Aim.Uz
Iste`mol va investitsiya funksiyalari
Reja:
Iste`mol va jamg’arish, ularning grafiklari.
Iste`mol va jamg’arish funksiyalari.
Iste`mol va jamgarishga o`rtacha xamda chegaralangan moyillik.
Investitsiyalarning moxiyati, grafigi va funksiyasi.
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar. Akselerator modeli.
1. Iste`mol va jamgarish, ularning grafiklari.
Uy xo`jaliklarining iste`mol xarajatlari (bundan buyon iste`mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YAIMning yakuniy iste`molga ko`ra tarkibida eng katta ulushga ega bo`lgan komponentdir. 2004 yilda O`zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Ko`mitasining ma`lumotlariga ko`ra respublikamizda bu ulush 51,7 %ni tashkil etgan. SHuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste`mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortik kismini tashkil etadi. SHu tufayli xam iste`mol xarajatlariga ta`sir etuvchi omillarni, uning o`zgarish konuniyatlarini o`rganish muxim axamiyatga ega.
Uy xo`jaliklari tasarrufidagi daromadning iste`mol kilinmasdan kolgan kismi ularning jamgarmalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamgarish xajmi foz stavkasining funktsiyasi de karashsa J.M. Keyns uy xo`jaliklarining iste`mol xarajatlari va jamgarishlari xajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chikarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb xisoblaydi. YAnada aniklik kiritsakiste`sol va jamgarish o`ajmini belgilovchi asosiy omil uy xo`jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to`lovlari va to`lagan soliklari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd ) ko`rsatkichidir. Makroiktisodiy nazariyada iste`mol va jamgarmalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funktsiyasi sifatida xam tadkik kilinadi.
Ma`lumki, uy xo`jaligi tasarrufidagi daromad iste`mol va jamgarish uchun ishlatiladi. YA`ni, kancha ko`p iste`mol kilinsa, shuncha kam jamgariladi va aksincha. Iste`mol va jamgarish o`rtasidagi o`zaro bogliklik xar xil daromadga ega bo`lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo`lganlar, odatda, uning ko`prok kismini iste`mol kilib, kamrok kismini jamgaradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamgarish foydasiga o`sadi. Bu bogliklikni gipotetik ma`lumotlar asosida ko`rib chikamiz (4-jadval).
Tasarrufidagi daromad xajmi 370 shartli birlikka (sh.k.) teng bo`lganda uy xo`jaliklari iste`moli 375 sh.b.ka teng, ya`ni tasarrufidagi daromaddan 5 sh.b.ka ko`p bo`ladi. YA`ni uy xo`jaliklari 5 sh.b.ka teng mikdorda karz
4-jadval
Daromad, iste`mol va jamgarish ko`rsatkichlari
Yillar
|
Tasarrufdagidaromad (Yd)
|
Iste`mol (C)
|
Jamgarish (S)
|
1
2
3
4
5
6
7
|
370
390
410
430
450
470
490
|
375
390
405
420
435
450
465
|
-5
0
5
20
15
20
25
|
xisobiga yoki o`tgan yillarda to`plangan jamgarmalar xisobiga iste`mol xarajatlari kiladilar.
C Yd =C
420
C
390
375
a
Yd
370 390 430
Do'stlaringiz bilan baham: |