TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
ketadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar Yevropa bozorlari talablariga javob bermay qoladi.
Shunday vaziyatda iqtisodiy jihatdan o‘zlaridan ancha ortda bo‘lgan O‘rta Osiyo bozorida
ushbu mahsulotlarni sotish ayni muddao edi. Yuqoridagi fikrlarni isboti sifatida
O‘zbekistonning yangi tarixi birinchi kitobida shunday deyiladi, - “O‘rta Osiyoning arzon xom
ashyo manbayi va rus sanoat mollari sotiladigan qulay bozor bo‘lishini 1826-yildayoq
general-mayor Verigin imperator Nikolay I (1825-1856)ga yo‘llagan taqdimnomasida bayon
qilgan edi. Verigin Rossiyada ishlab chiqarilayotgan mollar mamlakat ichkarisida ham zo‘r-
bazo‘r sotilayotgani va sifati past bo‘lgani uchun Yevropa bozorlarida sira raqobatga dosh
berolmasligini ko‘rsatib, O‘rta Osiyo bu jihatdan rus sanoat mollari sotiladigan qulay bozorga
aylanishi mumkinligini bayon qilgan edi. Bu fikrni senator graf K.K.Palen rivojlantirib shunday
degan edi: “Turkistonni istilo qilishning siyosiy sabablarini hisobga olmagan taqdirda ham bu
o‘lka Rossiya tarafidan bosib olinishining dastlabki kunlaridanoq Rossiya uchun ikki jihatdan
qiziqish uyg‘otgan edi: 1. Moliyaviy siyosat jihatidan davlat daromadi manbayi va ichki ishlab
chiqarish mahsulotlari uchun yangi bozor. 2. Mustamlakachilik siyosati nuqtayi nazaridan
markaziy guberniyalardagi ortiqcha aholini ko‘chirish uchun yangi hudud sifatida diqqatga
loyiq edi”
1
. Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo xonliklarining bosib olinishi hamda
mustamlakachilik siyosati masalalarini o‘rganilayotgan davrgacha bo‘lgan tarixshunosligini
tahlil etgan G‘.Ahmadjonov mazkur masala doirasidan o‘zining monografiyasida bir qancha
asosli fikrlarni keltiradi. Ushbu asarda bir qancha tadqiqot ishlari tahlil qilingan bo‘lib,
ularning ayrimlarida Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo xonliklarining bosib olinishi
birinchi galda Angliya-Rossiya o‘rtasidagi siyosiy vaziyatga bog‘lanib talqin qilinganligi
ta’kidlanadi. Lekin muallif ushbu talqinlar mavjud davr tuzumi ta’siri ostida vujudga
kelganligini ta’kidlab, iqtisodiy omillar dastlabki sabab sifatida ko‘rsatilgan bir qancha
tadqiqotlarni ham sanab o‘tgan
2
. To‘g‘ri, Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo
xonliklarining bosib olinishi natijasida davlatning iqtisodiy hayotida bir muncha o‘sishlar
kuzatildi. Bir qancha ishlab chiqarish korxonalari qurilib, ishlab chiqarish sur’atlari keskin
o‘sishiga ta’sir ko‘rsatdi. Lekin, ushbu jarayonlar keyinchalik xalq va davlatni og‘ir ijtimoiy-
iqtisodiy tanazzulga solgani barchamizga yaxshi ma’lum.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,
Qo‘qon xonligining iqtisodiy hayoti xususida mustaqillik davrida bir qancha tadqiqot ishlari
amalga oshirilganiga qaramasdan ushbu masala yuzasidan bir qancha o‘z yechimini
kutayotgan muammolar borligini ta’kidlash kerak. Xususan, xonlikning nisbatan
rivojlanmagan davrida (XVIII asr ikkinchi yarmigacha) iqtisodiy munosabatlar, savdo-sotiq,
har bir hukmdorning iqtisodiy siyosati, boj va bojxona ishlari muammolarini yana-da
chuqurroq, yangi materiallar asosida o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Yana shuni
ta’kidlash muhimki, Qo‘qon xonligining qo‘shni (Xiva, Buxoro) xonliklar, Turkiya, Eron kabi
davlatlar bilan olib borgan tashqi savdo aloqalariga oid tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish
dolzarb masalalardan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |