Investitsiyalarning mohiyati , grafigi va funksialari
Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi. Investitsiyalar yoki kapital qoʻyilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qoʻyilgan kapitaldir. Oʻzining moliyaviy shakliga koʻra, ular foyda olish maqsadida xoʻjalik faoliyatiga qoʻyilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga koʻra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat koʻrsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bogʻliq boʻlgan aylanma kapitalning oʻzgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek, investitsiyalar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi. Investitsiyalarni turlicha guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng koʻp duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash obyektiga koʻra uch turga boʻlinadi: 1. Ishlab chiqarish investitsiyalari; 2. Tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya; 3. Uy-joy qurilishiga investitsiya qilinadi .
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri boʻlib kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori oʻrtasida teskari bogʻliqlik boʻlsa, kutilayotgan sof foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari oʻrtasida toʻgʻri bogʻliqlik bor. Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori boʻlsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori boʻlsa, investitsiyalash foydali boʻlmay qoladi. Misol uchun, zavodga 100000 soʻmlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni qoʻllashdan zavod 10.000 soʻm sof foyda olgan boʻlsin. Kutilayotgan sof foyda normasi quyidagicha aniqlanadi: KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10%. Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining oʻzgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi koʻrinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng boʻlsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi. Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa quyidagi omillar ham kiradi:
1. Soliqqa tortish darajasi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi oʻzgarishlar;
3. Mavjud boʻlgan asosiy kapital miqdori;
4. Investorlarning kutishi;
5. Yalpi daromadlarning oʻzgarishi.
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo boʻlishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi oʻzgarmagan sharoitda ham) koʻpayishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi. YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining koʻpayishiga olib keladi. Korxona foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida boʻsh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaIMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda boʻlmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror boʻlmaydi. Oʻzbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy siyosat natijasida yuzaga kelgan qulay investitsiya muhiti yaxshilandi, jumladan siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanganligi, soliq yukining pasaytirila borishi, bozor infratuzilmasining rivojlantirilishi, bank tizimining mustahkamlanishi va bank foiz stavkalarining pasaytirilishi, investorlarga keng imtiyoz va kafolatlar tizimining yaratilganligi mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining oʻsishiga olib keldi.
Asosiy fondlarga investitsiyalar. Investitsiya xarajatlarining eng katta qismi, ya’ni deyarli toʻrtdan uch qismi, asosiy fondlarga investitsiyalar hissasiga toʻgʻri keladi. Bu sarmoyalar shuni anglatadiki, investitsion tovarlar kelajakdagi ishlab chiqarish maqsadida firmalar tomonidan sotib olinadi. Bu xarajat, qisqa vaqt ichida ishlatilib yoki sotilib ketadigan zaxiralarga investitsiyalardan farqli oʻlaroq, uzoq muddat foydalanadigan asosiy kapital uchun boʻladi. Asosiy fondlarga investitsiyalar ofis jihozlaridan tortib zavodgacha, kompyuterdan tortib kompaniya mashinasigacha barcha narsani oʻz ichiga oladi. Asosiy fondlarga investitsiyalarning andozaviy modeli investitsiyalarning neoklassik modeli nomini olgan. Neoklassik modelda investitsion tovarlarga ega boʻlgan firmalarning foyda va xarajatlari koʻrib chiqiladi. Modelda investitsiyalar darajasi kapital zaxiralari bilan birgalikda kapitalning chekli mahsuli, foiz stavkasi hamda firmalarga nisbatan qoʻllaniladigan soliqqa tortish qoidalariga qanday bogʻliqligi koʻrsatiladi. Modelni shakllantirish uchun iqtisodiyotda firmalarning ikki turi mavjud deb faraz qilamiz. Ishlab chiqaruvchi firmalar ijaraga olingan kapitaldan foydalanib tovar va xizmatlar ishlab chiqaradilar. Kapitalni ijaraga beruvchi firmalar iqtisodiyotda barcha investitsiyalarni amalga oshiradilar, ular ishlab chiqarish fondlarini sotib oladilar va ularni ishlab chiqaruvchi firmalarga ijaraga beradilar. Hayotdagi iqtisodiyotda koʻplab firmalar ikkala funksiyani ham bajaradilar, ya’ni ular tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar hamda kelgusi ishlab chiqarishga kapitalni investitsiya qiladilar. Bizning tahlilimiz nuqtayi nazaridan faoliyatning bu ikki turini ular bilan turli xil firmalar shugʻullanadi deb faraz qilgan holda ajratish foydalidir. Dastavval ishlab chiqaruvchi firmalarni koʻrib chiqamiz. Odatda firma foydalanadigan kapital miqdori toʻgʻrisidagi qarorini quyidagi tartibda qabul qiladi: kapitalning har bir qoʻshimcha birligidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtiradi. Firma kapitalni R stavka boʻyicha ijaraga oladi va oʻz mahsulotini R narx boʻyicha sotadi, ishlab chiqaruvchi firma uchun kapital birligiga haqiqatdagi xarajatlar R/R ni tashkil etadi. Kapital birligidan foydalanishning haqiqiy natijasi kapitalning chekli mahsulotidir (KChM), ya’ni kapitalning qoʻshimcha birligidan foydalanish hisobiga olinadigan qoʻshimcha ishlab chiqarilgan mahsulotdir. Firma tomonidan foydalaniladigan kapital hajmi ortishi bilan uning chekli mahsuloti pasayadi: firma qanchalik koʻproq kapitalga ega boʻlsa, kapitalni qoʻshib borish bilan ishlab chiqarish hajmini shunchalik kam oʻsishiga erishiladi. Oldingi boblarda xulosa qilganimizdek, firma foydasini maksimallashtirish uchun kapitalning chekli mahsuloti kapitalni ijaraga olishning haqiqiy narxi darajasigacha pasaymagunga qadar, ijaraga olinadigan kapitalni oshiradi. Yuqorida muhokama qilingan sabablar tufayli, kapitalning chekli mahsuloti kapitalga boʻlgan talab egri chizigʻini aniqlaydi. Kapitalga boʻlgan talab egri chizigʻi oʻngdan pastga egilgan, chunki kapital hajmi qanchalik koʻp boʻlsa, uning chekli mahsuloti shunchalik kam. Har bir vaqtda iqtisodiyotdagi kapital miqdori qayd etilgan, shuning uchun taklif egri chizigʻi vertikal chiziq hisoblanadi. Kapitalni ijarasi uchun olinadigan narx talab va taklifni muvozanatlashtirish uchun oʻzgartirib turiladi.
Xulosa
Men ushbu kurs ishimni bajarish davomida shuni tushundimki istemol va jamgʻarish funksialari, grafigi va investitsiyalarning mohiyati, masalalari hamda uning funksialari haqida toʻliqroq maʼlumotga ega boldim
YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining kopayishiga olib keladi. Korxona foydasi investitsiyalarining manbai ekanligi hisobga olsak , bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi . YaIM hajmi pasayib ketganda esa yaʼni iqtisodiy faoliyat pasayishi sharoitida bosh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli investitsiya xarajatlari pasayib ketadi
Do'stlaringiz bilan baham: |