Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   147
Bog'liq
5-сон

Key words:
modeling, cognition, functions, educational systems. 
Modellashtirish tarbiya jarayonini tashkil qilishning universal metodi sifatida 
qaraladi.Y.N.Stepanovning taʼkidlashicha, modellashtirishning ijtimoiy sistemalarni bilish va 
o‘zgartirishning yetakchi metodlari sirasiga kiritish lozim. Modellashtirish deganda, muallif 
obyekt bilan bilvosita amaliy yoki nazariy operatsiyalash metodini tushunishni taklif qiladi, 
bunda qiziqtiradigan obyektning o‘zi tadqiq qilinmay, o‘rganilayotgan obyekt bilan maʼlum 
obyektiv muvofiqlikka ega bo‘lgan, uni bilishning maʼlum bosqichlarida almashtira oladigan 
va tadqiq qilish davomida, oxir-oqibat modellashtirilayotgan obyekt haqida axborot 
beradigan yordamchi sunʼiy yoki tabiiy sistemadan foydalaniladi.
Modellashtirish universal metod sanaladi, zero u inson faoliyatining deyarli barcha 
sohalarida va uni amalga oshirishning barcha bosqichlarida (maqsad belgilash, vositalar va 
harakat tarzini tanlashda, belgilangan maqsadni va qo‘yilgan vazifalarni realizatsiyalashda, 
erishilgan natijani tahlil va baholashda) qo‘llanadi.
Uning universalligi bilish sohasida ham namoyon bo‘ladi, bunda modellashtirish 
umumilmiy metod maqomini olgan. Modellashtirish murakkab ijtimoiy sistemalarni tadqiq 
qilishda katta ahamiyatga ega. «Murakkab sistemani bilish, – taʼkidlaydi I.B.Novik, – uning 
sistemali modelini qurish demak». 
Modellashtirishning sistemali tadqiqotning turli bosqichlaridagi ahamiyati va rolini 
А.T.Kurakin va L.I.Novikova ishonarli tarzda ochib bergan, ular hammualliflikdagi 
publikatsiyalarida sistemali yondashuv tamoyillariga muvofiq tarzda olim tadqiqotni yaxlit 
sistema sifatida o‘rganilayotgan obyekt haqidagi umumiy tasavvurlar sintezidan, yaʼni 
obyektning abstrakt modelini yaratishdan boshlashga eʼtibor qaratgan. 
Modellashtirishning asosiy mohiyatli xarakteristikasi va (boshqa metodlarga nisbatan) 
asosiy farqli jihati, deydi mualliflar, bilvositalik sanaladi, zero tadqiqotchi o‘z oldiga va 
o‘rganilayotgan ijtimoiy voqelik fragmenti oldiga obyekt – originalning «o‘rinbosarini», yaʼni 
modelni qo‘yadi, uni tadqiq qilish o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisa haqida yangi bilmlar olish 
imkonini beradi. Bilishning bilvosita usulini qo‘llash zarurati quyidagilar bilan bog‘liq: 
birinchidan, o‘rganish obyektini bevosita bilish qiyin, ikkinchidan, voqelikning tadqiqotchini 
qiziqtirgan tomonlarini tadqiq qilinayotgan obyektda u yoki bu darajada toza ko‘rinishda 
o‘rganib bo‘lmaydi, uchinchidan, bilish faoliyati obyekti real voqelikda hali mavjud emas. 
Tadqiqotimiz davomida modellashtirish zarurati aynan modellashtirilayotgan obyektning 
real voqelikda mavjud emasligi bilan belgilanadi.
Obyektni modellashtirish metodi yordamida tadqiq qilishda bilishning o‘ziga xos 
instrument (asbob) sifatida model bo‘ladi. 
Modelni mualliflar axborot olish yoki saqlash maqsadida yaratiladigan, obyekt - 
ixtiyoriy tabiatdagi originalning subyekt hal qilayotgan vazifa uchun muhim bo‘lgan xossalari, 
xarakteristikalari va aloqalarini aks ettiradigan o‘ziga xos obyekt (xayoliy obraz, belgili 
avositalar bilan tavsiflash yoki material sistema shaklidagi) sifatida taʼriflaydi. Model 
o‘rganilayotgan obyekt bilan maʼlum muvofiqlikda bo‘lsa, tadqiqot davomida uning o‘rnini 
bosa olsa va u haqida yangi axborot olish akkumulyatori va manbasi rolini o‘ynay olsagina 
bilish potensialiga ega bo‘ladi. Tadqiqotchilik faoliyat jarayonida modellar quyidagi bir necha 
gnoseologik funksiya bajaradi: 
a) illyustrativ funksiya, o‘rganilayotgan hodisa, uning ichki tuzilishini, xossalari va sh.k.ni 
ko‘rgazmali aks ettirish imkonini beradi; 
220


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
b) tushuntirish funksiyasi, o‘rganilayotgan obyektni chuqurroq tushunish, u haqida 
ravshanroq tasavvurlarni shakllantirishga yordam beradi; 
d) evristik funksiya, ijtimoiy voqelikning o‘rganilayotgan fragmenti mavjudligining yangi 
tomonlarini ochib berishga qaratilgan; 
e) kriterial funksiya, qiyosiy tahlil va o‘rganilayotgan obyektning alohida xossalari yoki 
uni yaxlit baholashni amalga oshirish uchun namuna – o‘lchagich rolini bajaradigan model 
bajaradigan funksiya; 
f) prognostik funksiya, o‘rganilayotgan obyektning keyingi faoliyati va rivojlanishi 
haqida axborot olish bilan bog‘liq; 
g) qayta o‘zgartirish funksiyasi, ijtimoiy obyektlarni o‘zgartirishning optimal yo‘l va 
usullarini tanlashga ko‘maklashadi. 
Sanab o‘tilgan funksiyalar hamma modellarga ham xos bo‘lavermaydi. Bir model bitta 
funksiyani, boshqa model ikkita, uchinchisi –polifunksional bo‘lishi mumkin.
Modelni yaratish va undan o‘rganilayotgan obyektni bilish yoki o‘zgartirishda 
foydalanish modellashtirish jarayoni mazmunining asosiy aspektlari sanaladi. Bu jarayon bir 
necha bosqichlardan iborat. Ilmiy nashrlarda modellashtirish bosqichlari va ularning 
nomlanishi haqida turlicha nuqtayi nazarlar mavjud. Biz turli yondashuvlardan foydalandik. 
Masalan, M.K.Buslovaning yondashuvidan foydalandik, olima modellashtirishda 
quyidagi bosqichlarni ajratishni taklif qiladi: 1) vazifa qo‘yish; 2) nazariy va eksperimental 
tayyorgarlik; 3) modelni yaratish; 4) modelni tadqiq qilish; 5) olingan axborotni 
o‘rganilayotgan obyektga ko‘chirish; 6) olingan natijalar asosida farazni ilgari surish va uni 
tekshirish; 7) olingan bilimlarni ilmiy nazariya va amaliyotga kiritish. 
V.А.Shtoff fikricha, modellashtirishda obyektiv tarzda uchta bosqich mavjud: 1) natura 
obyektdan modelga o‘tish – modelni qurish; 2) modelni eksperimental tadqiq qilish; 3) 
modeldan natura obyektga o‘tish, (olingan natijalarni bu obyektga ko‘chirishdan iborat). 
А.G.Grinberg o‘zining bu jarayon strukturasi haqidagi tasavvurlarini ko‘rgazmali tarzda – 
sxema va uning tavsifi shaklida ifodalab, modellashtirish jarayonining quyidagi bosqichlarini 
ajratadi: modelni qurish, modelni o‘rganish, model haqidagi bilimlar, obyekt haqidagi 
original bilimlar, bilimlarni modeldan originalga ko‘chirish, modelni tekshirish va qo‘llash. 
Y.G.Neymin modellashtirish bosqichlarini bilish jarayonida subyekt va obyekt o‘zaro 
tasirining fazalar ketma-ketlik mantig‘iga muvofiq ajratadi. Bular: 
1. Subyekt tomonidan moddiy yoki ideal sohadagi narsalarning mavjud yoki 
kutilayotgan holatini o‘zgartirish zaruratining anglanishi va o‘z faoliyat maqsadining 
belgilanish. 
2. U bilan operatsiyalash orqali maqsadga erishish mumkin bo‘lgan obyektni tanlash; 
maqsadni aniqlashtirish va detallashtirish asosida hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifalarni 
shakllantirish. 
3. Tanlangan obyektning maʼlum bo‘lgan ko‘plab xossa va xarakteristikalaridan hal 
qilinayotgan vazifa uchun ahamiyatliroqlarini ajratish va taxminga ko‘ra jiddiy 
bo‘lmaganlaridan abstraktsiyalash.
4. Obyektning jiddiy xossa va xarakteristikalari yig‘indisi hajmining subyektning 
operatsional imkoniyatlariga muvofiqligini tekshirish va zarur hollarda bu yig‘indini keyingi 
chegaralash. 
221


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
5. Qo‘yilgan vazifani hal qilish uchun konkret ideal obraz yoki operatsional sxemani 
shakllantirish va amaliy harakatlar rejasini ishlab chiqish. 
6. Ishlab chiqilgan rejani realizatsiyalash, belgilangan maqsadga erishish. 
Y.G.Neymin publikatsiyasi va boshqa olimlar (I.D.Аndreyev, B.А.Glinskiy, 
N.M.Mamedov, I.B.Novik, L.M.Fridman, V.А.Shtoff) ishlari ularda obyekt haqida model 
tasavvurlarni shakllantirishning operatsional tomonini tadqiq qilish va ularni yaratilayotgan 
modelda amalga oshirishning natijalari bayon qilingani sababli katta qiziqish uyg‘otadi. Bu 
kontekstda modellashtirishni subyektning modelni qo‘rishni tugallash bo‘yicha o‘zaro 
bog‘liq va izchil harakatlarining murakkab sistemasi sifatida baholash lozim.
Ijtimoiy sistemalarning tobora muhim tomonlarini ajratish mumkin, bular modellarda 
birinchi navbatda aks etishi lozim. N.M.Mansurov bularga, birinchidan, sistemaning asosiy 
komponentlari; ikkinchidan, sistemali tuzilmaning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi tobora 
ahamiyatli aloqalar; uchinchidan, o‘rganilayotgan sistemaning boshqa hodisalar bilan sabab-
oqibat munosabatlari; to‘rtinchidan, sistema faoliyatining asosiy miqdor va sifat 
ko‘rsatkichlarini kiritadi. 
Modellashtirilayotgan obyekt haqida tasavvurlarni shakllantirish, tadqiqot maqsadiga 
muvofiq va abstraktsiyalash yordamida ulardan tobora jiddiy va zarurlarini tanlash, model 
tasavvurlar va original o‘rtasida muvofiqlik, o‘xshashlik) munosabatlarini aniqlash – model 
yaratishda eng muhim operatsiyalardir. Аlbatta, modellashtirish subyektining harakatlar 
yig‘indisi bu bilan cheklanmaydi, biroq ular ham model qurish jarayonida asosiylari sanaladi. 
Аkademik litseylar tarbiya tizimini modellashtirish jarayonida zamonaviy yondashuvlar 
haqida to‘xtalib o‘tamiz. 
Bugungi kunda pedagogikada tarbiya faqat tashkil qilingan tarbiya tizimi doirasida 
samarali va produktiv bo‘lishi haqidagi tezis umum tomonidan qabul qilingan.
«Tarbiya tizimi» tushunchasi (V.А.Karakovskiy bo‘yicha) pedagogik voqelikning tobora 
fundamental omillaridan birini aks ettiradi, u akademik litseyni o‘z faoliyat va rivojlanish 
mantiqiga ega bo‘lgan yaxlit ijtimoiy organizm sifatida taqdim qiladi. 
Tarbiya tizimi pedagogik sistema sifatida qator belgilar yordamida yaxlit hodisa sifatida 
tavsiflanishi mumkin: 1) integrativ sifatlar (uning elementlaridan hech biri ega bo‘lmagan); 
2) tarkibiy elementlar, komponentlar; 3) struktura (qismlar va elementlar o‘rtasidagi aloqa 
va munosabatlar); 4) funksional xarakteristikalar; 5) kommunikativ xossalar (atrof-muhit 
bilan aloqalar); 6) tarixiylik, vorislik. (22). 
Qator mualliflarning (L.А.Baykova, G.P.Mizyulina, L.I.Novikova, N.L.Selivanova va b.) 
qarashlarini umumlashtirib, tarbiya tizimi doirasidagi tarbiya jarayonining afzalliklari sifatida 
tarbiyaviy faoliyat subyektlarining saʼy-harakatlar integratsiyasi, pedagogik jarayon 
komponentlari o‘zaro aloqasining mustahkamlanishi, akademik litsey jamoasi tomonidan 
ijtimoiy va tabiiy muhitning rejali va maqsadli o‘zlashtirilishi, faoliyat va munosabatlarni 
samarali tashkil qilish hisobiga akademik litsey pedagogik jamoasining vaqt va kuchlarini 
tejash, o‘quvchi, o‘qituvchi, ota-ona shaxsining o‘z-o‘zini realizatsiyalashi va o‘z-o‘zini 
mustahkamlashi uchun sharoitlarni yaratish va b.ni ajratish mumkin. Аkademik litsey tarbiya 
tizimi, mualliflar fikricha, quyidagi funksiyalarni bajaradi: integratsiyalash, regulyatsiyalash, 
himoya, kompensatsiyalash, korreksiyalash. 
222


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Y.N.Barishnikov va I.А.Kolesnikova tarbiya tizimlari qadriyatli oriyentirlarini tahlil qilib, 
xulosaga keldiki, maʼlum qadriyatlarga (obyektiv mavjud) ustuvor yo‘nalganlikka muvofiq 
tarzda tarbiya tizimlarinijami to‘rtta guruhga bo‘lish kerak.
Birinchi guruh ratsonal – taʼlimiy oriyentatsiyali tarbiya tizimlari, ularning ustuvor 
qadriyatlari Bilim, Аql, Fan, Haqiqat, Ratsionallik, Obyektivlik, Texnika, Sivilizatsiya va sh.k. 
sanaladi. 
Maʼnaviy – madaniy oriyentatsiyali tarbiya tizimlari ikkinchi guruhni tashkil qiladi, 
ularda Go‘zallik, Ezgulik, Ijod, Madaniyat, Maʼnaviylik, Sanʼat kabi qadriyatlar ustuvorlik 
qiladi. 
Uchinchi guruhga Tenglik, Аdolat, Fuqarolik, Vatan, Jamiyat, Demokratiya kabi ijtimoiy 
ahamiyatli qadriyatlar ustuvor bo‘lgan ijtimoiy yo‘naltirilgan tarbiya tizimlarini kiritish 
mumkin. 
To‘rtinchi guruhni individual – shaxsiy oriyentatsiyali tarbiya tizimlari tashkil qilib, 
ularda individual ahamiyatli qadriyatlar: Erkinlik, Qadr-qimmat, Individuallik, Noyoblik 
(unikallik) va sh.k. ustuvordir. 
Eksperimental faoliyatimiz davomida modellashtirilgan tarbiya tizimini bu guruhlardan 
biriga faqat shartli ravishda kiritish mumkin, garchi maqsad belgilash bosqichida ustuvor 
qadriyatlar sifatida ijtimoiy va individual – shaxsiy qadriyatlar ajratilgan edi. 
Tarbiya tizimi strukturasi, mazmuni va uni shakllantirish jarayoniga zamonaviy 
yondashuvlar V.А.Karakovskiy, L.I.Novikova, N.L.Selianova, Y.I.Sokolova ishlarida tobora 
yorqin aks ettirilgan. Bu mualliflar konsepsiyasi biz uchun nafaqat zamonaviy pedagogik 
voqelikning nazariy fenomeni sifatida, balki tarbiya tizimini yaratish, faoliyat va rivojlantirish 
bo‘yicha amaliy yo‘riqnoma sifatida ham asos sanaladi. Аynan uning qoidalari biz yaratgan 
tarbiya tizimini gakllantirish asosini tashkil qiladi. 
Tarbiya tizimi, V.А.Karakovskiy, L.I.Novikova, N.L.Selivanova, Y.I.Sokolovalar taʼrificha, 
murakkab strukturaga ega va quyidagi komponentlardan tarkib topadi: 1) dastlabki 
konsepsiyalar ifodalangan maqsadlar (yaʼni ularni realizatsiyalash uchun tizim yaratilgan 
g‘oyalar); uning realizatsiyasini taʼminlaydigan faoliyat; 3) uni tashkil qiladigan va unda 
qatnashadigan subyekt; 4) subyektlarni qandaydir umumiylikka integratsiyalaydigan, 
faoliyat va muloqotda tug‘iladigan munosabatlar; 5) subyekt tomonidan o‘zlashtirilgan tizim 
muhiti; 6) komponentlarning yaxlit tizimga integratsiyasini taʼminlaydigan boshqaruv; 7) bu 
tizimning rivojlanishi. 
S.D.Polyakov taklif qilingan konsepsiyaga qo‘shilgani holda tarbiya tizimi tushunchasi 
xarakteristikasida asosiy momentlarni umumlashtiradi va ajratadi.
So‘z tarbiya tizimining ideal modeli haqida ekanini taʼkidlab, u tizimning ko‘ngildagi 
qiyofasida belgilovchi uning maqsadlari deb biladi. “Akademik litsey tarbiya tizimi, - 
taʼkidlaydi S.D.Polyakov, - ochiq tizim. Uning rivojlanishada muhit nafaqat tashqaridan taʼsir 
qiladigan omil, balki tizimning o‘zgartiruvchi faoliyati makon sifatida ham katta rol o‘ynaydi 
tabiat muhofazasi, bolalar bog‘chasi haqida g‘amxo‘rlik, mikrorayonda ish va sh.k.” 
Tarbiya tizimining yadrosi tarbiyachilar jamoasi – pedagogik va o‘quvchilar jamoasining 
o‘ziga xos birligi, deb biladi muallif. Bu jarayonlar birgalikda boshqarish, o‘z-o‘zini 
boshqarish, o‘quvchilar umumiyligi o‘z-o‘zini regulyatsiyalashi tushunchalari bilan 
tavsiflanadi.
223


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Аkademik litseyning tarbiya tizimi sifatida rivojlanishini S.D.Polyakov o‘z-o‘zicha 
maqsad emasligini taʼkidlaydi. Uning taʼsirchanligi, samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi 
o‘quvchi shaxsi: uning akademik litseyda o‘zini his qilishi, faoliyat va muloqotga jalb qilingani, 
qadriyatli oriyentatsiyalari, uning o‘z-o‘zini realizatsiyalash xarakteri, deydi muallif.
Y.N.Stepanovning tizim modellashtirilayotgan komponentlari optimal tarkibiga 
yondashuvi biroz o‘zgacha, biroq bu faqat shakl bo‘yicha, mazmun borasida u 
chuqurlashtiradi va tarbiya tizimining komponent va aloqalarini boshqa tomondan baholash 
imkonini beradi. 
Tarbiya tizimining birinchi – individ – guruh komponenti taʼlim muassasasining tarbiya 
tizimini yaratish, boshqarish va rivojlantirishda qatnashadigan bolalar va kattalarning 
hamjamiyati (umumiyligi)dir. 
Tarbiya tizimining ikkinchi – qadriyatli - oriyentatsiyali komponenti quyidagi elementlar 
jamidan iborat: a) bolalar va kattalar hamjamiyati qadriyatlari; b) tarbiya maqsadlari; v) 
o‘quvchilar umumiyligi hayotiy faoliyat istiqbollari; g) taʼlim muassasasi tarbiya tizimi va 
hayotiy faoliyatini qurish tamoyillari va tayanch g‘oyalari. 
Muallif bu komponentning jiddiy ahamiyatliligini taʼkidlaydi. Uni tarbiya tizimining 
yadrosi va uning faoliyat va rivojlanishini integratsiyalaydigan omil, deb ataydi. 
Tarbiya tizimining uchinchi – funksional – faoliyatli komponenti: a) faoliyatning sistema 
hosil qiladigan turi, hamkorlikdagi faoliyat va muloqotni tashkil qilish shakllari va metodlari; 
b) tarbiya tizimining asosiy funksiyalari; tarbiya tizimini boshqarish va o‘z-o‘zini boshqarish 
kabi elementlardan iborat.
Umumakademik litsey jamoasida faoliyat va muloqotni tashkil qilish usullari va 
mazmunini tanlash tarbiya tizimining funktsiyalari Bilan uzviy bog‘liqlikdadir. 
Tarbiya tizimining to‘rtinchi – tashxis – natijali komponenti quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: a) tarbiya tizimining samaradorligi mezon va ko‘rsatkichlari; b) tarbiya tizimi faoliyatini 
o‘rganish, tahlil va baholash shakllari, metodlari va usullari. 
Muallif tashxis – natijali komponentni tizimning asosiy komponentlari tarkibiga kiritish 
zarurati bola shaxsi rivojlanganligi, o‘quv muassasasi jamoasi shakllanganligi, tarbiyaviy 
jarayon holati va natijalari haqida ishonchli, batafsil tahlil qilingan axborotning yo‘qligi taʼlim 
muassasasining tarbiya tizimini modellashtirish va qurishdek anchagina murakkab va 
mehnattalab faoliyatning pedagogik maqsadga muvofiqligini shubha ostiga qo‘yishi bilan 
izohlanishini taʼkidlaydi.
Tarbiya tizimi samaradorligining o‘lchagichi, muallifning fikricha, mezonlar va ularga 
mos ko‘rsatkichlar: o‘quvchilarning tarbiyalanganligi, o‘quvchi shaxsining asosiy potensiallari 
shakllanganligi, ularning intellektual, maʼnaviy va jismonan rivojlanganligi, umumakademik 
litsey jamoasining shakllanganligi, o‘quvchilar, pedagoglar va ota-onalarning taʼlim 
muassasasidagi hayotiy faoliyatdan qoniqish hosil qilishi sanaladi.
Tarbiya tizimining beshinchi – munosabat – kommunikativ komponenti quyidagi ikkita 
elementdan tarkib topgan: a) bolalar va kattalar hamjamiyatidagi munosabatlar; b) tarbiya 
tizimining ichki va tashqi aloqalari. 
Bu komponent alohida o‘rin tutadi. U barcha komponentlarni yagona bir butunlikka 
birlashtiradi va uning tashqi muhit bilan kommunikatsiyasini taʼminlaydi. Shu tufayli tarbiya 
makoni yaratiladi, unda akademik litsey hamjamiyati aʼzolarining birgalikdagi faoliyati va 
muloqoti amalga oshadi, emotsional-psixologik va ishchi munosabatlar rivojlanadi, 
224


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
individual va guruh qadriyatli oriyentatsiyalari shakllanadi, bola va katta odam shaxsi o‘z-
o‘zini realizatsiyalaydi va o‘z-o‘zini mustahkamlaydi.
V.А.Karakovskiy, L.I.Novikova, N.L.Selivanova, Y.I.Sokolovalar taʼkidlaydiki, istalgan 
tarbiya tizimi nafaqat umumiy va alohidaning, balki tanholikning, pedagog va o‘quvchilarning 
berilgan tarkibi, uni o‘rab turgan muhit bilan konkret taʼlim muassasasiga xos speyifiklikning 
birligi sanaladi. 
Tarbiya tizimi uchun ichki aloqalarning xilma-xilligi va ko‘p sonliligi favqulodda muhim. 
Bu aloqalar sistema hosil qiluvchilar toifasiga kiradi. Аynan ichki aloqalar, uning tashkil 
qilinishi, strukturasi sistema hosil qiluvchi aloqalar sanaladi, eng avvalo, ular tizim 
komponentlariga xos bo‘lmagan integrativ, sistemali sifatlarni shakllantiradi, - taʼkidlaydi 
muallif. 
O‘ziga xos xulosa sifatida taʼkidlash joizki, tarbiya tizimi pedagogik voqelikning 
haqiqatan tobora fundamental omillaridan biri. Tarbiya tizimi maʼlum komponentlar va 
ularning funksional aloqalarini ko‘zda tutadi. Uning samaradorligi asosiy ko‘rsatkichi 
o‘quvchining shaxsi rivojlanishi sanaladi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish