TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
Xulosa. O‘quvchilar bilan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Uyga vazifa.
Kartochkada berilgan o‘quv qurollariga oid topishmoqlarni javobini topib kelish beriladi.
Rag‘batlantirish. O‘quvchilar faoliyatiga ko‘ra baholanadi. Logopedik mashg‘ulot uchun
ishlanma (frontal). Mashg‘ulot mavzusi: Mevalar. Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga mevalar
haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy maqsad: mevalarni pishganda, yuvib iste’mol qilish,
mevali daraxtlarning shoxlarini sindirmaslik, ularni parvarish qilish kabi ko‘nikmalarini
shakllantirish. Korreksion maqsad: o‘quvchilar nutqini o‘stirish, lug‘atini boyitish, o‘zaro
muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarni bir-biriga mehribon bo‘lishga,
do‘stlariga mehr bildirishga o‘rgatish.
Mashg‘ulotning borishi. Tashkiliy qism: o‘quvchilar bilan salomlashish, ob-havo, kun
haqida so‘rash. “Xushmuomalalik” o‘yini orqali mashg‘ulotni boshlash. O‘yinning borishi:
o‘quvchilar bir-birlarining qo‘llarini ushlab aylana bo‘ylab o‘tirib oladilar. O‘quvchilar yonida
o‘tirgan do‘stiga qarab bir nechta maqtovli so‘zlarni aytadi. Maqtovli so‘zlarni tinglayotgan
o‘quvchi: “Rahmat, men juda xursand bo‘ldim” deydi. So‘ngra maqtovli so‘zlar tinglagan
o‘quvchining o‘zi keyingi tarafida o‘tirgan do‘stiga maqtovli so‘zlarni aytadi. Agar o‘quvchilar
qiynalsalar, o‘qituvchi yordam berib boradi. O‘tilgan mavzuni takrorlash. “Sabzavotlar”
mavzusi “Ovqat pishiramiz” o‘yini asosida takrorlanadi. O‘yinning borishi: O‘qituvchi:
“Kelinglar bugun biz sizlar bilan ovqat tayyorlaymiz. Buning uchun bizga sabzavotlar
yordamlashishlari zarur. Biz bugun “sho‘rva” tayyorlaymiz. Bizda barcha mevalar va
sabzavotlar aralashib ketibdi. Biz sho‘rvaga kerakli sabzavotlarni ajratishimiz kerak. Rasmlar
orasidan kerakli sabzavotlarni ajrating: sholg‘om, piyoz, bulg‘or qalampiri, pomidor,
kartoshka, sabzi”. Yangi mavzu bayoni. O‘quvchilarga bugun mashg‘ulotda mevalar haqida
suhbat olib borilishi aytib o‘tiladi. Mevalarning foydali jihatlari, ularni iste’mol qilishda
gigiyena qoidalariga rioya etish kerakligi haqida ma’lumotlar beriladi. “Daraxtda mevalar
pishdi” o‘yini o‘ynaladi. O‘yinning borishi: logoped doskaga daraxt rasmini ilib qo‘yadi. Stol
ustiga meva va sabzavotlarning rasmini qo‘yib qo‘yadi. O‘quvchilar stol ustidagi mevalarni
ajratib olib, daraxtga ilib chiqishlari lozim. Jismoniy daqiqa. “Mazasidan top” o‘yinidan
foydalaniladi. O‘yinning borishi: logoped bir necha mevalarni bo‘laklarga bo‘lib qo‘yadi,
o‘quvchilarni birma-bir chiqarib, ko‘zlarini bog‘lab, mevalarni yeb ko‘rishga beradi.
O‘quvchilar mazasiga ko‘ra qanday meva ekanligini topishlari kerak. Mustahkamlash. “Sehrli
qopcha” o‘yinidan foydalanish. O‘yinning borishi: logoped mevalarning mulyajlarini
ko‘rsatadi. Har bir o‘quvchi chiqib, ushbu mulyajlarni ko‘rsatib, nomlab berishi lozim. So‘ng
barcha mevalar qopchaga solinib, o‘quvchilar ko‘zlarini berkitib, bittadan mevani qopning
ichidan oladilar. Ko‘zlari yumilgan holda qo‘llarida qanday meva ekanligini aytib berishlari
kerak. “Qo‘llarimiz tepada, qo‘llarimiz pastda” o‘yini. O‘yinning borishi: logoped o‘yin
bo‘yicha ko‘rsatma beradi. “Hozir men sizlarga bir qancha meva va sabzavotlarni birin-ketin
nomlayman. Sizlar esa, mevalarning nomini eshitsangiz qo‘llarinigizni tepaga ko‘tarasiz,
chunki ko‘pgina mevalarimiz daraxtda o‘sadi. Agar sabzavotlarni aytsam, qo‘llaringizni
pastga tushirasiz chunki sabzavotlarimiz yerda o‘sadi. O‘yin qoidasi tushunarli bo‘lsa, o‘yinni
boshlashimiz mumkin. Olma – qo‘llar tepada, chunki bu meva; pomidor – qo‘llar pastda,
chunki bu sabzavot”. Shu tariqa o‘yin davom etadi. Noto‘g‘ri bajarganlar o‘yindan chiqib
qolganlarning bajarishini kuzatib turishadi.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |