Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
FALSAFA 
      
 
      2017-yil, 2-son 
darajada 
oʻrganmogʻi lozimki, «unga nafsning qanday holatida odamlar fazilatli ishlarni qila olishi, 
shahar ahlining kamchiliklari va illatlarini qanday bartaraf etilishi, qanday san’at y
oʻllari bilan shahar 
ahli qalblarida yaxshi fazilatlarni shakllantirish mumkin ekanligi hamda bu fazilatlarni qanday 
vositalar yordami bilan saqlab qolish mumkinligi ayon b
oʻlishi kerak». [5] 
Axloqiy fazilatlar va illatlar (huquqbuzarlik) odamlarning kundalik turmushida ko
ʻp takrorlangan 
xatti-harakatlari natijasida shakllanadi.Yaxshi harakatlar oqibatida fazilatlar paydo b
oʻladi, yomon 
ishlar - turli axloqiy illatlarni keltirib chiqaradi: «Odam bolasi onadan fazilat yoki razolat sohibi b
oʻlib 
tu
gʻilmaydi, xuddi shuningdek, odam toʻquvchi va yozuvchi (kotib) boʻlib olamga kelmaydi. Lekin 
odam tu
gʻma ravishda (tabiatan) fazilat yoki razolat bilan bogʻliq holatiga moyil boʻlishi mumkin. 
Mana shu holatdan kelib chiqqan holda odam fazilatli yoki illatli harakatlarga moyil b
oʻladi. Lekin 
uning qaysi y
oʻnalishda borishi tarbiyaga bogʻliqdir».[6] Demak,  potensial jihatdan har bir odamda 
fazilat yoki razolatga moyillik mavjud. Ammo tarbiya natijasida undagi fazilatli sifatlarni 
rivojlantirish, kamol toptirish mumkin, yoki, aksincha,  uning tabiatidagi salbiy sifatlar (razolat) bir 
tomonlama ustunlik qilishi mumkin. Shu boisdan hamma odamlar bir xil darajada komilikka erisha 
olmaydi: fazilatga moyil odamlar tarbiya natijasida tobora kamol topadi, razolatga moyil kishilarning 
esa kamol topishi va ma’naviy yuksalishi ancha sust b
oʻladi. 
Yusuf Xos Hojibning mashhur asari «Qutad
gʻu bilig» («Bilimlar bulogʻi», «Baxt-saodat 
keltiruvchi bilim») uning barcha asarlari orasida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu asar 
oʻsha zamon 
turkiy tilida (uy
gʻur tilida) juda mohirlik bilan yozilgan boʻlib, nafaqat falsafiy, balki noyob huquqiy 
yozma manba hamdir.  Asar mazmunida davlatni idora qilish, huquqiy ongli jamoa qurish vositalari 
qanday b
oʻlishi kerak, mansab sohiblarining  jamiyat (davlat) manfaatlariga munosabati qay tartibda 
b
oʻlishi kerak, degan muammolarga alohida e’tibor berilgan. [7] 
«Qutad
gʻu bilig»da huquqiy ta’lim-tarbiya, ma’rifat, turli ijtimoiy tabaqalar va kishilar oʻrtasidagi 
huquqiy munosabatlar,  davlatni boshqarish xususida bahs qilinadi.   «Qutad
gʻu bilig» asarining  bir 
muhim xususiyati shundaki, unda k
oʻpgina huquqiy istilohlar, masalan, davlatchilik, davlatni idora 
qilish, ma’muriyat, ichki va tashqi siyosat, amal va mansab, amaldor shaxslar  va boshqa qator 
masalalarga oid sof turkiy terminlar uchraydi. Bu istilohlar Qoraxoniylar saltanati va davri huquqiy 
tizimini 
oʻrganishimiz uchun benihoya qimmatli ahamiyatga egadir. 
Oʻzbek xalqining huquqiy madaniyati tarixida xotin-qizlar huquqi alohida e’tiborga sazovor. 
«...
Oʻrta Osiyo xalqlarining urugʻchilik-qabilaviy hayoti sharoitida ayollar asosan yuqori martabalarni 
egallab, juda hurmat-izzatda b
oʻlganlar. Qadimiy zamonlardagi Oʻrta Osiyo xalqlarining adabiy 
yodgorliklari,  xalq o
gʻzaki ijodi etnograf M.O.Kosvenning «Matriarxat» asarida, shveytsariyalik olim 
I.Ya.Baxofen «Onalik huquqi» kitobida, ingliz tadqiqotchisi R.Briffolt uch tomlik «Onalar» asarida 
ilgari surgan k
oʻpgina odilona gʻoyalarni tasdiqlaydiki, bu gʻoyalar ibtidoiy madaniyatning (olovni 
oʻzlashtirish, hayvonlarni qoʻlga  oʻrgatish,  oʻsimliklarni parvarish qilish, turar joy bunyod etish, 
kiyim-kechak, poyabzal, sopol idishlar va hokazolar yasash) asoschilari sifatida ayollarning jamiyatda 
kattagina rol 
oʻynaganliklari haqidadir. V.Briffolt fikriga koʻra, ayol kishi jinslar oʻrtasidagi, keksa va 
yosh avlodlar 
oʻrtasidagi munosabatlar xususida dastlabki axloq normalarini barqaror etgan. 
Oʻzbek huquqiy madaniyatining tarixiy ildizlari Markaziy Osiyo mintaqasida shakllangan 
amaliy davlatchilik an’analariga, xususan Sohibqiron Amir Temur zamonasiga borib taqaladi.  U 
oʻz 
«Tuzuk»larida qayd etganidek, davlatni dini islom, t
oʻra va tuzuk asosida mustahkamladi. 
Sohibqironning 
oʻzi qonunlarga qat’iy rioya qilgan holda ahli musulmonlarni gunoh ishlardan 
qaytarib, yaxshi va savob ishlarga undagan. Musulmonlarga  tavsif, hadis, fiqhdan dars bersinlar, deb  
shaharlarga fiqh olimlarini va mudarrislarni muntazam  yuborib turgan.  
Milliy davlatchiligimizda oqil podshohlarimiz davlatni adolatli, qonun-qoidalar chegarasida 
boshqarganlar. Bu xususda jahongir Amir Temur yozadi: «... Saltanatim martabasini qonun-qoidalar 
asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon etkazishga hech bir kimsaning qurbi 
yetmasdi». Bizning davrimizda 
oʻsha qonun-qoidalar tuzuklarga  birlashib, mukammallashib, 
qonunlarda jamlangan. Qaysi mamlakatda qabul qilingan qonun-qoidalarga hamma baravar amal 
qilsagina, saltanat mustahkam b
oʻladi, xalq farovonligi oshadi, u haq-huquqidan toʻla foydalanishga 
erishadi. Shu qonun kuchiga ega b
oʻlgan vazifalar allaqachon amalda qoʻllanila boshlandi. Bu qonun 
oldida barcha teng javob beradi. Agar qonun amalda tatbiq etilmasa, u xalq oldida hech qanday obr
oʻ-
e’tiborga ega b
oʻlmaydi. Qonun hamma uchun teng boʻlsa, u ma’naviy, tarbiyaviy kuch-qudratga ega 
b
oʻladi. Shuning uchun ham «fuqaro-jamiyat-davlat»  oʻrtasidagi  oʻzaro munosabatning oqilona 
51 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish