ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2021. № 2-1 (113)
__________________________________________________________________________________
10
Х
И
М
И
Ч
Е
С
К
И
Е
ТЕХНОЛОГИИ
УДК 62
Z.A. Saidmurodova, D.A. Toshmurodov
NUKLEIN KISLOTALAR KIMYOSI, ULARNING TUZILISHI VA AHAMIYATI
Nuklein kislotalar kimyosi, tirik organizmdagi ahamiyati
Kalit so’z:
makromolekulalar, funksiylari, ahamiyati, tuzilishi,xos-
salari.
Tirik organizm tarkibiga kiruvchi molekulalar orasida organik moddalar ko’proq boladi. Organik birikma-
larning molekulalari har xil bo’lib, ko’pchiligi juda murakkabdir. Ulardan biri tirik hujayra uchun qurilish materiali
bo’lib xizmat qilsa, boshqasi hujayrani funksional ishlashi uchun energiya bilan taminlaydi, uchinchisi esa hujay-
rada kechadigan reaksiyalarni boshqarishda muhim rol oynaydi.
Juda murrakkab organik molekulalar qatoriga uglevodlar, lipidlar, oqsillar va nuklein kislotalarni kiritish
mumkin. Bu molekulalar yirik makromolekulalar hisoblanadi. Bu makromolekulalarning har birining o’ziga xos
tuzilish va funksiyalarga ega bo’ladilar.
Karbonsuvlar va lipidlar hayotning barcha formalari uchun asosiy kimyoviy energiya manbai bolib xizmat
qiladi. Oqsillar tirik hujayraning tuzilish elementlari bolib, yana ular katalizator sifatida va hujayralararo jarayonni
boshqarishda katta ahamiyatga ega. Nuklein kislotalar
nasliy axborotlarni saqlashda, uzatishda birlamchi rol
oynaydi va maxsus oqsillar hamda boshqa moddalar sintezida juda keraklidir. Murakkab makromolekulalar juda
ko’p sonli oddiy molekulalardan tuzilgan, nisbatan uncha katta bolmagan molekulalar qurilish materiallari bolib
xizmat qiladi va bir-birlari bilan uzun zanjirlar orqali birikkan boladi. Oqsil nomi tuxum oqi nomidan kelib chiqqan
sodda atama. Oqsillar haqida XIX asrning ikkinchi yarmida va XX asrning birinchi choragida olingan malumotlar,
asosan, gidroliz qilish yoli bilan ular tarkibiga kiradigan aminokislotalarni aniqlash va songra oqsil tarkibida peptid
shaklida boglanishni belgilash bilan chegaralanadi. Oqsillar biologiyasi soxasidagi bu boshlangich malumotlarni
olishda mashhur rus olimi A.Y. Danilevskiy (1838-1923), nemis olimi Emil Fisherning (1852 – 1919) tadqiqotlari
katta axamiyatga ega boldi. Nuklein kislotalarni birinchi bo’lib, yangi biologik modda sifatida 1868-yilda
shvetsariyalik biolog olim Fridrix Misher tomonidan kashf qilingan. U yiringlash jarayoni sababchisi bo’lgan qon
elementi leykositlar yadrosidan ajratib olingan fosforga boy birikmaga ”nuklein’’, deb nom bergan.
Nuklein
kislotalar tarkibida fosfat kislota qoldig’i bo’lgani uchun kislota nomi berilgan. 1891-yilda nemis olimi Kossel
nuklein kislotani gidrolizlab, uning 3 xil kompanentdan iborat ekanligini aniqladi. Тriplet Krik ifodasiga ko’ra
kodon deb nomlangan.
1953-yilda Gamov (AQSh) genetik kod 3 ta nukleotid to’plamdan (triplet koddan) tashkil topgan bo’lishi
kerak, degan g’oyani ilgari surdi. Haqiqatdan ham, bunda 4 xil nukleotid yordamida 64 ta kombinatsiya hosil qilish
mumkin. 1961-yil boshlarida ingliz olimi Krik genetik kod muammosining
matematik analiziga asoslanib, kod
© Saidmurodova Z.A., Toshmurodov D.A., 2021.