ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2017-yil, 2-son
Abaylarning falsafiy fikr va dunyoqarashlari olim yashagan muhit olimlariga ta’siri borligini
ta’kidlaydi.
Validiyning fikricha kitoblar insonlar hayotida aniq fikr va xulosalarga kelish uchun va hamma
vaqt zamon bilan hamnafas b
oʻlishlari uchun eng yaxshi vosita deb fikr yuritadi. Shuningdek,
boshqirdlar
oʻz tarixlarini bilishi uchun Volkov va Vlasovlarning asarlarini hamda “Turmush”
jurnalida yozishicha (1915 - yil 28 - aprel) Boshqirdlar shajaralari haqidagi ma’lumotga ega b
oʻlishlari
kerakligi haqida ma’lumot beradi.[2]
Olim otasining madrasasida dars berib yurgan vaqtida bir xonani “laboratoriya” ga
aylantirganligini yozadi. Uyi bilan madrasa orasida morze* ishlatganligini, madrasa talabalariga ilmi
hay’at ya’ni astronomiyadan dars berganligini va bu darslarda Flamaryondan va Husayn al – Jisr
nomli suriyalik* olimning asaridan foydalanadi. Shuningdek, darslarni Ahmad va Said ismli ikki
kishining savol - javobi shaklida yozadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki bu
oʻsha davrga
xos b
oʻlgan bir yangi pedagogik texnologiya sifatida tushunishimiz mumkin.
Bu borada Validiy ma’lumotlarni Boshqirdiston uchun yangilik ekanligi uchun talabalar ham
qiziqishini, shuningdek, Validiy yozgan birinchi ilmiy asar b
oʻlganligini, lekin otasiga ma’qul
kelmaganligini izohlaydi, chunki otasi yerning aylanishiga ishonmasdi. Validiy buni isboti uchun
globusning kattaro
gʻini yasaydi va quyosh atrofida yerning aylanishini koʻrsatish uchun talabalarga
qoron
gʻu xonada chiroq atrofida aylantirib koʻrsatadi. Yerni yumaloq qilib yasash uchun yelim oʻrnida
xamir ishlatadi. Validiy afsus bilan yozadik: “Yozda madrasadagi xonamga q
oʻyilgan bu globusni
sichqonlar yeb, mening shuncha mehnatim bekor ketdi. Otam bundan xursand b
oʻlib “Yerning
aylanishiga sichqonlar ham ishonmaydi”, deb qotib – qotib kuldilar deydi.[3]
Validiyning falsafiy qarashlarida islom dini ham muhim
oʻrinni egallaydi. Olim fikricha, islom
dini insonning ichki (botiniy) va tashqi (zohiriy) hayotini tartibga solishni maqsad qilgan din
hisoblanadi.
Islom diniga Validiy falsafiy yondashar ekan, falsafiy jihatdan millatning ruhiyatini aks ettirishi
va hayotiyligi bilan inson ruhiga mos kelishini izohlaydi.
Professor Begali Qosimov Validiy haqida shunday deydi: “Har bir
oʻzbekning qalbida faxr
gʻurur tuygʻusini oʻygʻotish uchun tarixni bilish kerak. Jadidlarimiz shuning uchun tarixni va millatni
tanishga alohida e’tibor qaratadilar. Bu borada Zaki Validiyning kitoblariga katta e’tibor bor. Ayniqsa
ikki kitobini “Umumturk tarixiga kirish” va “Bugungi turk eli – Turkiston va uning yaqin tarixini” ni
shoshilinch tarjima qilish kerak.”[4]
Validiy yozadiki: “Nalivkin Toshkandda dorilmu’mininda muallimlik etgan vaqtda erli xotunli
bu ikkovi sartlar orasida (Namangon uyazi Nanay qishlo
gʻida) uzoq vaqt turib, ularni oʻrganganlar.
S
oʻngdan yana bir necha yillar qozoqlar bilan birga sahroyi boʻlib, koʻchib yurib, qozoqcha va qozoq
ma’ishatini inasindan ibina (ignasidan ipigacha) qadar
oʻrganganlar. Bizning Rusiya mamlakatinda
eng s
oʻnggi vaqtga qadar Sharqni oʻrganish ishlari ruhoniy xalqlar, poplar, missionerlar qoʻlinda
keldi.”
Rossiyadagi
oʻzga tilliklar orasida hukumat xrisitianlik dinini tarqatish maqsadida missionerlar
tarbiyalaganlar. Ularga inorodeslarning tillarini
oʻrgatdi. Bular oʻzga tillarni ozroq bilib olgachda bir-
ikki kitob chiqarganlar, ham shuning bilan Yevropadagi “Sharqshunoslar”lar bilan bir
oʻrin olganlar.
Ular ham hukumat ishlarinda nasib etishlari edi. Bu hol Rossiyada inorodeslarni
oʻrganishning bir
tarafli (odnostoronnыy) ham bir vaqt buyuk boʻlishina ham inorodeslar bilan rus xalqi orasida diniy
dushmanliklarning z
oʻr boʻlib turushiga sabab boʻladi.[5]
Bu qarashlarda Validiy shunday fikrga keladiki, “Mustashriq” lar orasida birinchi
oʻrin olib,
ilmi borasida ular ham hukumat ishlarida aralashganliklarini va
Gʻarb va Sharq falsafasidagi bu
qarashlar missionerlikning kelib chiqish sabablarini tahlil qiladi va bunda Far
gʻona aholisi va xotinlari
turmush tarzlari haqida ma’lumot beradi.
1.
Yerli xalqning dini t
oʻgʻrisida.
2.
Turmushlari, ham uy asboblari.
3.
Xotinlarning tashqi k
oʻrinishlari, ham kishilari toʻgʻrisida.
4.
Xotinlarning ish
gʻol eta turgan ishlari ham ish asboblari.
5.
Yerli xotinlarning sajiyasi (xarakteri), odatlari, muhabbatna munosabati.
6.
Qursoqli b
oʻluvi ham bola tugʻdiruvi.
7.
Yosh qiz, uni yovchilash (sovchilash), nikoh, t
oʻy.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |