ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2017-yil, 2-son
yoshlarga xos b
oʻlgan qadriyatlar, ideallar va tamoyillarni qaror toptirib boʻlmaydi. Oʻzbekistonning
istiqlol yillaridagi tajribasini tahlil qilish mamlakatimizda bu masalaga alohida e’tibor
qaratilayotganligini k
oʻrsatadi. Shu sohada qabul qilingan qonun va qarorlar, farmon va hukumat
hujjatlarida yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish jarayoni avvalo, butun jamiyat
miqyosida ma’naviyatni yuksaltirish uchun eng avvalo, ma’naviy ta’lim-tarbiya tizimini yanada
rivojlantirish, davlat organlari va mansabdor shaxslar, fuqarolarning bu sohadagi tamoyillar va axloqiy
talablarga hurmat bilan munosabatda b
oʻlishlariga erishish, aholining ma’naviy saviyasini yanada
oshirish ustuvor vazifa qilib belgilanganligi mamlakatimizda bu jabhaning zarur asoslarining
shakllanib borayotganligini ko
ʻrsatadi.
Shu bilan birga, bu sohada bugungi kunda yana quyidagilarga alohida ahamiyat berish zarurati
ortib bormoqda:
- mamlakatimizda mavjud b
oʻlgan ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim olayotgan va
hunar
oʻrganayotgan yoshlarning yuksak ma’naviy qadriyatlarga sodiqlik hissi va bu boradagi
tamoyillarni amalga oshirishda faollik tuy
gʻularini tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish;
- nafaqat talabalar, balki bu vazifani amalga oshirishning eng muhim bu
gʻini boʻlgan barcha
ta’lim muassasalaridagi ustoz-murabbiylarning ma’naviyat sohasidagi savodxonligini yanada oshirish,
ularning bu sohada butun jahonda r
oʻy berayotgan voqea-hodisalar va resprublikamizda amalga
oshirilayotgan tub islohotlarning natijalari bilan tezkor va izchil tanishtirishga m
oʻljallangan ommaviy
axborot vositalari (jurnal, gazeta, veb sayt va h.k.) faoliyatini samarasini oshirishga alohida ahamiyat
berish;
- ta’lim tizimi bilan qamrab olinmagan yoshlar qatlamlari orasiga yuksak ma’naviyat
tamoyillarini singdirish, tar
gʻib va tashviq etish samaradorligini muntazam oshirib borish
mexanizmlarini yanada takomillashtirish, bu sohada zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
imkoniyatlarini yanada kengaytirish;
- joriy yil uchun m
oʻljallangan “Sogʻlom ona va bola yili” davlat dasturida nazarda tutilgan
vazifalarni bajarish doirasida amalga oshiriladigan faoliyat jarayonida yoshlarga oid davlat
siyosatining ma’naviy omillari ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladigan chora va tadbirlarga
alohida e’tibor qaratish.
Bularning barchasi, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirishda
avvalo, ularning huquq va erkinliklarini inobatga olmasdan, yosh avlodning dunyoqarashi, fikri bilan
hisoblashmasdan, uning ma’naviy asoslarini shakllantirib b
oʻlmasligini koʻrsatadi. Bu siyosat
asoslari,zaruriy tarzda, muayyan ma’naviy tamoyillarga amal qiladigan,
oʻz huquqlari va manfaatlarini
xalqi hamda vatani manfaatlari bilan uy
gʻunlashtira oladigan, mustaqil e’tiqod va zamonaviy
dunyoqarash egalariga tayanishini
Oʻzbekistonning bugungi tajribasi yaqqol koʻrsatib turibdi. Ayni
shunday holdagina har bir yosh inson
oʻz huquq va burchini chuqur anglaydi, ularning jamiyatda
mavjud ma’naviy mezonlar bilan loqadorligini t
oʻla-toʻkis his qilishi mumkin. Yurtimizda huquqiy
davlat va rivojlangan fuqarolik jamiyati asoslarini yaratilayotgan bugungi kun uchun bu nihoyatda
muhim, chunki yuksak ma’naviyat demokratik taraqqiyotning zaruriy asosi, ma’nan barkamol avlod
shakllanayotganining muhim k
oʻrsatkichi hisoblanadi[4].
Xullas, bugungi kunda yoshlar ma’naviy kamolotining eng dolzarb muammolarini hal etishda
va ularning jamiyat hayoti hamda davlat boshqaruv tizimlarida faol ishtirokini ta’minlash jarayonida
har bir yoshda yangicha tafakkur, zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiluvchi ma’rifiy
ta’lim tizimini doimiy takomillashtirib borish zaruriyati paydo b
oʻlmoqda. Bu esa, oʻz navbatida,
jamiyatimizda yoshlarga xos yuksak ma’naviyat tamoyillarini shakllantirish uchun ular orasidan zarur
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidan, ommaviy axborot vositalari
imkoniyatlaridan keng foydalanish, mamlakatimizda shakllangan ta’lim va tarbiyaning samarali
usullari va vositalarini hayotga tadbiq etish imkoniyatlarini izlab topishning tobora k
oʻproq
ahamiyatga ega b
oʻlib borayotganidan dalolat beradi.
Shunday ekan, biz bu sohada butun salohiyatimiz va iqtidorimizni ishga solishimiz,xalqimiz
kelajagi, yurtimiz tinchligi va jamiyatimiz farovonligi uchun xizmat qiladigan yuksak ma’naviyatli,
intellektual yetuk avlodni tarbiyalashdek muhim ishga
oʻz hissamizni qoʻshishimiz lozim. Buning
uchun har birimiz
oʻz zimmamizga yuklatilgan ulkan mas’uliyatni chuqur his etishimiz, bu yoʻlda
butun kuch-quvvatimizni ishga solishimiz lozim.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |