Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA                          UNIVERSITET HAYOTIDAN



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA                          UNIVERSITET HAYOTIDAN   
 
2017-yil, 2-son 
OLIM, PEDAGOG, TASHKILOTCHI RAHBAR, KAMTARIN 
INSON MUSO M
OʻMINOV:  
OʻZBEK OLIMLARI HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATIGA CHIZGILAR 
R.I.Xalmuradov  
SamDU rektori, professor 
 
Jamiyat va mamlakatlar tarixida shunday voqea va hodisalar yuz beradiki,  ularning qadr-
qimmati va inson tamaddunidagi 
oʻrni yillar va asrlar oʻtgach ham unutilmaydi. Xuddi shunday, 
insoniyat sivilizatsiyasida ham tarix sahifalaridan 
oʻrin olgan shaxslar boʻladiki ularning ilmiy-ijodiy 
mehnatlari samarasi, insoniylik fazilatlari uzoq vaqtlar 
oʻtsada yanada tiniqlashadi, ijtimoiy-
iqtisodiyot taraqqiyotiga xizmat qilaveradi.        
Bu yil 
oʻzining 90 yillik yubileyini nishonlayotgan Samarqand davlat universitetining 
shakllanishi va rivojlanishida 
oʻzining serqirra ijodi, fidoiy mehnati va kadrlar tayyorlashdagi 
yutuqlari bilan tarix sahifalarida yorqin iz qoldirgan shaxslar, jamoat va davlat arboblari bir talay. Ana 
shunday tabarruk insonlardan biri Muso M
oʻminovdir.        
Oʻzbekistonda Moʻminovlar sulolasini bilmaydigan oila, ziyoli insonlar, oliy ta’lim 
muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari b
oʻlmasa kerak. Darhaqiqat, mamlakatimizning 
oliy ta’limi va ilm-fani, so
gʻliqni saqlash tizimi, madaniyatini akademiklar Ibrohim Moʻminov va 
Tolib M
oʻminov, professorlar Muso, Vafo, Maqsud, Aktam, Akram Moʻminovlarsiz tasavvur etish 
qiyin. 
Biz 
Oʻzbekistonda ilm-fan va xalq maorifi taraqqiyotida muhim oʻrin tutgan, fizika, ayniqsa 
yadro fizikasi fanining rivojlanishiga salmoqli hissa q
oʻshgan taniqli olim, ustoz-murabbiy, oliyjanob 
inson, butun borli
gʻini xalq va el-yurt ravnaqiga baxshida aylagan, tom ma’noda xalq farzandi, Muso 
M
oʻminovning hayot yoʻli va ilmiy-pedagogik, rahbarlik va tashkilotchilik faoliyatiga ba’zi 
chizgilarni berishni maqsad qildik. 
M.M
oʻminov 1903 yilda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Tezguzar qishlogʻida 
ziyolilar oilasida tavallud topgan. U yoshligidanoq otasi Abdulm
oʻmin Fayzullayev va aka-ukalari 
bilan oilaning dehqonchilik ishlariga yordamlashar, atrofdagi yangiliklarni, ola
gʻovur zamon voqea-
hodisalarini sinchkovlik bilan kuzatib, ularni tahlil qilish va tushunishga intilar edi. Oilaning katta 
oʻgʻil farzandi Arabboy, kichigi esa Ibrohim Moʻminov (akademik, Oʻzbekistonda falsafa maktabini 
yaratgan olim va jamoat arbobi) b
oʻlib, ikkinchi farzand Muso Moʻminov 1920-24 - yillarda dehqon 
aholi 
oʻrtasida savodsizlikni tugatishda faol qatnashadi. 1924-27  -  yillarda Moskva shahridagi 
G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Mehnat fakultetida, 1928-36  -  yillarda 
Samarqand pedagogik akademiyasida dastlab fizika-matematika fakulteti talabasi, keyinchalik 
aspiranti sifatida ta’lim oladi. Taniqli professor A.M.Titovga shogird tushdi va aspiranturada 
oʻqish 
davrida b
oʻlgʻusi akademiklar U.O.Oripov va S.U.Umarovlar bilan doʻstlashdi va bu doʻstlik bir umr 
davom etdi. 1936-37  -  yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida direktor 
oʻrinbosari, kafedra 
mudiri sifatida faoliyat k
oʻrsatadi. 1941 - yilda prof.A.M.Titov rahbarligida “Tuproqning solishtirma 
issiqlik si
gʻimini kalorimetr yordamida aniqlash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini  himoya 
qiladi. 1937-44 - yillarda Samarqand  pedagogika instituti direktori lavozimida ishlaydi. 
Ikkinchi jahon urushi tufayli yopilgan 
Oʻzbekiston davlat universitetini (hozirgi Samarqand 
davlat universiteti)  qayta tiklashda 1944 - yili Muso M
oʻminov rektor etib tayinlanadi, shu bilan bir 
vaqtda fizika-matematika fakultetininig “Umumiy fizika” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat 
k
oʻrsatadi. 1944  -  yilning  oʻzidayoq universitetda 23 kafedra ishga tushirildi. Universitetda oʻquv 
jarayoni, kafedralarda ilmiy-tadqiqot ishlari y
oʻlga qoʻyildi.  Oʻquv-ilmiy laboratoriyalar tashkil 
etiladi, asbob-uskunalar bilan jihozlanadi. 
Oʻquv jarayonini, ilmiy ishlarni yuqori saviyaga koʻtarish 
maqsadida sobiq Sovet Ittifoqining oliy 
oʻquv yurtlaridan, ilmiy markazlaridan taniqli olimlar taklif 
qilinadi. Masalan, sobiq Ittifoq FA ning muxbir a’zosi V.P.Jelepov, professorlar L.I.Lapidus, 
B.M.Golovin va boshqalar shular jumlasiga kiradi. 
Universitetda ta’lim-tarbiya jarayonini qaytadan shakllantirish va tizimli y
oʻlga qoʻyishda 
I.M
oʻminov, V.Abdullayev, Ye.Proskoryakov, M.Aminov, A.Yefimov, M.Sobirov, I.Umnyakov, 
R.Iskandarov, Yu.Aleskerov, M.Abramov va boshqalar tashabbuskor M.M
oʻminov bilan faol ishtirok 
etdilar. 
167 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish