School of fiqh of Mavreenahr
Abstract. This article is a basic result of long term historic – legal research of main historical
souses of law in Uzbekistan (VIII-VI centuries) and Mavreenahr school of fiqh.
Keywords:
Oʻzbekiston davlati va huquqi tarixining eng muhim davrlaridan biri arablar istilosi va islom
huquqining yoyilishi davri b
oʻlib, bu davr muammolarini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, Markaziy
Osiyo xalqlari, jumladan,
oʻzbek xalqi ilm-fanning turli tarmoqlari, shuningdek, fiqh boʻyicha
musulmon dunyosida hozirgacha qadrlanib kelinayotgan boy huquqiy merosni yaratganlar. Hozirgi
Oʻzbekiston hududi esa islom huquqi va uning institutlari, qoʻllanmalar yaratish, Hanafiylik huquqiy
tizimini takomiliga yetkazish va yoyish markazlaridan biri b
oʻlib kelgan. “Musulmonlar, - degan edi,
yevropalik arabshunos prof. Sedullat
oʻzining “Arablar tarixi” kitobida, - oʻrta asrlarda ilm, fan va
falsafada yagona edilar. Ular bu narsalarni qadamlari qayerga yetsa, shu yerga yoydilar, ular orqali
Yevropada ham keng tarqaldi. Yevropaning uy
gʻonish va taraqqiyotining asosiy sababchilari
musulmonlardir.” Arablar tomonidan olib kirilgan musulmon dini va uning huquqiy falsafasi asosida
shakllangan islom huquqi
oʻsha davrga nisbatan olib qaralganda tabiiy hodisa edi. Chunki bu davrda
Gʻarbiy Turk hoqonligi tarkibida boʻlgan hozirgi Oʻzbekiston doirasida koʻp dinlilik (politeizm) va
huquq tarqoqligi (partikulyarizm) mavjud edi. Yakka xudolikka asoslangan islom dini va musulmon
huquqi ana shularga barham berdi. Bundan tashqari, VI-VII asrlarda bu yerda, qishloq x
oʻjaligi ishlab
chiqarishi borasida shaxsan ozod, yollanib ishlovchi dehqonlarning mehnatiga asoslangan yangi
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar shakllanayotgan edi. Turklar va su
gʻdiylarning rivojlangan huquq
tizimlari b
oʻlsa-da, yangi munosabatlar yangicha huquq yaratishni taqozo etar edi. Shuning uchun ham
arablar istilosi yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomiliga yetkazgan b
oʻlsa, musulmon huquqi
ana shularni qonunlashtirdi, u
oʻziga xos oʻrta asr huquqiga aylandi. Bu huquqiy tizimning
q
oʻllanilishi va uning maktablari faoliyatini atroflicha tadqiq etish quyidagi muhim xulosalarni
chiqarishga asos b
oʻldi:
1. Albatta, arablar madaniyati va huquqi bu yerda
oʻzidan kam boʻlmagan huquq va
madaniyatga duch keldilar. Jumladan, bu yerdagi turkiylarning
oʻz qonunlari, “jinoyat haqidagi
nizomlari”, rivojlangan odat huquqlari, su
gʻdiylarning esa rivojlangan huquq tizimi, yuridik
muassasalari, shuningdek, islom madaniyati kirib kelgan dastlabki davrlarda yahudiylar huquqining
muqaddas kitobi “Toru”, nasroniylik huquqining yodgorligi Ishobaxt qonunlari, manixeylik
huquqining manbai Vinaya, Buddaviylikning “Manu qonunlari”, din va huquqning manbai sifatida
harakatda b
oʻlgan. Eramizning 620 - yilida Gor (hozirgi Feruzobod) shahrida yashagan Vaxramning
oʻgʻli Farahmart tomonidan tuzilgan, Sosoniylar davridan bizgacha yetib kelgan, yuridik masalalar
t
oʻplamidan iborat yagona sudnoma “Ming sud qarori kitobi” (Matakdani Xazar dastani) ham amalda
b
oʻlgan. Bular hammasi ilk oʻrta asrlarda ham Oʻzbekiston doirasida rivojlangan huquqiy tizim
b
oʻlganligini koʻrsatib turibdi.
163
Do'stlaringiz bilan baham: |