__________________________________________________________________________________
79
bag‘ishlagan asarlari ichida bayon qilganlar IX - XII - asrlarda movorunnahrda madaniyat ilm fan san’at va ada-
biyot islom madaniyati yo‘nalishida rivojlandi va taraqiy etdi bu davrda Farg‘oniy, Farobiy, Beruniy, Xorazimiy,
Termiziy, Rudakiy, Firdavsiy, Yassaviy, Qoshgʻariy kabi yuzlab fozillar yashab ijod qildilar. Kelajak avlod uchun
musiqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda buyuyk ekanligi qadimiy mutaffakirlar alohida urg‘u bilan takidlashgan.
Aynan shu davrda musiqaning ijobiy sifatlarini shakillantiruvchi vazifa hisoblangan. Qadimgi risolalarida mu-
siqani “Kimda kim musiqa san’atiga murojaat etsa, uning nomiga hech qanday dog‘ tushmaydi”, musiqa ta’sirida
o‘ziga, vataniga katta foyda keltiradi, hech qayerda muvozanatini buzmay hamma yerda donolik va tartibga qat’iy
rioya qiladi” deyilgan
1
. Temuriylar davri madaniyati va san’ati taraqiyotida Marog‘iy boshchiligidagi Markaziy
Osiyo musiqasi nazariyasi va ahamiyati maktabi alohida o‘rin tutadi shuningdek bir qancha xususiy maktablar
ham bo‘lib, unda musiqachilar odatda muayyan miqdor shogirdlar o‘qitganlar ular o‘qituvchining butunlay
moddiy ta’minotida bo‘lganlar bu maktabda muayyan darajada Italiyada XV - XVI asrlarda mavjud bo‘lgan badiiy
maktablarni eslatadi. O‘zbekiston musiqa madaniyatini tarixiy jihatlari ko‘rib chiqilar ekan, uning O‘rta Osiyo
teritoriyasida yashovchi qardosh xalqlar madaniyati bilan aloqasini qayd etmoq kerak. X - XI asrgacha bolgan
Oʻrta Osiyo xalqalrining musiqa madaniyati o‘rganilar ekan uni o‘zbek, tojik musiqa madaniyati taraqqiyoti uchun
asos boʻlib xizmat qilgan umumiy musiqa madaniyati deb qarash kerak
2
.
Oʻzbek xalqining musiqa madaniyati va profesional ijod maxsuli bolgan musiqa asarlari og‘izdan og‘izga
o‘tishi asosida an’analar zamirida rivojlangan u bizgacha xofizlar, musiqachilar va baxshilar orqali yetib keldi.
Unda xalq ijodiyotining eng yangi namunalari xalq hamda uning proffesional ijrochilari tamonidan chalingan mu-
siqalar qolgan.
O‘zbek xalqi ajdodlarninng musiqa sarchashmalari O‘rta Osiyo hududida yashagan qardosh xalqlar, bi-
rinchi navbatda tojik xalqi ijodi bilan mustahkam bog‘langan. Bu musiqa asarlarning X-XI asrgacha (ya‘ni, bu
xalqlar faol chegaralangunlarigacha) o‘zida bir butunlikni ifoda etdi, keyinchalik u o‘zbek va tojik musiqa madani-
yatlarining shakllanishi uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qildi.
Mumtoz musiqamizning "zamzama", "tarona" (eski shakli "taronik" – ―taronacha, "buxorcha", "farg‘ona-
cha"ga o‘xshagan uslub tushunchasi), "suvora"
("asp ros") kabi iboralarining ildizlari ham "Avesto" davrining urf-odatlariga borib taqaladi Zikr etilgan
eski musiqiy belgilar, keyingi davrlar mafkurasiga binoan yangicha ma’no va mazmunlar bilan to‘ldirilgan, albatta,
qanday bo‘lmasin bu ramzlar zamonlar osha bizgacha moziydan yetib kelgan sadolarga aloqador so‘zlardir. Buni
arxyeologiya, etnografiya va boshqa fanlar bergan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Sinfsiz jamiyat sharoitida O‘rta
Osiyoda musiqa asboblarining asosi, ya‘ni, urib chalinadigan, puflab chalinadigan va torli sozlar turlari vujudga
kelgan edi
3
.
Urug‘chilik jamiyatining yemirilishi va sinfiy jamiyatga o‘tish, Baqtriya, Sug‘diyona va Xorazmda
davlatlarning paydo bo‘lishi, ahmoniylarning harbiy-ma‘muriy jihatdan birlashuvlari, Alyeksandr Makyedonskiy
davlati, Gryek-baqtriya podsholigining vujudga kyelishi eramizdan oldingi VII asrdan to eramizning IV
asrgacha bo‘lgan juda katta tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr epik xaraktyerli mifologik qahramonlik
ustun bo‘lgan qadimgi og‘zaki musiqali poetik ijodning yuzaga kelishi bilan mashhurdir. Qahramonlik afsonalari,
epik qo‘shiqlar O‘rta Osiyo xalqlarining o‘z mustaqilliklari uchun olib borgan mardonavor kurashlarining
bo‘yoqdor tasvirlari bilan to‘la. O‘z xalqining ozodligi yo‘lida jonini qurbon qilgan cho‘pon Shiroqning mislsiz
jasorati, vatanga bo‘lgan muhabbati to‘g‘risida hikoya qiluvchi Sak afsonalaridan parchalar bizning kunlarimizga-
cha saqlanib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |