ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2017-yil, 2-son
7)
mustasno tarzda barcha institut a’zolarining qamrab olinishi, mavqei va rollar tizimining
yaratilishi[5] kabi omillar shular jumlasidandir.
Shu
oʻrinda “institutsionallashuv” nima? Uning “siyosiy institutsionallashuv”dan farqli jahatlari
nimalarda kabi savollarga quyida javob berishga harakat qilamiz:
Siyosatshunoslikda “institutsionallashuv” tushunchasi asosida insoniy hamjihatlik va yashash
mazmuniga javob beruvchi qoidalar majmui tushuniladi[6].
Sotsiologiya fani nuqtaiy nazaridan bu termin turfa turdagi ijtimoiy tabaqalar faoliyatini ularni
sotsial institut sifatida boshqarish jarayoniga aytiladi[7].
Yana shuni ham ta’kidlash joizki, institutsionallashuv umumiy qabul qilingan tajribalarni,
oʻzgarmagan holda saqlab, bir necha avlodlarga etkazib, mazkur qoidalarni oʻzaro barqaror amaliyotga
oʻtkazishga xizmat qiladi, deb ta’kidlanadi.
“Zamonaviy xorijiy s
oʻzlar lugʻati”da institutsionallashuv – bu “qandaydir yangi ijtimoiy
institutlar muassasi, u yoki bu ijtimoiy munosabatlarning huquqiy va tashkiliy mustahkamlanishi,
institutsional esa – bu “ijtimoiy institutlar bilan bo
gʻliqlik, ularga aloqadorlik”ni bildiradi[8] deb
ta’kidlanadi.
Umuman, institutsionallashuv – ijtimoiy fanlarda siyosiy institutlarning davlatdagi rolini
oʻrganishga jiddiy e’tibor qaratadigan muhim metodologik yondashuv sifatida qaraladi. Chunki davlat
mavjud ekan, uning ichkarisida davlat va nodavlat institutlar mavjud b
oʻlishi tabiiydir. Ular oʻzaro
vakolatlari yuzasidan institutlashadi va
oʻzaro yaxlit tizimni shakillantiradi. Shu boisdan siyosiy tizimda
boshqaruv va nazorat mexanizimlari asosida siyosiy institutsionallashuv yuzaga keladi.
Siyosiy institutsionallashuv-asosiy siyosiy normalar, siyosiy qadriyatlar va siyosiy xulq-atvor
andozasi jarayonining tashkil etilishi, huquqiy mustahkamlanishi hamda tan olinishi, shuningdek, ularga
rioya etilishini nazorat qilish imkoniyatidir. Siyosiy institutsionallashuv siyosiy barqarorlikning muhim
sharti b
oʻlib, unda asosan davlat markaziy oʻrinni egallaydi hamda siyosiy tizimning sohaviy (iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy, madaniy) vazifalarni belgilaydi hamda nazorat etadi. Davlat
oʻz mazmun – mohiyatiga
k
oʻra turli funksiyalarni bajaradi, biroq funksiyalarni, A.V.Pikulkin fikriga koʻra, yoʻnalishlari
b
oʻyicha quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Bular:
birinchidan, ijtimoiy ishlarni bajarish;
ikkinchidan, ijtimoiy adolatni ta’minlash;
Uchinchidan, Shaxs, jamiyat, davlatni himoya qilish, tartibni ta’minlash.
Ammo, har qanday davlat uchun fundamental b
oʻlgan quyidagi funksiyalarni koʻrsatish
mumkin:
1) rivojlanish strategiyasini aniqlash;
2) mulkchilik huquqlarini kafolatlash;
3) xususiy va aralash sektorlar
oʻrtasida munosabat;
4) moliyaviy, pul va ijtimoiy siyosat;
5) ijtimoiy tartibotni ta’minlash;
6) himoya va ekologik muvozanatni ta’minlash.
Masalan, aqsh davlatining funksiyalari quyidagi turlarda ta’riflangan:
1) milliy strategiyani aniqlash;
2) jamiyat hayotining huquqiy asoslarni ta’minlash;
3) iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish;
4) ilmiy – texnikaviy va sanoat siyosatini yuritish;
5) moliya – kredit munosabatlarini tartibga solish;
6) ijtimoiy sohani rivojlantirish;
7) xavfsizlikni ta’minlash hisoblanadi[9].
AQSH davlatining asosiy funksiyalarini tahlil qilar ekanmiz, fundamental ahamiyatga ega
funksiyalar barcha davlatlarga xos b
oʻlsada, har bir jamiyat taraqqiyot darajasi va strategik
maqsadidan kelib chiqib, asosiy va birlamchi funksiyalarni belgilab olishi va ularni amalga oshirishi
lozim. Shuni ham aytish kerakki, davlat siyosiy tizimni shakillantirish bilan birga uning vazifalarini
ham belgilab beradi. Chunki, siyosiy tizim jamiyatdagi muayyan siyosiy funksiyani bajaradigan
ijtimoiy institutlar tizimi b
oʻlib, uning ikki darajasi mavjud: mamlakatning siyosiy tizimi va xalqaro
siyosat tizimi. Birinchisi u yoki bu jamiyatning siyosiy sohasini qamrab olsa, ikkinchisi butunjahon
76
Do'stlaringiz bilan baham: |