TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2020/2
vizuallashtirilishi esa о‘quvchi uchun о‘z talaffuzini nazorat qilishning qо‘shimcha vositasiga
aylanadi.
Ovozli nutqni vizuallashtirish vositalariga surdopedagoglar tomonidan qо‘yilgan talablar
rо‘yxati aniqlashtirilganidan keyin, nutqning talaffuz jihatini shakllantirish va korreksiyalashda
qо‘llanadigan yordamchi vositalarning tadrijiy rivojlanish jarayonini kо‘rib chiqish kerak bо‘ladi.
Bunda bizni talaffuzning vizual nazoratini olib boradigan vositalardan nutqning talaffuz jihatini
shakllantirish va korreksiyalashning bir butun jarayonini qо‘llab-quvvatlaydigan ta’lim
vositalarining yaratilish davri kо‘proq qiziqtirdi.
О‘tgan asrning 40-yillarida A.Bell kompaniyasining telefon laboratoriyalarida
ishlayotgan tadqiqotchilar guruhi ovozli nutqni optik signallarga aylantira oladigan tizimni
yaratish ustida ish olib bordilar.
Shu davrdan e’tiboran nutqning akustik komponentlarini vizuallashtirish prinsipiga
asoslangan va “kо‘rinadigan nutq” nomini olgan yordamchi vositalarni yaratish boshlandi.
Bunday tizimlarda spektral analizatordan foydalanish evaziga ushbu vositalardan logopatlar
va karlarni nutqqa о‘rgatishda, garchi juda cheklangan holatda bо‘lsa-da, foydalanish
imkoniyati tug‘ildi, chunki spektral analizator nutq tovushlarining chastota spektrini aniqlash
hamda tovushlarning tо‘g‘ri yoki nuqsonli talaffuziga mos keladigan tavsiflarini grafik shaklda
taqdim etish imkonini berdi.
Ovozning ekranda grafik obrazlar kо‘rinishida aks ettirilishi elektron-nurlanish naychasi
tufayli mumkin bо‘ldi (Riesz&Schott). 50-yillardan boshlab, nutqning talaffuz jihatini
shakllantirish va korreksiyalash jarayonini qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan Yevropada ishlab
chiqariladigan yordamchi tizimlar mana shu elektr vakuumli pribordan foydalanishga
asoslangan edi.
50-yillarda nutqning akustik tuzilishi 1947-yili taklif qilingan «VisibleSpeech» pribori
(P.Potter, G.Korr., N.Green) yordamida eng tо‘liq vizualizatsiya qilindi. U karlarga og‘zaki
nutqni idrok etishni osonlashtirish uchun yaratilgan edi. Pribor mikrofonga kelib tushayotgan
nutqni о‘n polosali filtrlar yordamida tahlil qila olar hamda natijalarni elektron-nurlanish
trubkasi ekranida ma’lum vaqt davomida saqlanib turadigan spektrning uzluksiz tasviri
kо‘rinishida aks ettira olar edi. Vertikal о‘q bо‘ylab joylashgan chastota polosalari pastdan
yuqoriga qarab 0 dan 3000
gs gacha taqsimlanadi va tovushning chastotali tarkibini
tavsiflaydi.
Tasvirning gorizontal о‘q bо‘ylab chapdan о‘ngga surilishi tovushning vaqtda о‘zgarishini
kо‘rsatadi. Tovush amplitudasi, uning intensivligi esa ekranda spektrning muayyan
uchastkalarida nurlanishning yorqinligi bilan ifodalanadi. О‘nta kanaldan har birining
chiqishida elektrodlar qо‘llangan bо‘lib, bu nutq spektrini elektr kimyoviy qog‘ozda
spektrogramma kо‘rinishida kо‘rsatish imkonini beradi. Bunda spektrogrammadagi tasvir
qog‘ozning qorayishi tufayli hosil bо‘ladi, qorayish darajasi esa nutq tovushidagi tegishli
komponentning amplitudasini tavsiflaydi.
Spektrogrammada muayyan tarzda fonemalarning akustik belgilari, shu jumladan,
fonemalarning sо‘zda birikib kelganida bir fonemaning ikkinchisiga о‘tishi bilan bog‘liq holda
vaqtda о‘zgarishi ham aks ettirilar edi. R.Potter, Dj.Kopp va G.Grin
1
tadqiqotlari natijasida
1
3еленская Ю.Б. Использование компьютерной программы «SPEECHVIEWER» («Видимая речь») в
процессе логопедического воздействия: Автореф. дис. ... канд. пед. наук.
- М., 2003.- 22 с.
118