‘atgichsiz almashlab ulagichlar bilan jihozlangan transformatorlarda
transformatsiya koeffitsiyenti tanlanishining to‘g‘riligi 1 yilda kamida 2-marta — yuklamaning qishki maksimumi
va yozgi minimumi kirishi oldidan tekshirilishi shart.
15. Yuklama ostida kuchlanishni rostlaydigan qurilma (keyingi o‘rinlarda — YuOR) bilan ta’minlangan
transformatorga xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning xodimlari tarmoq kuchlanishi bilan rostlangan shoxobchada
o‘rnatilgan kuchlanish muvofiqligini saqlab turishlari shart.
Transformatorlarning uzoq vaqt (mavsum davomida) sxemadan YuOR qurilmasini chiqarib ishlashi man
qilinadi.
16. Transformatorlarning YuOR almashlab ulash qurilmasini ishga tushirishga moyning yuqori qatlami
harorati minus 20 S va undan yuqori bo‘lganda ruxsat beriladi. Transformator bakidan tashqarida, tayanch
izolyatorlarida joylashgan va sun’iy isitish tizimi bilan jihozlangan kontaktorli almashlab ulash qurilmasini esa
atrof-muhit harorati minus 45 S va yuqori bo‘lganda ruxsat beriladi.
YuOR qurilmalarini ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomalarining talablariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi
shart.
17. Avariya rejimlarida, transformatorlarni barcha sovitish tizimlarida, avvalgi yuklamaning davomiyligi va
qiymatidan hamda atrof-muhit haroratidan qat’i nazar, qisqa muddatga, nominal tokdan ortiq o‘ta
yuklanishlariga quyidagi chegaralarda ruxsat beriladi:
Moyli transformatorlar
Tok bo‘yicha o‘ta yuklanish, %
30
45
60
75
100
O‘ta yuklanish davomiyligi, min
120
80
45
20
10
Quruq transformatorlar
Tok bo‘yicha o‘ta yuklanish, %
20
30
40
50
60
O‘ta yuklanish davomiyligi, min
60
45
32
18
5
Moyli transformatorlarni nominal tokdan 40 foizgacha o‘ta yuklanishiga sutkada umumiy davomiyligi 6
soatdan ko‘p bo‘lmaganda, transformatorlarning barcha sovitish qurilmalaridan to‘liq foydalanilganda, ketma-
ket 5 sutka davomida ruxsat beriladi. Agar bunday o‘ta yuklanishlar ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomalari bilan
man etilmagan bo‘lsa.
18. Transformatorlar ruxsat etilgandan ortiq yuklanganda, navbatchi xodim mahalliy yo‘riqnomalarga
muvofiq harakat qilib, uni yuksizlantirish choralarini qabul qilishi shart.
19. D sovitish tizimli transformatorlar uchun barcha ventilyatorlar avariyaviy o‘chirilganida, atrofdagi havo
haroratiga bog‘liq holda nominal yuklama bilan quyidagi vaqt oralig‘ida ishlashga ruxsat etiladi:
o
o
o
o
o
o
o
o


Atrofdagi havo harorati, S
-15
-10
0
+10
+20
+30
Ishlashning ruxsat etilgan davomiyligi, soat
60
40
16
10
6
4
Sovitish tizimlari DS va S bo‘lgan transformatorlar uchun quyidagilarga ruxsat beriladi:
a) sun’iy sovitish to‘xtaganda nominal yuklama bilan 10 minut davomida yoki salt yurish rejimida 30 minut
davomida ishlashga, agar quvvati 250 MV.A dan yuqori transformatorlar uchun ko‘rsatilgan vaqt tugaganda
moyning yuqori qatlami harorati 80 S ga yetmasa, u holda nominal yuklama bilan ko‘rsatilgan haroratga
yetgunga qadar, lekin 1 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda ishlashga ruxsat beriladi;
b) ventilyatorlar to‘liq yoki qisman o‘chirilganda yoki moyning sirkulatsiyasi saqlanib, suvning sirkulatsiyasi
to‘xtab qolganda, moyning yuqori qatlami harorati 45 S dan oshmaganda, past yuklama bilan uzoq vaqt
ishlashga.
Ushbu bandning talablari, agar ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomalarida boshqalari aytilmagan bo‘lsa,
haqiqiydir.
Cho‘lg‘amlarida moy yo‘naltirilgan sirkulatsiya qilinadigan transformatorlar (sovitish tizimi NS) ishlab
chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasiga ko‘ra ekspluatatsiya qilinadi.
20. YuOR qurilma bilan jihozlangan transformatorlar o‘ta yuklama bilan ishlaganda, agar yuklama toki
almashlab ulagichning nominal tokidan ortiq bo‘lsa, shoxobchalarni almashlab ulashga ruxsat berilmaydi.
21. Kuchlanishi 110 va 220 kV bo‘lgan avtotransformatorlar cho‘lg‘amlarining neytrallari yerga to‘g‘ridan
to‘g‘ri ulash rejimida ishlashlari shart.
Neytrallarini sinash kuchlanishlari mos ravishda 100 va 200 kV bo‘lgan 110 va 220 kV kuchlanishli
transformatorlar yerga ulanmagan neytral bilan, agar razryadlagich bilan himoyalangan bo‘lsa, ishlashi mumkin.
Tegishli hisoblar bilan asoslangan bo‘lsa, neytrali sinash kuchlanishi 85 kV bo‘lgan va razryadlagich bilan
himoyalangan 110 kV kuchlanishli transformatorlarni yerga ulanmagan neytral bilan ishlashiga ruxsat beriladi.
22. Yangi yoki kapital ta’mirlashdan chiqqan transformatorlarni montaj qilish vaqtida ularga kuchlanish
berilguncha, ularni ko‘rikdan o‘tkazish va Elektr uskunalarni SQ va Mga muvofiq sinash amalga oshiriladi.
Ko‘rik, sinash va qabul qilish natijalari pasport va bayonnomalarda yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.
23. Transformatorlarni quritmasdan kuchlanish ostiga ulash mumkinligi, shuningdek, quritishning zarurligi
Rahbariy hujjat 34.51.101 — 90, Rahbariy hujjat 34 — 301 — 202 — 2000 elektr qurilmalari izolatsiyasini tanlash
bo‘yicha yo‘riqnomasida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladigan sinovlar asosida aniqlanadi.
24. Transformatorlarni tarmoqqa ulash, odatda to‘liq kuchlanishga turtki bilan amalga oshiriladi.
25. Quyidagi hollarda transformatorlarda kuchlanishni nominaldan ortishiga ruxsat etiladi:
uzoq muddat — 5 foizga, agar yuklama nominaldan ko‘p bo‘lmaganda va 10 foizga, agar yuklama 0,25
nominaldan ko‘p bo‘lmaganda;
qisqa muddat (sutkada 6 soatgacha) — 10 foizga, yuklama nominaldan ko‘p bo‘lmaganda;
avariya sharoitlarida — transformatorlarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha namunali yo‘riqnomaga muvofiq.
Generatorlar va neytrali shoxoblanmagan avtotransformatorlar bilan blokda ishlayotgan transformatorlar
uchun va ketma-ket rostlovchi (volt qo‘shuvchi) transformatorlar uchun kuchlanishni uzoq vaqt nominaldan 10
foizga ortishiga yuklama nominaldan ortiq bo‘lmaganda ruxsat beriladi.
Kuchlanishni rostlash uchun neytralida shoxoblanishi mavjud bo‘lgan yoki ketma-ket rostlovchi
transformatorlar bilan ishlashi uchun mo‘ljallangan avtotransformatorlar uchun kuchlanishning ruxsat etilgan
ortishi ishlab chiqaruvchi zavod ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
26. Transformator (reaktor) ichki buzilishlaridan himoya (gazli, differensial) ta’sirida avtomatik tarzda
o‘chirilganda, shuningdek, muvaffaqiyatsiz avtomatik qayta ulangandan (keyingi o‘rinlarda — AQU) keyin
transformatorni (reaktorni) faqat ko‘rikdan o‘tkazilgandan, sinalgandan, gaz, moy tahlili qilingandan va
aniqlangan nuqsonlar (shikastlanishlar) bartaraf etilgandan keyin ishga tushiriladi.
Transformator (reaktor) ichki shikastlanishlar ta’siri bilan bog‘liq bo‘lmagan himoyadan o‘chgan holda u
tekshirishsiz, tashqi ko‘rikdan o‘tkazilib ishga tushirilishi mumkin.
Gaz relesi ishlagani to‘g‘risida signal paydo bo‘lganda transformator ko‘rikdan o‘tkazilishi, gazning rangi va
yonish darajasiga qarab, uni shikastlanish xususiyati aniqlanishi shart. Gaz relesida sariq yoki ko‘k-qora
yonuvchan gaz borligi aniqlanganda, transformator zudlik bilan o‘chirilishi shart. Agar reledagi gaz rangsiz va
yonmaydigan bo‘lsa, transformator ishda qoldirilishi mumkin.
27. YuOR qurilmasi bilan jihozlangan, yuklanmagan transformatorni salt yurish tokini ajratgich
(alohidalagich) bilan o‘chirish zarurati bo‘lganda, iste’molchi tomonidagi yuklama olingandan so‘ng almashlab
ulagich normal kuchlanishga mos keladigan holatga qo‘yilishi kerak.
28. Puflab va moyi bilan tabiiy sovitiladigan transformatorlarni to‘liq yuklama orqali sovuq moyi bilan
harorat minus 40 S dan kam bo‘lmaganda ishga tushirishga ruxsat beriladi.
Harorat minus 40 S dan past bo‘lganda, transformator salt yurish toki bilan yoki nominalning 50 foizidan
ortiq bo‘lmagan yuklama toki bilan minus 40 S gacha qizdirilishi, so‘ngra yuklama ko‘paytirilishi kerak.
29. Isroflarni kamaytirish maksadida har bir elektr qurilma uchun yuklama grafigidan kelib chiqib, parallel
ishlayotgan transformatorlarning optimal sonini aniqlash va unga rioya qilish kerak.
30. Montaj qilingan zaxira transformatorlar doimo ishga tushirilishga tayyor holda saqlanishlari shart.
31. Transformatorlarning parallel ishlashiga quyidagi shartlarda ruxsat etiladi:
cho‘lg‘amlarining ulanish guruhlari bir xil bo‘lganda;
transformatorlar quvvatining nisbati 1:3 dan ortiq bo‘lmaganda;
transformatsiya koeffitsiyentlarining farqi 0,5 foizdan ortiq bo‘lmaganda;
qisqa tutashuv kuchlanishlari parallel ishga tushirilayotgan transformatorlar qisqa tutashuv
kuchlanishlarining o‘rta arifmetik qiymatidan 10 foizdan ortiq farq qilmaganda;
ishga tushirishdan oldin transformatorlar fazirovka qilingan bo‘lganda.
32. Qisqa tutashuv kuchlanishi turlicha bo‘lgan parallel ishlayotgan transformatorlar orasida yuklamani
tenglashtirish uchun transformatorlardan birontasi ham o‘ta yuklanmaganligi sharti bilan, tarmoqlanishlarni
almashlab ulash yo‘li bilan transformatsiya koeffitsiyentini katta bo‘lmagan chegaralarda o‘zgartirishga ruxsat
beriladi.
o
o
o
o
o
o


33. Past kuchlanish tarafida, chulg‘amlari nol chiqishli yulduz — yulduz sxemasi bo‘yicha ulangan quruq
transformatorlarning neytralidagi tok nominal faza tokining 25 foizidan ortmasligi shart.
34. Transformatorlarni (reaktorlarni) o‘chirmasdan turib ko‘rikdan o‘tkazish quyidagi muddatlarda bajarilishi
shart:
xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lgan podstansiyalardagi bosh pasaytiruvchi transformatorlarni 1 sutkada
bir marta;
xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lgan podstansiyalardagi qolgan transformatorlarni va xodimlarni doimiy
navbatchiligi bo‘lmagan podstansiyalar transformatorlarini 1 oyda 1-marta;
transformator punktlarida — oyda 1-martadan kam emas.
Mahalliy sharoitlar va transformator (reaktor) holatiga qarab ushu muddatlar korxonaning elektr xo‘jaligiga
javobgar tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazish (ko‘zdan kechirish) quyidagi
hollarda o‘tkaziladi:
yomon ob-havo ta’siridan keyin (momoqaldiroq, haroratning keskin o‘zgarishi, kuchli shamol va boshqalar);
gaz himoyasi signalga ishlaganda, shuningdek, transformator (reaktor) gaz yoki (va) differensial himoya
ta’sirida o‘chirilganda.
Transformatorlarni ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilar tekshirilishi shart:
termometrlar va manovakuummetrlar ko‘rsatkichlari;
transformator korpusining holati, moy oqishining yo‘qligi, kengaytirgichdagi moy sathining harorat
belgisiga mosligi va moyli kirishlarda moyning mavjudligi;
moy sovituvchi va moy yig‘uvchi qurilmalarning, shuningdek, izolyatorlarning holati;
shinalar va kabellar holati, kontakt birikmalarda qizishning yo‘qligi;
signalizatsiya qurilmalari va o‘tish saqlagichlarining butligi;
erga ulash tarmog‘ining holati;
moy uzluksiz regeneratsiyalanadigan moy tozalash qurilmalari, termosifonli filtrlar va nam yutuvchi
patronlarning holati;
transformator xonasining holati.
35. YuORsiz transformatorlarni o‘chirib, joriy ta’mirlash quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
markaziy taqsimlovchi podstansiyalarning transformatorlarini kamida 2 yilda 1-marta;
kuchli ifloslanadigan joylarda o‘rnatilgan transformatorlarni mahalliy yo‘riqnomalar bo‘yicha;
barcha qolgan transformatorlarni zarurat bo‘yicha, lekin kamida 4 yilda 1-marta.
YuORli transformatorlar va avtotransformatorlarni joriy ta’mirlash har yili amalga oshiriladi.
Yuklama ostida kuchlanishni rostlovchi qurilmalarni navbatdan tashqari ta’mirlash zavod yo‘riqnomalariga
muvofiq, almashlab ulash bo‘yicha operatsiyalarning ma’lum sonidan keyin o‘tkaziladi.
Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari ta’mirlash, agar ularning biron-bir elementidagi
nuqson ishlamay qolishga olib kelishi mumkin bo‘lsa, amalga oshirilishi kerak. Transformatorni (reaktorni)
ta’mirlashga chiqarish haqidagi qarorni korxona rahbari yoki elektr xo‘jaligiga javobgar qabul qiladi.
D, DS va S sovitish tizimlarining joriy ta’mirlari har yili amalga oshiriladi. Transformatorlarni joriy ta’mirlash
bilan bir vaqtda kirish joylarini joriy ta’mirlari ham o‘tkaziladi.
36. Transformatorlarni ishlashdan avariyaviy to‘xtatish quyidagi hollarda zarur:
transformator ichida kuchli notekis shovqin va chirsillash bo‘lganda;
normal yuklamada va sovitish qurilmasining ishlashida, transformatorning normal bo‘lmagan va doimo
o‘sayotgan qizishida;
kengaytirgichdan moy tashqariga otilib chiqqanda yoki chiqarish quvuri diafragmasi yorilganda;
moyning oqishi bilan uning sathi moy o‘lchagich shishasining sathidan pastda bo‘lganda.
Transformatorlar laboratoriya tahlillari bo‘yicha zudlik bilan moy almashtirish zarur bo‘lganda ham ishdan
to‘xtatiladi.
37. Quvvati 160 kV·A va undan yuqori bo‘lgan transformatorlar moyni termosifonli va adsorbsion filtrlar
orqali uzluksiz regeneratsiyalash tizimi bilan ekspluatatsiya qilinishi shart.
Transformator kengaytirgichidagi moy, atrofidagi havo bilan bevosita tegishdan himoyalangan bo‘lishi
shart.
Moy namlanishining oldini oladigan maxsus qurilmalar bilan jihozlangan transformatorlarda, ushbu
qurilmalar transformatorning ishlash rejimidan qat’i nazar doimo ulangan bo‘lishlari shart. Mazkur qurilmalarni
ekspluatatsiya kilish ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Moy bilan to‘ldirilgan kirishlardagi moy oksidlanish va namlanishdan himoyalangan bo‘lishi shart.
38. Balansida moy bilan to‘ldirilgan uskunalari bor korxonalar, eng katta sig‘imli apparatning kamida 110
foiz hajmida izolatsiya moyining kamaymaydigan zaxirasini saqlashi shart.
39. Transformator moylarining Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq profilaktik sinovlari o‘tkazilishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish 
qoidalariga 
5-ILOVA

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish