TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
kо‘rmasa, uni tarbiyalay olmaydi. U bilan insoniy muloqot uchun “tayanch nuqta”
topilmaydi.
Bolani yaxlit qabul qilish qisman, “bо‘laklarga ajratilgan holda” qabul qilishdan keskin
farqlanadi. Bugun ularning yosh va individual xususiyatlarini о‘rganishda keyingisi ustunlik
qiladi. Albatta, odamni iroda, fe’l-atvor, mizoj va hokazo qismlarga “ajratish”, sо‘ngra esa
ularning har birini alohida о‘rganish osonroq, lekin, afsuski, keyin ulardan shaxsni “yasab”
bо‘lmaydi. Psixologizmning joriy fojiasi ham shunda. Batafsil psixologik-pedagogik
tavsifnomalar yozamiz, bir dunyo vaqt va kuch sarflaymiz, natijada esa – umuman sezilarsiz
yutuqqa erishamiz.
О‘z vaqtida Y.Korchak shu holatga e’tibor qaratadi: “Yuzaki tashxis harakatchan,
hurmattalab, tanqidiy fikrlovchi – barcha “noqulay”, lekin sog‘lom va toza bolalarni
alamzada, takabbur, shubhachi – fikri buzuq, havoyi, yengiltak, yomon о‘rnaklarga bajonidil
moyillik bildiruvchi bolalar bilan bir guruhga qо‘shib qо‘yadi. Puxta bо‘lmagan, loqayd va
yuzaki qarash ularni yomon xulqqa moyil bezorilar bilan aralashtirib yuboradi, mulohaza
yuritishda anglashilmovchiliklarni keltirib chiqaradi”
1
.
Yaxlit idrok qilishda shaxsning о‘zak tuzilmalariga, ularning xulq-atvor va faoliyatda
namoyon bо‘lishiga e’tibor qaratiladi. Qarshimizda 5-6 yoshli notanish qiz. Uni bir necha soat
kuzatamiz. Mohir pedagog bola haqida dastlabki taassurot olishi uchun shuning о‘zi yetarli,
ma’lumki, bu ancha tо‘g‘ri bо‘lib ham chiqadi. Biz hozircha ushbu qizning irodasi, zehni va
idroki haqida batafsil bilmaymiz, lekin asosiy narsalarni – uning tashqi kо‘rinishi qandayligini
kо‘ramiz: qayoqqa qarayapti, sodir bо‘layotgan voqealarni qanday qabul qilyapti, nimalar
deyapti, qanday turibdi. Birinchi taassurot garchi ongosti darajasida sodir bо‘lsa-da, bu
unchalik ham kam sanalmaydi. Kо‘rinib turgan narsalarni yashirin narsalar tо‘ldiradi. Agar
talab etilsa, izchil pedagogik tadqiq qilish orqali ushbu yashirin narsalar aniqlanadi.
Qadimda bolani о‘rganishning bunday metodlari qо‘llanilmagan. О‘qituvchilar о‘zining
asosiy quroli – pedagogik tuyg‘usi va ichki hissiyotini takomillashtirishga majbur sanalardi.
Natijalarga qarab mulohaza yuritadigan bо‘lsak, xatolar bugungidan ancha kam bо‘lgan.
Xorijiy mutaxassislar ham bolada qurollanmagan kо‘z bilan aniqlash mumkin bо‘lmagan
muammolar paydo bо‘lgandagina batafsil tadqiqotlarga murojaat qiladilar. Bu bolalarni
о‘rganmaslik kerakligini anglatmaydi. О‘rganish kerak, lekin ularga oid ikkinchi darajali
tavsiflarni emas, balki shaxsining о‘zak tuzilmalarini о‘rganish maqsadga muvofiq.
Qiz bilan yaqinroq tanishgach, bizning dastlabki taassurotlarimiz tо‘g‘ri bо‘lganini
kо‘ramiz. Ularni maktab ta’limiga tayyorlik, mustaqillik darajasi, axloqiy jihatlarning
rivojlanish darajasi kabi bizni boshqalardan kо‘proq qiziqtiradigan alohida xislatlarni kuzatish
bilan tо‘ldirish qolmoqda. Biroq о‘quvchilarni umumlashma idrok qilish metodikasi hali-
hanuz ishlab chiqish jarayonida hisoblanadi. Intuitiv yо‘l bilan olinadigan bola haqida bilim
ishonchliligi о‘qituvchining tayyorgarlik darajasi va tarbiyalanuvchining “ochiqligi”ga
tо‘g‘ridan tо‘g‘ri bog‘liq bо‘ladi. Ba’zan shunday hollar kuzatiladiki, hatto taniqli
mutaxassislar ham boshqa tarbiyalanuvchilar uchun “yopiq” narsani tо‘g‘ri tushuna
olishmaydi. Bu bolaning ichki holati tashqi alomatlarga mutanosib bо‘lmaganda yuzaga
keladi yoki aytishganidek, ichki dunyo va uni ifodalash usuli о‘zaro muvofiqlashmagan
bо‘ladi. Kichik yoshdagi maktab о‘quvchilari bilan uzoq vaqtdan beri ishlaydigan
1
Qarang: Корчак Я. Как любить детей. М., 1968. 93-бет.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |