ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2017-yil, 2-son
Kim anga Jibril bila bergum payom.
Emdi ando
gʻ Odamiyni, ey zamin,
Sandin etgum hal ani ushbu hiyn.
[KM.1.11b]
Ruhoniylar Allohning qudratini namoyish qilish uchun shu rivoyatni qurol qilib oldilar, Sanoiy
esa insonning tabiatini tushunish, inson tabiatidagi ezgulik va yovuzlik manbalarini k
oʻrsatish uchun
bu rivoyatdan foydalangan edi. Muallif afsonani rivojlantirib, inson zoti k
oʻpaygach, nopok kishilar
vujudga kelib, nomunosib ishlar bilan shu
gʻullandilar, haqiqatan ham qon toʻkib, yerni bulgʻadilar,
shafqatsizlik qildilar. Demak, Yer haq b
oʻlib chiqdi. Agar mantiqan fikr yuritilsa, Sanoiy buning
uchun Allohni ayblamasa ham, har holda rivoyatning bayoniga k
oʻra badiiy va haqiqiy voqelik
oʻrtasidagi ziddiyatni payqab olish mumkin.
SHu tariqa xorazmlik muallifning mulohazalarida Ibn Sino bilan Forobiy falsafiy asarlarining
ta’siri sezilib turibdi. U afsonaning mazmunini yakunlab,
oʻz nuqtaiy nazaridan barcha illatlar va
yanglishishlar inson tabiatining
oʻzidan kelib chiqadi, deb ta’kidladi. Muallifning bu xulosasi
mutaassib ruhoniylarning fikriga zid edi. Sanoiy Forobiy va Ibn Sinoga ergashib, barcha illatlarning
ildizini ochishga intildi, komillikka pastkash nafsni jilovlash va ruhni tozalash orqali erishish
mumkinligini uqtirdi. Uning fikricha, shuhrat qozonish, yaxshi nom qoldirish va ruhiy yetuklikka
yetishish uchun ezgu ishlarni amalga oshirish, halollik bilan kun k
oʻrish, boshqalarga ziyon-zahmat
yetkazmaslik kerak. K
oʻrinib turibdiki, Sanoiyning ma’naviy komil inson toʻgʻrisidagi tasavvuri
qandaydir model yoki sxema emas, mavhum falsafiy tushuncha emas, u aniq-ravshan, tushunsa
b
oʻladigan amaliy ahamiyatga ega boʻlgan ta’limot boʻlib, shaxsni takomillashtirish yoʻli bilan
jamiyatni yangilashni nazarda tutadi. Darhaqiqat, ushbu asar hayot taqozosi bilan dunyoga
kelganligini muallifning
oʻzi ta’kidlab oʻtadi.
“Kanz-ul-maorif”ning muqaddimasida jamiyat qattiq tanqid ostiga olinadi. Yovuz niyatli
kishilar shu qadar k
oʻpayib ketganki, deb yozadi u goʻyo qiyomat qoyim yaqinlashib qolganday:
odamlar insoniylik qiyofasini y
oʻqotib, bir-birlariga koʻmaklashishni xayollariga ham keltirmaydilar.
Ular vahshiy hayvonlarga
oʻxshab, oʻljaga yopishadilar, bir-birlarini gʻajiydilar, inson zotiga dogʻ
tushiradilar. Ularning faqat qiyofasi odamga o
ʻxshaydi. (“U inson emas, niqobdir”) [1,14b-15a].
Buning sababi bitta: jamiyatga razolat va kasofat asos b
oʻlgan (“Adolat yoʻli unutilgan, zoʻravonlik
usullari t
oʻlib-toshgan”). Shu sababli, bordi-yu, hayot chamanida chechak bosh koʻtarsa, shu ondayoq
vabo tegib, s
oʻladi, deydi gʻazab bilan u.
Sanoiy
oʻzi yashab turgan jamiyatning illatlari odamlarning umriga zomin boʻlayotganidan juda
tashvishga tushadi: “kattadan kichikkacha
oʻz domiga olgan” illat koʻzlarni koʻr, quloqlarni kar qiladi,
odamlarning his-tuy
gʻularini soʻldiradi: “Odamlarning qalbi soʻngan, shu boisdan inson ruhi ularning
nopok tanasini tark etadi” [1,15 a]. Bu kimsalar riyokorlik bilan
oʻzlarini beozor qilib koʻrsatadilar:
shafqatsiz qalblarini yashirib, bazmu jamshidlarda tabassum bilan sharob tutadilar, deb yozadi u afsus
nadomat bilan.
Shoir riyokorlik niqobidagi shafqatsizlik psixologiyasini ochib berishga intilayotganini k
oʻrib
turibmiz. Uning hajviy ruhdagi tanqidi
oʻz zamonidagi jamiyatga chiqarilgan hukmdek yangraydi.
Ayni vaqtda Sanoiy fosh qilish bilan birga, ezgulikni qaror toptirishga intiladi, qalbida alam
bilan q
oʻliga qalam oladi. Jamiyatning barcha illatlari uning fikricha ma’naviy qashshoqlikdan kelib
chiqadi, ularga vijdonlilik, insoniylik udumlarini, ruh g
oʻzalligi va oliyjanobligi mohiyatini
tushuntirmoq kerak. Shu tariqa ezgulik va ma’rifat uru
gʻlarini sochish mumkin.
Bobojon Sanoiyning maslagi ana shunday. U
oʻzining butun ilmiy va adabiy faoliyatini shu
oliyjanob maqsadga ba
gʻishladi, u naqadar soddadil boʻlmasin, odamlarni haq yoʻliga qaytarish
mumkinligiga, jamiyatni yaxshi namunalar, insoniylik
gʻoyalari yordamida qabohatdan tozalash
mumkinligiga qalban ishonar edi. Bu
oʻrinda u soʻfiylik ta’limotiga, ma’naviy goʻzal komil inson
gʻoyalariga tayanar edi. Bu ta’limot feodal muhitda yashab turgan, uning asoslari chirib borishini
k
oʻrib turgan va mushkul ahvoldan qutulish yoʻllarini izlaydigan ijodkor shaxs uchun birdan-bir
t
oʻgʻri yoʻldek tuyular edi.
S
oʻfiylik Sanoiyga insonparvarlik gʻoyalarini, xalq savodini chiqarish talabini targʻib qilish
imkonini ochar edi.
Oʻsha zamon sharoitida uning fikr-mulohazalari gʻoyat ilgʻor ahamiyatga molik
edi. Befarqlikni u jaholat manbai deb bilar, odamlarni harakatchanlikka,
oʻzi va hayot haqida, tevarak-
80
Do'stlaringiz bilan baham: |