Soliqqa tortish hajmi - kukumatning fiskal siyosati ham umumiy jihatdan iste'molga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatishi mumkin. Agar hukumat soliqlar darajasini ko'tarsa, odamlarning daromadi pasayadi. Bu iste'molning ham, jamg`armaning ham pasayishiga olib keladi.
Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklari o’zaro teskari tomonga siljiydi. Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida iste’mol va jamg’arish ulushi nisbatlari o’zgaradi. Soliqqa tortish darajasining o’zgarishi ixtiyordagi daromad hajmini o’zgartirgani tufayli uning ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi. Iste’mol funktsiyasini aniqlash borsidagi tadqiqotlar, uning hajmi shuningdek:
aholining daromadlari hajmi va to’plagan mulki ko’lamiga ko’ra tabaqalanishi darajasi
aholining soni va yoshiga ko’ra tarkibiga ham bog’liqligini ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |