ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2017-yil, 2-son
ekanligi, avvalo,
oʻsha mahalladoshlarning madaniyati, xususan, estetik madaniyati asosida belgilab
beriladi.
Mahalla toza, ozoda, sarishta b
oʻlsa nafaqat oʻsha mahallada yashaydigan kishilarning, balki
shu mahallaga kirib qolgan begona kishining ham k
oʻzi quvnaydi, kayfiyati koʻtariladi, ruhiyatida
oʻzgacha his-tuygʻular junbushga keladi. Bu holat esa, goʻzallik, ulugʻvorlik tushunchalarini kishi
ongida shakllantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, mahalladoshlarning
oʻzaro muomala
munosabatlaridagi xushmuomalalik fuqarolar
oʻrtasidagi mahalliychilik yoki millatchilik kabi salbiy
holatlarga y
oʻl qoʻymaslikka yordam beradi.
Shuningdek, mahallada turli badiiy tadbirlar (mashhur shoirlar, yozuvchilar, san’atkorlar,
sportchilar bilan uchrashuv kechalari) ning uyushtirilib turilishi ham turmush estetikasini
shakllantirishga yordam beradi (masalaning qiziq tomoni shundaki, san’atkorlarni televideniye yoki
radioda k
oʻrish, eshitish mumkin. Jonli muloqot esa boshqa masala). Mahallada umumxalq
bayramlarini
oʻtkazish, hasharlar uyushtirish, obodonlashtirish ishlarini olib borish mahalla a’zolarini
jipslashtirib, ular
oʻrtasidagi mehr-muhabbatni mustahkamlaydi. Bu esa jamiyat ulugʻvorligining bir
k
oʻrinishini ifodalaydi.
Mahallani tashkil etadigan oilalarda so
gʻlom turmush tarzi shakllangan boʻlishi jamiyatning
ma’naviyatini, farovonligini, mustahkamligini belgilovchi omil b
oʻlib xizmat qiladi. Turmushda
uchrab turadigan salbiy holatlar (ichkilikbozlik, tamaki chekish, giyohvandlik,
oʻzaro urush-janjallar
yoki axloqsizlik) shu oilada yashayotgan kishilarga, ayniqsa yosh bolaning tarbiyasiga not
oʻgʻri ta’sir
k
oʻrsatadi. Natijada bolaning ruhiyatida pessimizm, beqarorlik, loqaydlik, xudbinlik kabi motivlar avj
oladi. Bu holatning oldini olishning necho
gʻlik muhim ekanligini shu yoshning keyingi hayotida
uchraydigan salbiy holatlarda (ichkilikka, tamakiga, giyohvandlikka mukkasidan ketishi yoki jinoyat
k
oʻchasiga kirib qolishi) koʻrishimiz mumkin.
Mahallada bolalar va yoshlar uchun turli sport maydonchalarini bunyod etish, mahalla
kutubxonasini shakllantirish, mahallada faollar zali yoki klublarni qaytadan ta’mirlash, turli fan va
kasb t
oʻgaraklarini tashkil etish, mahalla bogʻini barpo etish orqali yosh avlodning boʻsh vaqtini
t
oʻgʻri, unumli tashkillashtirish mazkur masalaning yechimi desak, ehtimol, toʻgʻri boʻlar. Chunki
mehnat qilgan, sport bilan shu
gʻullangan bola jismonan sogʻlom boʻlishi barchamizga kundek
ravshan. Uning ruhan so
gʻlom boʻlishi, yuksak ma’naviyatli boʻlishining bir tomoni esa uning estetik
tarbiyasiga borib taqaladi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda quyidagi xulosalarni taqdim etish lozim
deb topdik:
• birinchidan, mahalla yoshlarda turmush estetikasi va estetik tarbiyani shakllantituvchi asosiy
omil hisoblanadi;
• ikkinchidan, mahalla
oʻziga qarashli hududning tozaligi, obodligi, koʻrkamligini hamda
fuqarolarning hamjihatligini ta’minlab beradi;
• uchinchidan, san’at, madaniyat, ma’rifat arboblari va sportchilar ishtirokida amalga oshadigan
turli mavzudagi suhbatlarni, uchrashuvlarni uyushtirish orqali estetik madaniyatni
shakllantiradi;
• t
oʻrtinchidan, mahalla bolalar va yoshlar uchun turli sport maydonchalarini bunyod etish,
mahalla kutubxonasini shakllantirish, turli fan va kasb t
oʻgaraklarini tashkil etish, mahalla
bo
gʻini barpo etish orqali yosh avlodning boʻsh vaqtini toʻgʻri, unumli tashkillashtirib beradi;
• beshinchidan, mahalla turli dabdabaga va isrofgarchilikka y
oʻl qoʻymasdan turib urf-odatlar,
an’analar, marosimlar, t
oʻy-u tantanalarni chiroyli, tartibli oʻtkazishni ta’minlab beradi va shu
orqali shaxs estetik madaniyatini shakllantirishga yordam beradigan maskan b
oʻlib
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |