TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aqli zaif bolalarning ta’lim mazmunini
takomillashtirish masalalariga juda katta e’tibor qaratilmoqda. “Keksalar, nogiron va
aholining boshqa ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi 2016-yil 26-
dekabr № O‘RQ-415-Qarorining 17-moddasida internatlarda maxsus psixologik-pedagogik
yordam ko‘rsatish, hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga eʻtibor qaratilgan, 2017-yil 1-
dekabrdagi “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoyishi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi
1
. Har bir inson jamiyatda o‘z o‘rniga ega, shunga
ko‘ra atrofidagi insonlar bilan o‘ziga xos munosabatga kirishadi. Muloqot - insonlar o‘rtasida
o‘zaro munosabatni o‘rnatuvchi ko‘p tarmoqli murakkab jarayondir. Muloqot jarayoni
insonlarga boshqa odamlarni tushunishga, ularning his-tuyg‘ularini, harakatlarini
baholashga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida uni hayotda o‘z imkoniyatlarini amalga
oshirishga hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashadi. Xususan, muloqot insonning
asosiy faoliyat turlaridan bo‘lib, boshqa insonlar bilan munosabatga kirishish orqali o‘zini
baholay olish imkonini beradi, ya’ni shaxs sifatida shakllanishiga zamin yaratadi.
L.S.Vigotskiyning e’tirof etishicha, insonning bilish jarayonlari o‘zaro faoliyat va muloqot
asosida rivojlanadi. Muloqot jarayonidagi nuqsonlar shaxsning rivojlanishiga ta’sir etadi.
Bolalar o‘zlarini shaxs sifatida anglashga qiynaladilar, bu esa o‘zaro munosabatga kirishishda
qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi
2
.
Muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyoj tug‘ma hisoblanmaydi. U hayot davomida atrofdagi
insonlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishdagi amaliy tajriba davomida shakllanadi. Har bir
insonni shaxs sifatida shakllanishida atrofidagi yaqin insonlari, ya’ni ota-onasi,
qarindoshlarining taʻsiri kattadir. Pedagog va tarbiyachilar ham aqli zaif bolalarning
atrofidagi insonlar bo‘lib hisoblanadi, ular ham bola shaxsini rivojlanishiga ta’sir etuvchi kuch
hisoblanadi.
Shuningdek, aqli zaif bolalar har kun hayotlarida to‘qnashadigan oddiy odamlar ham
bolaning shaxs sifatida shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Aqli zaif bolalar bosh miyasining
organik jarohatlanishi natijasida kelib chiqqan bilish jarayonlaridagi o‘ziga xos nuqsonlar
boshqa insonning emotsional holatini idrok etishda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi, bu esa
o‘z navbatida o‘zaro muloqot jarayonida boshqa inson haqida noto‘g‘ri noadekvat
ma’lumotga ega bo‘lishiga olib keladi. Intellektida nuqsoni bo‘lgan inson eng ko‘p farqlay
oladigan emotsional holat bu xursandchilik va qayg‘u-g‘am holatidir. E.G.Fedoseyevaning
e’tirof etishicha, intellektdagi nuqsonlar nafrat, zarda, hayratlanish kabi emotsional
holatlarni aniqlashlari qiyindir.
Balki bu oddiy hayotiy jarayonda ushbu emotsional holatlarni nisbatan kam namoyon
bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Chunki aqli zaif bolalarda emotsional-iroda doirasi yetarlicha
1
“Ногиронлиги бўлган шахсларни давлат томонидан қўллаб
-қувватлаш тизимини тубдан
такомиллаштириш чора
-тадбирлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ-5270-
сонли 2017 йил 1 декабрдаги Фармони.
2
Выготский Л.С. Основные проблемы современной дефектологии. М.: 1995. С. 147-173.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |