Iste’mol va jamg‘arish, ularning grafiklari va funksiyalari


O‘zbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining o‘ziga xos



Download 270,8 Kb.
bet23/24
Sana31.12.2021
Hajmi270,8 Kb.
#220020
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Makro.kurs.Cho'liyev

5. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining o‘ziga xos

xususiyatlari

Mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda va barqaror iqtisodiy o`sishga erishishda faol investitsion siyosat olib borish va chet el investorlarini keng ko`lamda jalb etish juda muhim rol o`ynaydi. Shu o`rinda yurtimizda bu sohani rivojlantirish bo`yicha qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Birgina shu yilning 6-yanvar sanasida Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomalarida bunga atroflicha to`xtalib o`tdilar.

“So‘nggi 4 yilda iqtisodiyotimizning barcha jabhalariga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida jiddiy qadamlar tashlandi. Endigi vazifa - chuqur tarkibiy islohotlar orqali uzoq muddatli barqaror o‘sishning poydevorini yaratishdan iborat. Shularni inobatga olib, keyingi yilda bir nechta yo‘nalishlarda keng qamrovli ishlarni amalga oshiramiz.”8 – deydi yurtboshimiz yig`ilishda. Shu yo`nalishlardan to`rtinchisi, iqtisodiy o‘sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko‘paytirish orqali erishiladi. Garvard universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, mamlakatimiz 50 dan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha imkoniyatlar va nisbiy ustunliklarga ega. Ayniqsa, neftgaz-kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari, to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat hamda “yashil iqtisodiyot” bilan bog‘liq sanoat tarmoqlari iqtisodiyotimiz “drayverlari”ga aylanishi uchun barcha yetarli sharoitlar mavjud.Bu tarmoqlarda xususiy sektorning tashabbuslari va yangi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilishi lozim.

Shu bilan birga, investitsiya siyosatini yuritishda davlat ishtirokini pasaytirib, xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ulushini oshirish kerak.Geologiya sohasida joriy yilda 21 ta kon va istiqbolli maydonlar ochiq auktsion orqali investorlarga sotildi. 2021 yilda yana 50 ta kon va istiqbolli maydonlar mahalliy va chet ellik investorlarga ochiq mexanizmlar asosida sotiladi. Bunday ishlarni boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettirishimiz kerak.

Umuman olganda, kelgusi yilda 23 milliard dollar qiymatidagi investitsiyalarni o‘zlashtirish zarur. Natijada 226 ta yirik sanoat va infratuzilma ob'yektlari ishga tushiriladi. Shu kabi masalalar ko`rib chiqildi.

Endi, O`zbekistonning o`ziga xos investitsion siyosatiga to`xtalamiz. Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi.

Sohaning asosiy huquqiy-me`yoriy hujjatlari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:

«Chet ellik investorlаr huquqlаrining kаfolаtlаri vа ulаrni himoya qilish chorаlаri to`g`risidа» O`zbekiston Respublikаsining Qonuni

«Erkin iqtisodiy zonаlаr to`g`risidа» O`zbekiston Respublikаsining Qonuni

Xorijiy investorlаr vа xorijiy investitsiyalаr ishtirokidаgi korxonаlаr tomonidаn o`z ishlаb chiqаrish ehtiyojlаri uchun olib kelinаyotgаn mol-mulkni аniqlаsh tаrtibi to`g`risidа Nizom

Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin:



  • O‘zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish;

  • chet ellik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;

  • mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;

  • intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;

  • konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar olish;

  • savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari ob’ektlariga, turar joy binolariga ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish;

  • mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq yer qa’ri uchastkalarida konlarni aniqlash, qidirish hamda foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olish orqali.9

Bundan tashqari, bugungi kunda salohiyatli xorijiy investorlar investitsiya kiritishning quyidagi turli shakllarini taklif qilmoqdalar:



- Hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etish;




- 100 % xorijiy kapital asosida korxona tashkil etish;



- Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiya paketlarini bir qismi yoki yarmini sotib olish.

Xorijiy investitsiya asosida tashkil etiladigan korxonalarga quyidagi shartlar qo‘yiladi:



  1. Ustav fondida eng kamida 150 ming AQSh dollariga teng mablag‘ning bo‘lishi;

  2. Korxona tashkilotchilaridan biri xorijiy yuridik shaxs bo‘lishi lozim;

  3. Korxona ustav fondidagi mablag‘ning eng kamida 30 %i xorijiy investitsiya ulushi bo‘lishi lozim.

Hozirgi kunda iqtisodiyot rivojlanishining asosi sifatida xorijiy investitsiyalar qaralmoqda. Xorijiy to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar globallashuvning asosiy drayveri va hozirgi global iqtisodiyotda eng muhim rolni o`ynaydi. U mamlakatlarning ishlab chiqarish jarayonini qo`shimcha kapital bilan ta‘minlaydi va iqtisodiy o`sish darajasini oshiradi.10

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatadi-ki, bir yilda 6 % dan ortiq iqtisodiy o`sishni ta‘minlash uchun milliy jamg`armalar YaIMning kamida 25 % ni, investitsiyalar esa 30 % ni tashkil etishi kerak.11

Bundan kelib chiqadi-ki, hozirgi kunda O`zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish muhim hisoblanadi.

Xorijiy investitsiyalarning hajmi oshishi uchun mamlakatda qulay investitsion muhitning shakllangan bo`lishini talab qiladi. Mamlakat iqtisodiyotida investorlar uchun qanchalik qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilsa, xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotga kirib kelish hajmi oshib boradi hamda chet ellik investorlarning ham mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga bo`lgan qiziqishi yuqori bo`ladi.

Xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish asosida mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga erishish mumkin. Umuman olganda xorijiy investitsiyalarning ikki turi farqlanadi. Bular xorijiy portfel investitsiyalar hamda xorijiy to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalardir. Xorijiy portfel investitsiyalar asosan qimmatli qog`ozlarga kiritiladigan bo`lsa, xorijiy to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar bevosita yangi korxona barpo etish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni hajmini oshirish kabi tadbirkorlik faoliyatiga kiritiladi. Hozirgi kunda O`zbekiston iqtisodiyotiga kirib kelayotgan xorijiy investitsiyalarning katta ulushi bu xorijiy to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalardir.O`zbekistonda bugungi kunda iqti sodiyotni rivojlantiruvchi asosiy omil sifatida investitsiyalar qaralmoqda hamda iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarning hajmini oshirish uchun faol investitsiya siyosati olib borilmoqda. Iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarning hajmini oshirishga qaratilgan islohatlar natijasida mamlakat iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning hajmi oshib bormoqda. Bu esa mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishini ta‘minovchi asosiy vositadir. Birgina 2019-yil holatida xorijiy investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelish holatini tahlil qilinsa, unda quyidagi holatni kuzatish mumkin: 2019 yilda 86653,1 mlrd. So`m (dollar ekvivalentida 9,8 mlrd. AQSH doll.) yoki 2018 yilga nisbatan 2,5 marta ko`p asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o`zlashtirildi. Xorijiy investitsiya va kreditlarning jami asosiy kapitalga o`zlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi – 45,7 % tashkil etdi. 2019 yilda o`zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning Yalpi ichki mahsulotga nisbati 16,9 % ni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 9,5 % punktga ko`paygan.12

O`zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlarning dollar ekvivalentidagi qiymati 9803,5 mln. AQSH dollarini tashkil etib, undan 4205,4 mln. AQSH dollari to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni, yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 42,9 % ini tashkil etgan.



Xulosa o`rnida aytish mumkin-ki, xorijiy investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantiruvchi asosiy omillardan bo`lib hisoblanadi. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotga kirib kelish hajmini oshirish bugungi kunning eng dolzarb iqtisodiy masalalaridandir. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotga kirib kelish hajmi mamlakatda shakllangan investitsion muhitga bog`liq hisoblaniladi. Investitsion muhit qanchalik investorga qulay bo`lsa, mamlakat iqtisodiyotida investitsiyalarning hajmi oshib boradi. O`zbekiston iqtisodiyotida qulay investitsion muhitni shakllantirishga qaratilgan islohatlarning amalga oshirilayotganligi sababli bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi oshib bormoqda. Bu esa mamlakat iqtisodiyotiga o`zining ijobiy ta‘sirini ko`rsatayapti hamda mamlakatda YaIM ning shakllanishida ham xorijiy investitsiyalar alohida o`ringa egadir.


Download 270,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish