Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
FILOLOGIYA 2016-yil, 2-son 
Darhaqiqat, folklorshunos R.Qodirovning Qashqadaryo viloyati tojik folklorini jamlash 
borasidagi ilmiy ishlari alohida e'tirofga sazovordir. Bu majmuada to‘plangan mat
еriallar viloyat 
tojiklarining ma'naviy hayotini ko‘rsatish borasida o‘zgacha ahamiyat kasb etadi. Olimning «Folklori 
tojikoni vodiyi Qashqadaryo» to‘plami kirish qismida ta'kidlanishicha, XX asrda 50 yil davomida 
to‘plangan mat
еrial asosida «Folklori tojikoni vodiyi Qashqadaryo»[3] nashrga tayyorlangan. 
R.Qodirov «Folklori tor
еvolyutsioniyi tojikoni vodiyi Qashqadaryo» (Dushanbе, 1963) 
risolasida Qashqadaryo viloyati tojiklari marosim folklorini etnografik nuqtayi nazardan 
o‘rganganligini ham alohida ta'kidlash lozim.
Folklorshunos R.Ahmadovning diqqat-e'tiborini Markaziy Osiyo mavsumiy marosim folklorini 
tadqiq qilish jarayonida vohaning bir qator marosim qo‘shiqlari o‘ziga tortadi va ularga doir muhim 
fikr-mulohazalarini, ilmiy qarash va farazlarini bayon etadi. Jumladan, «Folklori marosimhoi 
mavsimii tojikoni Osiyoi markaziy»[4] risolasida vohaning tojik folkloriga alohida to‘xtalib, 
Qashqadaryo viloyati tojik mavsumiy qo‘shiqlari mazmun va g‘oyaviy mundarija nuqtayi nazaridan 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, tojik folklorida muhim o‘rin egallaydi. Tadqiqotchi xulosa 
tariqasida viloyatning tojik folklorida «Boych
еchak», «Navro‘z», «Sustxotun», «Juftbaroron» 
marosimlaridan tashqari, ba'zi mavsumiy marosimlar ayni shu mintaqaning xalqiga mansubligini 
ta'kidlaydi va bu borada qadimiy «M
еhrgon» marosimiga e'tibor qaratadi.
1996-yilda Rahmon Rajabiy tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz va Kitob 
tumanlariga qilingan safar chog‘ida muayyan miqdordagi folklor mat
еriallari yozib olinadi va 
kitobcha shaklida chop qiladi. U, asosan, duo, rivoyat, naql va mahalliy qissalardan tarkib topgan, 
ularning aksariyati to‘planuvchining aytishicha «yarim tasavvur va taxayyuliy, yarim voq
еiy, yarim 
mazhabiy va yarim r
еal… xullas omеxta matеrallardan tarkib topgan» [5]. Qissa va rivoyatlar asosan 
islom dini mazmunini ifoda etib, islom dini namoyandalariga va Muhammad payg‘ambar (s) oila ahli 
Bibi Fotima va Bibi Zahro, Imom Hasan va Imom Husayn, Hazrati Ali, shuningdek Bahouddin 
Naqshbandga doir ma'lumotlar majmuasini qamrab olgan. Kitobning bir qismini diniy marosimlar 
«Bibis
еshanbе», «Bibimushkilkusho» kabilarga doir «Boboyi xorkash» (O‘tinchi bobo) va «Duxtari 
podachi» (Podachi qizi) qissalari tashkil etadi.
Folklorshunoslik ilmida dolzarb masalalardan biri bir vohada yashaydigan turli tillarda ijod 
qiladigan xalqlarning mushtarak xususiyatga ega bo‘lgan folklorini o‘rganish hisoblanadi. Jumladan, 
Qashqadaryo viloyatida o‘zb
еk va tojik xalqi uzoq yillar davomida ahl tarzda yashaydi. Bu ikki 
xalqning urf-odatlari, madaniyati bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, ayrim hollarda ularni bir-biridan 
ayri holda tasavvur qilish mushkuldir.
Mavjud ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va viloyat folklor mat
еriallarni jamlash jarayonida 
ma`lum bo‘ldiki, bu voha folklorining bir qator masalalari hali tadqiq etilmagan. Ularni yangicha 
tamoyillar, uslublar, bugungi kun talablari asosida o‘rganish zaruriyati mavjud. Tadqiqotchilar 
tomonidan voha tojik folklorining ba'zi qirralariga doir turlicha fikr-mulohazalar bildirilgan bo‘lsa 
ham, qo‘shiqlarning mazmun va mundarijasiga ko‘ra tasnifi, janriy tarkibi, tarixiy ildizlari, mazmun 
va mundarijasi masalasi, marosim va lirik qo‘shiqlarning poetikasi, voha o‘zb
еk va tojik qo‘shiq 
folklorining qiyosiy tarzda o‘rganilishi, etnopoetik m
еtodlar bilan tadqiq etilmaganligini alohida 
ta'kidlamoqchimiz. Bizningcha, ilm va t
еxnika tobora taraqqiy etayotgan bugungi kunda bu borada 
tadqiqotchilar oldiga yangi vazifalar qo‘yilishi lozim. Endilikda insonshunoslik (antropologiya) 
ilmlarining ba'zi nazariy masalalariga yangicha nuqtayi nazardan yondashish zarurati tug‘ildi. Shunga 
ko‘ra, G‘arb tadqiqotchilari matnlar etnopoetikasining mohiyatiga ko‘proq e'tibor qaratishmoqda. Shu 
jihatdan voha marosim va lirik qo‘shiqlarni har tomonlama tahlil va tadqiq etish muhim hisoblanadi. 
Z
еro, bu qo‘shiqlar xalqning hayotga va yashashga bo‘lgan poetik qarashlarining timsolidir. 
Qayd qilish zarurki, bu sohada bajarilgan ishlar alohida mat
еriallar asosida va ko‘pincha, 
mat
еriallarni jamlash bilan yakuniga yеtgan, mazkur tadqiqotlar voha folklorining alohida jihatlariga 
aloqadordir. Oxirgi yillarda bu vohaning tojik folklori uch jildlik to‘plamining fundam
еntal nashri 
amalga oshirilganligi, bu borada tadqiqotlar ko‘lamini k
еngayitirish imkoniyatini bеradi. Majmualar 
Qashqadaryo viloyati tojiklar yashaydigan mahallalarning turli go‘shalaridan tarkib topgan xalq 
og‘zaki ijodini qamrab oladi va ularning asosiy qismi XX asrning 60-yillaridan bugungacha 
folklorshunos olimlar, xalq og‘zaki ijodiga b
еfarq bo‘lmagan shaxslar va turli kasb egalari tomonidan 
jamlangan. Shuningd
еk, mazkur satrlar muallifi tomonidan ham bir qator matеriallar jamlangan. 
Qo‘limizdagi mat
еriallar afsona, naql va rivoyat, qo‘shiq va taronalar, maqol-u zarbulmasal, duoy-u 
fotiha, irimlar kabilardan iboratdir. D
еmak, bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar mavjud.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish