Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

Ключевые  слова:  аль-Хорезми,  Герберт,  Сильвестр  II,  Вильям  Мальмсберийский, 
индийский счет, арабские цифры, арифметика, доска абак, перевод. 
 
    About  the Pope who translated  «The Book of Addition and Subtraction in Hindu 
calculation» 
Abstract. The article is devoted to history of  translations in Europe in the XII–XIII centuries 
on the basis of careful analysis of the scientific literature, it provides new information about translation 
13
 


ILMIY AXBOROTNOMA 
   
      TARIX 
     
 
           2017-yil, 2-son 
of the work of  al-Khwarizmi  «The Book of Addition and Subtraction According to the Hindu 
Calculation» into Latin in the X century. 
Keywords:  al-Khwarizmi,  Herbert, Silvestre II,  William of Malmesbury, Hindu Calculation, 
Arabic numerals, arithmetic, board of abacuses, translation. 
 
Olimlarga yaxshi ma’lumki, «Hind hisobida q
oʻshish va ayrish kitobi» –  xorazmlik mashhur 
matematik, algebra fanining asoschi, riyoziyot, falakiyot va geografiya ilmlari taraqqiyotiga benazir 
hissa q
oʻshgan olim Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783–850) qalamiga mansub. Bugungi kunga 
qadar, respublikamizda yaratilgan ilmiy adabiyot va tadqiqotlarning deyarli barchasida mazkur asarni 
Yevropada XII asrdan lotin tiliga tarjima qilinib, 
oʻrganish boshlanganligi ta’kidlanadi. 
Biroq, 
oʻrta asr Sharq olimlari asarlarining Gʻarbdagi tadqiqi va tatbiqiga oid mavzu yuzasidan 
olib borayotgan izlanishlar davomida, al-Xorazmiyning «Hind hisobida q
oʻshish va ayrish kitobi»ni 
Yevropada ancha oldin, aniqro
gʻi, X asrdayoq lotin tiliga oʻgirilib, foydalanilganligini tasdiqlovchi 
ma’lumotlarga duch keldik. Mutlaq haqiqatga da’vogarlik qilmagan holda bu boradagi ayrim 
mulohazalarimizni bayon etamiz. 
 Avvalo, asar xususida qisqacha t
oʻxtalib oʻtsak. Asar fan olamida «Al-Xorazmiy hind hisobi 
haqida» nomi bilan mashhur b
oʻlib  [1], uning asl arabcha matni saqlanmagan.  Bu nom asarning 
lotincha tarjimasini  sarlavhasi  –  «Algoritimi de nemero indorum»dan olingan. Sohaga doir aksar 
ishlarda kitob nomi shartli ravishda «Arifmetikaga doir asar», «Q
oʻshish va ayrish kitobi» tarzida ham 
keltiriladi [3]. 
Tadqiqot davomida q
oʻlga  qiritilgan ma’lumotlardan ayon boʻldi-ki, al-Xorazmiy asarining 
t
oʻliq nomi «Kitob al-jam va-l-tafriq bi-hisob al-Hind» ya’ni «Hind hisobida qoʻshish va ayrish 
kitobi»dir. Bu haqda, Lennart Berggren 
oʻzining oʻrta asr lotin tilidagi manbalarga asoslangan ishida 
ma’lumot beradi [7]. 
«Hind hisobida q
oʻshish va ayrish kitobi»ning asosiy mohiyati shundan iboratki, unda muallif 
birinchilardan b
oʻlib, matematik hisob kitoblarda kichik yumaloq belgi –  «nol»ni ishlatib, oʻnlik 
pozitsion hisoblash tizimini shakllantirdi. Xorazmiyga qadar bu tizim hindlarda q
oʻllanilganligi* bois 
olim 
oʻz asarini «hind hisobi» deb ta’riflagan. Xorazmiy bu risolada har qanday sonni 1 dan 9 gacha 
raqamlar va maxsus belgi – nol «0» orqali ifodalash mumkinligini isbotlab, butun va kasr sonlar bilan 
q
oʻshish, ayrish, koʻpaytirish, boʻlish, kvadrat ildizdan chiqarish kabi arifmetik amallarni batafsil 
sharhlaydi.  
Ma’lumotlarga k
oʻra, 945–1003  -  yillarda yashagan olim Oriyaklik Gerbert (lot. Gerbertus) 
oʻzining «Regule de abaco computi» («Abakda hisoblash qoidasi») nomli risolasida al-Xorazmiy 
arifmetikasidan keng foydalanadi. Asli fransuz b
oʻlgan ushbu olim nafaqat matematika, balki falsafa 
sohada ham ijod qilgan. Bundan tashqari, u davlat va din arbobi ham edi. Jumladan, olim 999 – 1003 - 
yillar orali
gʻida Silvestr II nomi bilan Rim papasi sifatida faoliyat yuritgan. Fanda uning matematikaga 
doir yuqoridagi asaridan tashqari «Epistola ad Adelboldum de causa diversitatis arearum in trigono 
aequilatero, geometrice arithmeticeque expenso»  («Tengyonli uchburchakda maydonlarini turlicha 
b
oʻlishining sababini geometrik va arifmetik usullarda aniqlash toʻgʻrisida Adelbolduga noma»),«De 
geometria» («Geometriya t
oʻgʻrisida»); astronomiyaga doir: «Epistola ad Constantinum monachum 
Floriacensem de sphaere constructione» («Qubbalarning tuzilishi t
oʻgʻrisida Konstantin va ruhoniy 
Fleriga noma»), «Liber de asturlabia» («Asturlob haqida kitob»); falsafaga oid: «De corpore et 
sanguine Domini» («X
oʻjayinlarning tanasi va nasli»), «De rationali et ratione uti» («Aqllilik va 
aqldan foydalanish») asarlari ma’lum [5]. 
Olim 980–982  -  yillarda yozgan «Regule de abaco computi» («Abakda hisoblash qoidasi») 
nomli asarida q
oʻshish, ayrish, koʻpaytirish, boʻlish kabi matematik amallarni bajarishda al-
Xorazmiyning «Hind hisobida q
oʻshish va ayrish kitobi»ga tayanib 1 dan 9 gacha boʻlgan raqamlarni 
ishlatadi [11]. Jumladan, Gerbert arifmetik va geometrik amallarni t
oʻqqizta son (1–9) orqali bajarish 
uchun maxsus abak taxtasini yasaydi. Mazkur taxta 27 ta t
oʻgʻri-toʻrtburchakli qismdan iborat boʻlib, 
har bir qism 3 ta: C (centum) – yuzlik, D (decem) – 
oʻnlik va S yoki M (singularis seu monad) – birlik 
sonlar uchun m
oʻljallangan maydonlarga boʻlingan. (Ma’lumot oʻrnida aytish kerakki, abak taxtasi 
(lot. «Abacus») – bu arifmetik hisob kitoblarni bajarish uchun m
oʻljallangan moslamadir. Taxminan, 
mil. avv. V asrda Qadimgi Yunoniston va Rimda ishlatila boshlangan. Biroq, ilk 
oʻrta asrlarga kelib 
abak taxtasi muomaladan chiqadi. Aynan Gerbert uni fanga qayta joriy qilgan). Ammo, Gerbert 
oʻz 
14
 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish