TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
о‘tishiga tо‘g‘ri keladi”, – deb yozadi Y.Korchak
1
. Agar u avtoritar pedagogikaga kо‘nikib
qolgan bо‘lsa, о‘qituvchiga juda og‘ir bо‘ladi, ya’ni yangicha yondashuvni о‘zlashtirishi oson
bо‘lmaydi. Unda bolani muqarrar va g‘ayriixtiyoriy ravishda hurmat qilish uzoq shakllanadi.
Bunga tayyorgarlikni esa bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchisi talabalik davridayoq
boshlashi lozim. Shu bois ham, insonparvar pedagogika talablarini о‘qituvchilarning yangi
avlodi tо‘liq amalga oshirishiga umid qilinmoqda.
Kо‘pincha boshlang‘ich ta’lim о‘qituvchilari о‘zidagi dastlabki
taassurotlarni jilovlay
olmaydi. Ommaviy kuzatishlar shuni kо‘rsatadiki, bu taassurot har xil bо‘lishi mumkin, biroq
tushunishga intilish bо‘lmaydi. Shunga qaramay, о‘rtada ishonch paydo bо‘lishi va yordam
kо‘rsatish uchun aynan sodir bо‘lgan voqeani tushunish juda muhim bо‘lib, shundan
keyingina tarbiyalanuvchidan unga nima bо‘lganini sо‘rash mumkin. О‘qituvchining: “Nima
bо‘ldi?” deya о‘dag‘aylashi bilan samimiy javobga erishilmaydi. Bola о‘ziga g‘amxо‘rlik
tufayli emas, balki katta yoshlilar о‘zining borligi va ustunligini namoyon qilish zarurati tufayli
shunday savol berilganini tushunadi. Tarbiyalanuvchi gohida bu savolni о‘qituvchi shunchaki
qiziqish yoki hatto uning uquvsizligidan suyunishni xohlagani uchun beryapti, degan xayolga
boradi va darrov о‘z qobig‘iga о‘ralib oladi.
Boshlang‘ich ta’lim о‘qituvchilarining bolalar bilan kechadigan insoniy munosabatlar
tizimi
bolani tushunish, tan olish va qabul qilish kabi ajralmas qismlarga bо‘linadi.
Tarbiyalanuvchining pedagog bilan munosabatlari tuzilmasida ham xuddi shunday unsurlar
ajratilgan bо‘lishi lozim. U ham о‘z о‘qituvchisini tushunishi, tan olish va qabul qilish bilan
bog‘liq muammolarga duch keladi. Bir-biriga bog‘langan holda ular juda murakkab
pedagogik munosabatlar tuzilmasini hosil qiladi.
Tushunish – bolaning ichki dunyosiga kirib borishdir. U his-tuyg‘ular va mantiq
yordamida amalga oshiriladi. Tarbiyachi – bolani ochiq kitob kabi о‘qiy
oladigan aqlli va
sinchkov insondir. Bolaning eng muhim ehtiyoji – uning tо‘g‘ri о‘qilishi: tushunilishi, qabul
qilinishi va tan olinishidir. U g‘ayrishuuriy ravishda о‘zini har qanday vaziyatda ham, har
qanday ahvolda ham tushuna olishlariga umid qiladi. U о‘qituvchi hech qachon xato
qilmasligiga ishonchi komil bо‘ladi. Shunday bо‘lishi ham lozim, bola tasavvurini ostin-ustun
qilish mumkin emas. Shuning uchun shaxsga yо‘naltirilgan
tarbiyada pedagog tomonidan
boladagi orzu-umidlar ham hisobga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarni katta yoshlilar tushunishini qiyinlashtiruvchi yana bir oddiy sabab ularning
bola ekanligidir. О‘qituvchining kasbiy majburiyati – u о‘zining bolaligiga qaytishidir. Shunda
unga tarbiyalanuvchi nima uchun о‘zini boshqacha emas, aynan shunday tutayotgani, nima
uchun u aynan shunaqa va boshqacha bо‘lishi mumkin emasligi tushunarli bо‘ladi. Bolalar
bir-biridan ajablanmaydi axir.
Bolaning tarbiyachi tomonidan qabul qilinishi asosida tabiatga muvofiqlik tamoyiliga
xos talablar yotadi. Bu pedagog bolani tabiat, oila va maktabgacha ta’lim muassasasidagi
tarbiya qanday shakllantirgan bо‘lsa, shunday qabul qilishini anglatadi. Mazkur tamoyilga
rioya etish bolaning individual xususiyatlarini emas, balki yaxlit qabul qilishni taqozo etadi.
Ularni bilish, albatta, muhim, lekin pedagog bolaning aqli, irodasi yoki hissiyotlari bilan emas,
shaxsiyati bilan ish kо‘radi. Bola qanday bо‘lmasin, u hamisha о‘ziga xos va betakrordir.
Bolani tushunish istagi unga qiziqish hissini oshiradi. Agar pedagog undagi о‘ziga
xoslikni
1
Qarang: Корчак Я. Как любить детей. М., 1968. С. 74. 336
3