TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2020/2
FIZIKA PRAKTIKUMIDA ZAMONAVIY TIZIMLI METODLARNI QO‘LLASH USULLARI Abdullayev N. – O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti Begmatova D. – O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi Annotatsiya . Maqolada fizika praktikumida zamonaviy tizimli yondashuv mohiyati
ochib berilgan va misol tariqasida fizikadan laboratoriya qurilmasini tizimli tahlil qilish usuli
bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: zamonaviy metod, tizim, tizimli tahlil, tizim nazariyasi, tizimli
yondashuv, laboratoriya.
СПОСОБЫ ПРИМЕНЕНИЯ СОВРЕМЕННЫХ СИСТЕМНЫХ МЕТОДОВ НА ПРАКТИКУМЕ ПО ФИЗИКЕ Абдуллаев Н. – базовый докторант Национального университета Узбекистана Бегматова Д. - преподаватель Национального университета Узбекистана Аннотация . В статье раскрыта сущность современного системного подхода в
практикуме по физике, на примере изложен метод системного анализа лабораторного
прибора по физике.
Ключевые слова: современный метод,
система, системный анализ, системная
теория, системный подход, лаборатория.
THE METHODS OF APPLICATION OF MODERN SYSTEM METHODS IN PHYSICS PRACTICE Abdullayev N. - Phd student of the National University of Uzbekistan Begmatova D. -the lecturer of the National University of Uzbekistan Annotation. The article explains the essence of the system approach to physics and,
for example, describes the method of analyzing a laboratory device from physics.
Кey words: system, system analysis, system theory, system approach, laboratory.
Ma’lumki, fizika praktikumini o‘tkazishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan
foydalanish dars samaradorligini oshirishga imkon beradi. Hozirgi kunda ta’limda fizikada
tizimli tahlil metodi keng qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalaridan biridir. Tizimli tahlil uslubiy
tadqiqotlarning muhim obyekti va eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan ilmiy
yo‘nalishlardan biri sanaladi. Har bir tizimli tahlil nazariy ta’limoti umumiy tamoyillarga
bo‘ysungan holda muammolarning xususiyatdan kelib chiqib takomillashtiriladi
1
.
Fanda tizimli yondashuv turli hodisa-jarayonlarning mohiyatini tushunishga tatbiq
etiladi. Bu yondashuv tabiiy fanlar negizida uning asoschilaridan biri Lyudvig fon Bertalanfi
2
tomonidan yaratiladi. Bu yondashuv tabiiy fanlardan ijtimoiy hayotga ham tatbiq etiladi.
1
Н.Н Азизхўжаева “Педагогик технология ва педагогик маҳорат” Т:, 2006 й.
2
Берталанфи
. Introduction to systems Anallysis: Heidelberg New York Dordrecht London, 2013.
198