ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2017-yil, 2-son
Axborot bosqichi. Bu bosqichda statistik ma'lumotlar va boshqa zarur axborot t
oʻplanadi, qayta
ishlanadi va kadrlar bilan bo
gʻliq holat shuningdek, uning istiqbolda rivojlanish variantlari tahlil
qilinadi.
Kadrlar b
oʻyicha loyihalar ishlab chiqish bosqichi. Kadrlar bilan bogʻliq holat va uning
rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish muqobil variantlar ishlab chiqish uchun asos yaratadi. Bu
bosqichda kadrlar b
oʻyicha muqobil loyihalar va ularning kadrlar iqtisodiy maqsadlarga erishishga
ta'siri tadqiq qilinadi. Bu bosqich eng k
oʻp mehnat va kadrlar xizmatlari xodimlaridan yuqori malaka
talab qiladi. Qaror qabul qilish bosqichi, ya'ni kadrlar xizmatlari faoliyatini tashkil qilish uchun
majburiy y
oʻnalish sifatida rejalar variantlaridan birini tasdiqlash bosqichi.
Bunda tashkiliy tarkib va shtatlar sonidan kelib chiqqan holda miqdoriy va sifat
k
oʻrsatkichlariga ega boʻlgan reja ishlab chiqiladi. Tashkilotni malakali ishchi kuchi bilan ta'minlash
uchun zarur b
oʻlgan xarajatlarni belgilash kadrlarni rejalashtirishning ajralmas vazifasidir. Bunda
personalni ishlatish xarajatlaridan tashqari, personalni t
oʻldirish va oʻqitish xarajatlari ham e'tiborga
olinadi.
Professional vazifalar tahlili - ish joyi va lavozimlarning majburiyatlari bilan bo
gʻliq
xususiyatlari va ularning dinamik tavsifnomalarini
oʻrganish. Xodimlar professional vazifalarini tahlil
qilib, kadrlar b
oʻlimi rahbari xizmatchilar uchun lavozim yoʻriqnomasi yoki ishchilar uchun ishlab
chiqarish operatsiyalari ta'rifi va shuningdek, muayyan ish turi bajarilishi uchun zaruriy malakaviy
talablarni ishlab chiqishi mumkin.
Lavozim y
oʻriqnomasi – tashkilotning ichki huquqiy hujjati boʻlib, hizmatchining boshqaruv
apparatidagi vazifasi va
oʻrni, funktsional majburiyatlari, huquqi, javobgarligi va uni ragʻbatlantirish
masalalarini tartibga soladi.
Lavozim y
oʻriqnomalari quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
funksional vazifalarning xizmatchilar orasida teng taqsimlanishi;
muddatiylik, mehnattalablik, davomiylik va bajarish muddatlarining miqdor
k
oʻrsatkichlarini joriy qilish hisobiga vazifalarni oʻz muddatida va ishonchli bajarilish darajasini
oshirish;
jamoada ijtimoiy-ruhiy iqlimni yaxshilash, hamda boshliqlar va xizmatchilar
oʻrtasidagi
kelishmovchiliklarni y
oʻqotish;
xizmatchining funksional aloqalari va boshqa mutaxassislar bilan aloqasini aniq belgilash;
xizmatchining boshqaruvchilik qarorlarini tayyorlash va qabul qilish, hamda resurslardan
foydalanish sohasidagi huquqlarini aniq belgilash;
xizmatchilarning vazifalari
oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun umumiy va shaxsiy
javobgarligini oshirish;
ish vaqtini boy berish va ortiqcha ishlanishining oldini olgan holda xizmatchilarning vaqt
b
oʻyicha bir tekis bandligini ta'minlash.
Personal yollash uchun javobgar - kadrlar b
oʻlimi xodimlari boʻlib, ularning majburiyatlariga
yangi nomzodlarni t
oʻplash, firmada yangi lavozim, ish joylarini ochish kiradi. Ular oʻz kompaniyasi
xodimlari orasidan mos keluvchi nomzodlarni izlash,
oʻz tarmoqlari xizmatchilari va hamkasblaridan
s
oʻrash, gazetalarda reklama e'lonlarini chop etish, mehnatga joylashtirish boʻyicha davlat va xususiy
agentliklar bilan hamkorlik qilish, mehnatga joylashtirish b
oʻyicha kasaba uyushma byurolariga
murojaat qilish, kollej talabalari orasida nomzodlar izlash bilan shu
gʻullanadi.
Nomzodlarni ishga jalb qilish manbalari quyidagilar:
1. Tashkilot ichida izlash.
2. Xodimlar yordamida tanlash.
3.
Oʻzini namoyon etgan nomzodlar.
4. Televidiniya, radio, gazeta kabi ommaviy axborot vositalarida e'lonlar berish.
5. Institut va boshqa
oʻquv muassasalariga chiqish.
6. Davlat mehnat agentliklari.
7. Personal tanlash b
oʻyicha xususiy agentliklar.
K
oʻp tashkilotlar oʻzida rezerv tayyorlashni ma'qul koʻradi: xodimlarining xizmat boʻyicha
k
oʻtarilishi arzonroq tushadi. Bundan tashqari ularning manfaatdorligi kuchayadi, psixologik muhit
yaxshilanadi. Ichki rezervlar hisobidan kadrlarni t
oʻplashning keng tarqalgan usuli - malakali
xodimlarni taklif qilish bilan ochilayotgan vakansiya haqida axborot tarqatish hisoblanadi. Ichki
149
Do'stlaringiz bilan baham: |