ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2017-yil, 2-son
B. Siddiqov, respulika iqtisodiy ishlab chiqarish aloqalarining uzilishi davlat boshqaruvini demontaj
qilishi, bozor iqtisodiyotiga tayyor emaslik, ijtimoiy – iqtisodiy hayotga salbiy ta’sir etgan, deb
k
oʻrsatadi[9].
Qir
gʻizistonning Rossiya ortidan borib “shokovaya terapiya” oʻtkazishga intilishi inflatsiya,
ishsizlikning oshishiga, ichki mahsulotlar yetkazib berishning keskin kamayishiga sabab b
oʻldi.
Oʻzbekiston esa bozor iqtisodiyotiga asta – sekin oʻtish strategiyasini qoʻlladi. Natijada 1996 -
yilga kelib Markaziy Osiyo Respublikalari rivojlanishida
oʻziga xoslik aniq namoyon boʻla boshladi.
Agar
Oʻzbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga oʻtishida oʻz imkoniyatlariga tayangan
b
oʻlsa, Qirgʻiziston va Qozogʻiston tashqi yordamga, fuqarolar toʻqnashuvlari ichida qolgan
Tojikiston esa Rossiyadan yordam s
oʻrashga majbur edi [10,c75-77].
1996 - yildan keyingi bosqichlarda mustaqil davlatlarning ikki tomonlama aloqalarni
kengaytirishga intilishi kuchayishi kuzatildi. Bu Qozo
gʻiston Respublikasi Prezidenti N.
Nazarboyevning Yevrosiyo ittifoqini tuzish taklifi real voqelikka aylanmagaligida aniq namoyon
b
oʻldi.
Turkmaniston Respublikasi esa mintaqaviy integratsiyadan uzoqda b
oʻlish, hech qanday
ittifoqqa q
oʻshilmaslik yoʻlini tutdi. Shuning uchun ham G.Saidazimova ta’kidlaydi: “Integrasiya
jarayonlarining ishtirokchi davlatlari dunyodagi boshqa davlatlar bilan
oʻzaro munosabatlarida
mintaqaviy munosabatlarni ustuvor y
oʻnalishi sifatida belgilamadilar. Hammasi bunga obyektiv shart
sharoitlar hali shakillanmagan”[8, s 83].
Shuningdek, t
oʻlaqonli integratsiya uchun aholining ijtimoiy iqtisodiy ahvoli va bozor
iqtisodiyotiga kirishish imkoni yaqin b
oʻlishi darkor, har xil “start” ga ega subyektlar integratsiyada
teng ishtirok etolmaydi. Masalan, aholi nochorligi, qashshoqligi uning ijtimoiy - iqtisodiy ahvoliga va
bozor iqtisodiyotiga kirishishi, demak, integratsiya jarayonlariga ham, salbiy tasir etmay qolmaydi.
Aktinson-Micklewright hisob – kitobiga k
oʻra, 1993 – 1994 yillarda aholi nochorligi, qashshoqligi
Oʻzbekistonda 47% ni tashkil etganida, Qozogʻistonda 50% ni, Turkmanistonda 57% ni, Tojikistonda
aholinig yarmidan k
oʻpi, Qirgʻizistonda 84% ni tashkil etgan [10,s 83].
Mazkur holat integratsiya jarayonlariga tasir etmay qolmaydi, albatta.
Ayniqsa mustaqillikgacha yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning Qozo
gʻistonda 12%, Tojikistonda
40% Moskva ajratadigan mabla
gʻ evaziga chiqarilgan, mazkur taminotning toʻxtatilgani aholi ahvolini
yanada nochor qilib, uning integratsiyada teng imkoniyat bilan qatnashishiga t
oʻsqinlik qilgan.
1996 -yil dekabriga kelib
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston, 1997 - yil aprelda Oʻzbekiston –
Qir
gʻiziston – Xitoy, 1998 - yil fevralda Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy – Janubiy Korea
hamkorligi
oʻrnatiladi. Mazkur hamkorlikka Oʻzbekiston – Qirgʻiziston ikki tomonlama integratsiyasi
asos qilib olinadi. Endi ikki tomonlama integratsiya Sharqiy – Janubiy Osiyo mintaqasi bilan
bo
gʻlanadi. 2010 - yilga kelib bu integratsiya doirasi Yaponiya, Vetnam, Tailand, Singapur, Eron,
Hindiston va Pokiston tomon kengayadi. Endi bu aloqalar mustaqil davlatlarning manfaatlarini ifoda
etadigan
oʻzaro hamkorlik prinsipiga qurilgan koʻp tomonlama integratsiya jarayonlariga aylanadi.
Bozor iqtisodiyotiga
oʻtish xususiy mulkning shakllanishi, biznes va tadbirkorlik subyektlarinig
faol harakati, tashqi investisiyalarni jalb qilish kabilarga bo
gʻliq. Jahon tajribasi koʻrsatadiki, aynan
kichik biznes va tadbirkorlik iqtisodyotga, aholining aniq talab va ehtiyojlariga tez moslashadi, yangi
texnologiyalarni hayotga joriy etadi, iqtisodiy faollikni, ishbilarmonlik muhitini yaratadi.
Manfaatdorlikka qurilgan kichik biznes va tadbirkorlik kishilarni tinmay ishlashga, izlanish, yangi-
yangi narsalarni, xizmat turlarini yaratishga undaydi. [11,s.9-11].
Shu nuqtaiy nazardan biznesga aholinig, jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy hizmat turlariga
b
oʻlgan extiyojlarini qondiruvchi tizim sifatida qaraladi. [12, c.120-125].
Kichik biznes va tadbirkorlikning YaIM hissasi AQSh va Germaniyada 50-55%, Buyuk
Britaniyada 55-60%, Italiyada 57-60%, Yaponiyada 52-55%, Xitoyda 60-65% ni tashkil etadi. Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning umumiy bandlikni ta’minlashi 50-70%, mamlakatlar
korxonalaridagi soni 97-99% dan iborat[13, c.567-570].
Jahon tajribasiga tayangan holda Markaziy Osiyo Respublikalarida ham kichik biznes va
tadbirkorlikni q
oʻllab quvvatlash boshlandi. Bugun kichik biznes va tadbirkorlik ijtimoiy – iqtisodiy,
madaniy integratsiyaning muhim subyektlari sifatida harakat qilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyasi
ishlab chiqilgan. Prezident I.A. Karimov ushbu strategiyani quyidagicha belgilab beradi: “Erkin
65
Do'stlaringiz bilan baham: |