1-chizma Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
Jamg’arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek ehtiyot zahiralarini ko’paytirish uchun sarflanishiga aytiladi.
Jamg’arilgan mablag’larining moddiy ishlab chiqarish sohasinig asosiy kapitallarini va aylanma mablag’larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg’arish summasini hosil qiladi. Itimoiy-madaniy sohadagi jamg’arish (noishlab chiqarish jamg’arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o’quv muassasalari, madaniyat, sog’liqni saqlash, spart muassasalari, ya‘ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash, yangilashga sarflanadi. Jamg’arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish suratlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir.
Jamg’arish normasi bevosita jamg’arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:
Bunda:
JN-jamg’arish normasi; JS-jamg’arish
so’mmasi; MD – milliy daromad.
Jamg’arish normasining ham o’z chegarasi bo’lib, uni oshirish iqtisodiy va salbiy oqibatlariga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag’lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar yetkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivolanishi o’rtaida omutanosiblik paydo bo’ladi. Oqibatda iqtisodiy o’sish pasayib ketishi tamoyiliga ega bo’ladi. Jamg’arish hajmi milliy daromadining bir qismini tashkil etadi va shu ababli milliy daromad hajmi ko’payishini belgilaydigan omillar jamg’arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo’llaniladigan resurslar masasi va ularning unumdorligidir. Jamg’arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xam ashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog’liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vosilaraning o’sha miqdorida mahsulotlarni ko’proq hamida ishlab chiqarishga imkon beradi.
Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini sarflarining pul shaklidagi ko’rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi. Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi.
Investitsiyalarning manbalaridan biri bo’lib, aholi keng qatlamlarining jamg’armalari hisoblanadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, azalda jamg’arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo’lishi va bo’lmasligi ham mumkin. Investitsiya jamg’armalari ko’pchilik sub‘ektlar tomonidan amlga oshiriladi, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub‘ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa korxonalar jag’armasi ham ivestitsiya manbai bo’lib hisoblanadi. Bu o’rinda “jamg’aruvchi” va “investor” bir sub‘ektda mujassamlashadi.
Investitsion faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
- investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foya, amortizatsiya aratmalari, pul jamg’armalari va h.k)
- qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligitsiya, zayomlari, bank kreditlari).
- jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoiy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa tulovlari)
- davlat byujeti mablag’lari;
- chet elliklar mablag’lari.
Mamlaktimizda investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari tuzilishi ham yillar davomida o’zgarib bormoqda. Jumladan, yildan yilga davlat byudjeti mablag’larining ulushi kamayib, korxona mablag’lari; to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investiiyalar hamda nobyudjet fondlar mablag’larining ulushi oshib bormoqda.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
Investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;
Foiz stavkasi.
Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo’lsa, sotib oladilar.
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta‘sir ko’rsatadi:
1) Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
2) Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;
3) Texnologik o’zgarishlar.
Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur.
Yalpi investitsiyalar - joriy yil davomida iste‘mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga muljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.
Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |