ILMIY AXBOROTNOMA UNIVERSITET HAYOTIDAN
2017-yil, 2-son
50-70 yillarida milliy ma’naviyat tarixini-milliy merosni
oʻrganish boʻyicha olib borgan faoliyatining
oʻzi jasurlik, gʻoyaviy mustaqillik uchun kurashning oldingi saflarida boʻlish edi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov fikricha, “Xalqimiz doimo ma’naviy jasorat hissi bilan
yashagan va bu ulu
gʻ tuygʻu uning hayotida yillar, asrlar oʻtgani sayin tobora kuchayib, yuksalib
bormoqda. Chunki xalq ma’naviyati shunday bir ummonki, har qaysi avlod undan kuch-qudrat,
gʻayrat va ilhom olib,oʻzining naqadar ulkan ishlarga qodir ekanini namoyon etadi,”[2] -deb
ta’kidlagan. Sobiq Ittifoq eng gurkiragan sharoitda 1968 yil “Fan”nashriyotida akademik
I.M.M
oʻminov tamonidan “Amir Temurning Oʻrta Osiyo tarixida tutgan oʻrni va roli “risolasining
chop etilishi
oʻsha davr uchun akademik Ibrohim Moʻminov tomonidan amalga oshirilgan juda katta
ma’naviy jasorat hisoblanadi.
Oʻsha kezlarda bunday risolaning chop etilishi, birdaniga emas, balki
uzoq yillar mulohaza yuritib manbalarga tayanib, fikr yuritish natijasida paydo b
oʻlganligi tabiiydir.
Oʻsha kezlarda Samarqand shahrining YUNESKO tamonidan 2500 yilligini nishonlash belgilangan
edi, ya’ni markaziy Osiyoda Temur va temuriylar davri san’atini
oʻrganishga bagʻishlangan Xalqaro
konferensiya
oʻtkazilishi belgilandi. Shu munosabat bilan Temuriylar davri merosini chuqur
o
ʻrganishga qaratildi.Temur merosini oʻrganishga turlicha yondashuvlar mavjud edi. Markscha
Lenincha mafkuraga asoslangan sovet tarixi fanida Amir Temur t
oʻligʻicha “bosqinchi”,”zolim”,
“xalqlarni qaqshatgan qonx
oʻr” degan turli salbiy fikrlar hukmron boʻlgan bir sharoitda
I.M.M
oʻminov birinchi boʻlib Temurni ilmiy, obyektiv oʻrganish, uning turli sohadagi faoliyatiga
t
oʻgʻri, izchil baho berish masalasini koʻtarib chiqqan edi. Akademik I.M.Moʻminov Amir Temurning
boshqa
oʻlkalarni bosib olishidagi, shafqatsiz urushlari bilan birga, uning Oʻrta Osiyo tarixi uchun
ijobiy rol
oʻynaganini ham koʻrsatib oʻtadi. Amir Temur tomonidan Oʻrta Osiyoni moʻgʻillardan ozod
qilish va mustaqil kuchli davlatga aylantirish va uni har tomonlama rivojlantirishga ulkan hissa
q
oʻshgan. I.M.Moʻminov fikricha, Amir Temur Oʻrta Osiyoda shaharlarning qurilishiga, ilm-fan, din
ahliga e’tibor berganligi,
oʻzaro nizolarning oldini olishda, hamda savdo-sotiqning keng koʻlamda
rivojlanishiga, keng imkoniyatlar yaratilganligi haqida fikr yuritadi. Eng muhimi I.M.M
oʻminov Amir
Temur tamonidan yaratilgan davlatning boshqarish qonunlari-“Temur tuzuklari”ning (Ulojenie
Temura) oktyabr inqilobidan oldingi rus nashrini “Fan” nashriyotida qayta k
oʻpaytirish (1968), Temur
davri va uning turli sohadagi faoliyati haqida muhim manba hisoblangan XV-asr boshida yozilgan Ali
Yazdiyning “Zafarnoma”asarining faksimile nusxasini nashr (1972) etishning asosiy tashabbuskori
b
oʻlgan.
I.M.M
oʻminov tomonidan amalga oshirilgan ishlari, ya’ni, Amir Temur haqidagi yozgan
risolasi keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olingan b
oʻlsa ham, ayrim gʻarazli niyatdagi kishilar
I.M.M
oʻminov ishlariga qarshi kurashda foydalandilar, ya’ni Amir Temur faoliyatini ideallashtirishda
va siyosiy-
gʻoyaviy xatoga yoʻl qoʻyishda aybladi. Akademik M.M.Xayrullayevning fikricha,“Bu
ishga Moskvadagi ayrim ilmiy-tekshirish institutlarining rahbarlari, tarixchilar, hatto KPSS markaziy
komitetidagi ba’zi rahbar xodimlar ham jalb etildi. Buning natijasi sifatida 1978 - yilda Moskvada rus
tilida chiqadigan ittifoq jurnalida bir toshkentlik muallif, s
oʻng “Вопросы истории” jurnalining bir
sonida fan nomzodi rus olimining imzosi bilan Amir Temurning tarixdagi rolini ilmiy
oʻrganishga
ba
gʻishlangan maqola nashr etildi. Bu maqolalarda I.M.Moʻminovning Temur toʻgʻrisidagi yuqoridagi
kitobchasi keskin tanqid ostiga olinib, uning muallifi tarixni soxtalashtirishda, Temurni
ideallashtirishda ayblandi. Moskvadagi partiya rahbarlari ishtirokida mafkura masalasiga
ba
gʻishlangan bir yigʻilishda bu haqda aytib oʻtilgan. Moskvada chiqadigan qator markaziy jurnal va
gazetalarda Temurni tilga olgan holda
oʻtmishni soxtalashtirmaslik haqida umumiy nasihatomuz
maqolalar ham nashr etildi,”[3] –deb izohlaydi. Darhaqiqat,
oʻsha davrlarda KPSS markaziy komiteti
tomonidan
Oʻzbekiston markaziy komitetiga bu masalani koʻrib chiqish haqida koʻrsatma berilgan.
Oʻsha davrlarda I.M.Moʻminov Oʻzbekiston kompartiyasi markaziy komitetining a’zosi, hamda uzoq
yillar
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasida ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha rahbari edi.Oʻsha kezlarda
Oʻzbekiston kompartiyasi rahbari Sh.R.Rashidov akademik I.M.Moʻminov Amir Temur merosi
b
oʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borganidan xabardor boʻlgan.Turli tomondan taz’yiqlar kuchaya
boshlagandan keyin Respublika rahbariyati kichik bir qaror qabul qilib chora k
oʻrishga majbur
b
oʻlgan.
Juda katta matonat egasi akademik I.M.M
oʻminov oʻzbek xalqi milliy ma’naviyatini
yuksaltirish y
oʻlida 1968 - yil 5-mayda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi preziduimida boʻlgan
kengashda “Amir Temurning
Oʻrta Osiyo tarixida tutgan oʻrni va roli” mavzusi boʻyicha ma’ruza
172
Do'stlaringiz bilan baham: |