Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
FALSAFA 
      
 
      2017-yil, 2-son 
insoniyatning keyingi evolyutsiyasida, har holda XXI asr davomida, ustunlik qilishi kerakligi 
k
oʻrsatilgan[20].  
Axborot falsafasi tushunchasini ikki xil ma’noda, ya’ni keng ma’noda 1960 - yillardan axborotni 
umumiy muammosini 
oʻrganish bilan bogʻliq faoliyat sifatida (R.F.Abdeev, YU.F.Abramov, 
N.P.Vashekin, V.M.Glushkov, V.S.Gott, D.I.Dubrovskiy, V.S.Kogon, K.K.Kolin, V.V.Sanochkin, 
E.P.Semenyuk, A.V.Sokolov, A.D.Ursul, D.S.CHernavskiy, A.I.Chyorniy, YU.A.Shreyder  va 
boshqalar), tor ma’noda 1996  -  yildan boshlab falsafiy bilimlarda mustaqil soha (M.N.Sherbinin, 
A.V.Nesterov, S.M.Olenev, L.V.Skvorsov, V.I.Kashirin, O.V.Kashirina, K.K.Kolin, A.V.Sokolov, 
G.V.Xlebnikov, Yu.Yu.Chyorniy va boshqalar) sifatida tushunish mumkin.  
Masalan, M.N.Sherbinin fikricha, “... axborot falsafasi –  tabiat, jamiyat va tafakkurning 
oʻzini 
uzoq vaqt rivojlanishida tayyorlagan natijasidir”
[24, B.96].  
Yuqoridagi olimlarning tadqiqotlarini ikki bosqichga ajratish mumkin, ya’ni tabiiy (1996-2009 
yillardagi  M.N.Щerbinin,  A.V.Nesterov[14], L.V.Skvorsov[16], V.I.Kashirin va O.V.Kashirina[1]) 
hamda “ongli” (2010 yildan 5 Rossiya faylasuflar kongressi materiallari, K.K.Kolin
[7], 
A.V.Sokolov
[17]  ishlari, “Axborot haqidagi metodologik fan muammolari” mavzuidagi seminar 
faoliyati). 
Masalan, A.V.Sokolov 
oʻz tadqiqotlarida axborot falsafasining ikki xil: pozitiv va metafizik 
jihatlarini k
oʻrsatib beradi. Uning fikricha, “metafizik axborot falsafasining vazifasi asl mohiyatini 
ochib berish, ya’ni semantik axborot, uni borliq bilan tushunish (ontologiyasi), uning  tabiati 
(epistemologiyasi) qadriyati (aksiologiyasi) metodologik prinsiplarga asoslangan”
[17, B.299]. Demak, 
axborot falsafasining metafizik jihatlarining tuzilishi quyidagilardan iborat: axborot epistemologiyasi 
(gnoseologiyasi), axborot ontologiyasi, axborotli yondashuv metodologiyasi, axborot aksiologiyasi, 
inson va axborot (antropologiya falsafasi), axborot fenomenologiyasi (turli fenomenlar mohiyati) 
hamda axborot etikasi. 
Darhaqiqat, bugungi kunda axborot falsafasi predmeti oxirigacha aniqlanmagan. Rossiya 
axborot falsafasining 
oʻziga xosligi shundaki, u bir tomondan axborotning ontologik va gnoseologik 
muammolariga, boshqa tomondan axborotning antropologiya va etikasiga oid qiziqishlarning 
oshganligidir. Shu bilan birga bizning mamlakatimizda ham axborot falsafasiga oid ilmiy tadqiqotlar 
mavjud
[8-10; 25]. Ushbu tadqiqotlarda axborot tushunchasining falsafiy muammolari, axborotning 
ontologik, epistemologik, gnoseologik hamda sinergetik tahlili, axborot fenomeni yoritilmoqda. 
Masalan,  Sh.S.Q
oʻshoqovning ilmiy tadqiqoti «axborot» tushunchasi va uni turlarining falsafiy-
metodologik tahliliga ba
gʻishlangan[9]. 
Umuman olganda, bugungi kunda axborotga ega b
oʻlish hamda undan asosiy manba va 
sivilizatsiya rivojlanishining ustuvor omili sifatida keng foydalanish insoniyatni tizimli tanglikdan 
chiqish va hozirgi davrning aksariyat global muammolarini, shuningdek kelajakda vujudga keladigan 
muammolarni hal qilishga umidvor qiladi. X
oʻsh, axborotga ega boʻlish talabi nimani bildiradi? 
Avvalo, bu uning tabiatini, ya’ni konseptual falsafiy mohiyatini adekvat tarzda tushunish 
zaruriyatidir
[5]. Keyingi talab tabiat va jamiyat, shuningdek inson evolyutsiyasi jarayonlaridagi 
axborot ahamiyatini tushunish zaruriyatidan iborat. Tadqiqot natijalari k
oʻrsatib turganidek, “axborot 
va informatsion 
oʻzaro ta’sir jarayonlari muhim oʻrin egallagan hozirgi zamon olam manzarasi faqat 
shu asosda qurilishi mumkin”
[4, B.12]. Aynan shuning uchun axborot tabiatini falsafiy anglash 
dolzarb va strategik jihatdan muhim ilmiy muammo b
oʻlib qolmoqda.  
Hozirgi kunda olimlarning axborot falsafasiga qiziqishini oshirishga qanday omillar 
k
oʻmaklashadi? Bunda birinchi navbatda zamonaviy ilmiy dunyoqarashni shakllantirish dolzarb 
muammosini k
oʻrsatish joiz, unda informatsion jihatlar insonning informatsion yashash muhiti va 
faoliyatining shiddatli rivojlanishi tufayli muhim b
oʻlib bormoqda. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, 
“bugungi kunda bunday dunyoqarash nafaqat olimlar, balki davlat arboblari, siyosatshunoslar, 
pedagoglar, har bir 
oʻqimishli odam uchun kerak”[6, 84]. 
Ikkinchi omil sifatida axborot fanining fanlararo ahamiyatini k
oʻrsatish mumkin, uning 
konsepsiya va usullari tabiat, jamiyat va insonni ilmiy tadqiq qilishning turli y
oʻnalishlarida tobora 
keng foydalanilmoqda. Rossiya va chet el olimlarining tadqiqotlari k
oʻrsatganidek, har qanday tirik 
organizm, 
oʻz mohiyatiga koʻra, juda murakkab axborot tizimidir, uni oʻrganish uchun axborot 
98 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish