Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
FALSAFA 
      
 
      2017-yil, 2-son 
Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri b
oʻlganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va 
e’tirof etmoqda.” Shuning uchun bizning ma’naviyatimiz hamisha, xatto eng ashaddiy ateistik 
mafkura hukmronligi davrida ham, cheklangan holda b
oʻlsa hamki, undan ozuqlanib kelgan.  
Bizga ma’lumki, Sharq ma’naviy madaniyatida komil inson qiyofasini  yaratish masalasi 
oʻzgacha yondashuv asosida yoritilgan. Komil insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon 
Sharqi axloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, q
oʻllanma vazifasini oʻtagan koʻp 
pandnomalar, xalq kitoblari mavjud b
oʻlgan. Masalan, Kaykovusning «Qobusnoma», Sa’diyning 
«Guliston», «B
oʻston», Amir Temurning «Temur tuzuklari», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», 
Alisher Navoiyning «Mahbubul-qulub», Xusayn Voiz Koshifiyning «Axloqi muhsiniy» va boshqalar 
shular  jumlasidandir. Bu asarlarning k
oʻpchiligida odil shoh va adolat, halollik, soflik, poklik, 
t
oʻgʻrilik, rostgoʻylik, insonparvarlik, ma’rifatli boʻlish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan. 
Oʻz navbatida, Sharqning buyuk mutafakkirlari va shoirlari komil inson obrazini yaratar 
ekanlar, unda bilim, ezgu tuy
gʻular va yuksak xulq bir birini toʻldiradigan tarzda oʻzaro uzviy, uygʻun 
birlikda rivojlanganligiga alohida e’tibor qaratganlar. Sharq ma’naviy qadriyatlari, uzoq vaqtlar 
Gʻarbnikidan asosan oʻziga xos axloqiy qonun-qoidalarni  mustahkamligi, ma’naviy-estetik his-
tuy
gʻularning serjiloligi, beqiyos jozibadorligi bilan ajralib turgan. Zero, Gʻarb ma’naviy-axloqiy 
qadriyatlari asosan tafakkur zaminida tu
gʻilib, tafakkur taraqqiyotiga xizmat qilib kelgan boʻlsa, Sharq 
ma’naviy qadriyatlari esa asosan  qalb bilan bo
gʻliq va qalb taraqqiyotiga xizmat qilib kelgan. Lekin 
oʻtmishimizda bu oʻzgacha axloq va jozibadorlik Sharqona hikmatlarning buyukligini aslo pasaytira 
olmaydi, aksincha, uning mazmunida  Shu jozibadorlikka munosib juda teran ma’nolar jo b
oʻlgan. Bu 
esa 
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “...bizning ulugʻ 
ajdodlarimiz 
oʻz davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda 
aytganda, Sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini” va  “Ota-bobolarimizning ong-u 
tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va andisha, sharm-u 
hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuy
gʻu va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmunini 
tashkil...” etganini va ushbu kodeks xalqimiz ma’naviyatining mezoni b
oʻlib kelganini va u milliy urf-
odatlarimizga aylanib ketganini va  endigi hayotimizda ham  “...xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda 
milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam b
oʻlgan mehr-oqibat, insonni ulugʻlash, tinch va 
osoyishta hayot, d
oʻstlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli 
qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb...” etib borishi zarurligini k
oʻrsatadi. Shuning uchun ham 
xalqimiz milliy ma’naviyati 
oʻziga xos erkak va ayollarning Sharqona axloqiy fazilatlari, ota-ona va 
farzandlar, q
oʻni-qoʻshnilar, mahalla-kuy aloqalari, halollik, imon va vijdon bilan bogʻliq ma’naviyati 
hozirgi kunda jamiyatimiz taraqqiyotining muhim omili sifatida xizmat qiladi. 
Bizga ma’lumki, Yaqin va 
Oʻrta Sharqda IX asrdan boshlab, bir necha asr davom etgan 
madaniy yuksalish “Sharq xalqlari Renessansi”, “Musulmon Renessansi”kabi nomlar bilan tilga 
olinadi. 
Gʻarbda esa bunday davr  XV-XVI asrlarga toʻgʻri keladi va ma’lum ma’noda Sharq 
Renessansining davomi sifatida yuzaga chiqadi. Masalan, Sharq she’riyat falsafasi 
Gʻarb falsafasidan, 
masalan, Gegel panlogizmidan kamida ikki po
gʻona baland turadi. Vaholanki, Gegel oʻzining 
yevropamarkazchilik pozitsiyasidan turib 
Gʻarb ma’naviyatini Sharqnikidan ustun oʻringa qoʻygan 
edi. Boshqa ishida esa uning 
oʻzi  oʻz dialektikasini ishlab chiqishda Rumiyning “Ma’naviy 
masnaviy”sidan ta’sirlanganini yozadi. Vaholanki, Gegel panlogistik dialektikasi Rumiyning g
oʻyo 
atir gullardan iborat masnaviylari guldastasi oldida qurib qolgan bir giyohday k
oʻrinib qoladi. Zero, 
taniqli rus olimi A.F.Losev yaxshi tushuntirganiday, “Mantiq faqat mantiqiydir, real hayot esa cheksiz 
boy”. Rumiy esa, R.Fish yaxshi tuShuntirganiday, “fikrlarini mavhum mantiqiy kategoriyalarda emas, 
balki otashin shoirona timsollar vositasida talqin” va u bizningcha, ayni hayotning 
oʻzi kabidir. Lekin 
biz Rumiyning bu asari Gegelga chet tilga 
oʻgirilgan, oʻz tilining jonli jilvasidan ajratib olingan holda 
yetib borganini ham hisobga olishimiz  kerak. Ayni Shu holda ham u buyuk nemis faylasuf olimlarini 
qoyil qoldirgan edi. Shu 
oʻrinda yanada Sharq ma’anaviy qadriyatlaridan ta’sirlangan olim sifatida 
fransuz faylasufi va olimi B.Paskalni keltirib 
oʻtishimiz mumkin. Uning “Haqiqat “qalb mantiqiga” va 
Xudoning mavjudligini subyektiv his etish orqali dalillanishiga asoslanadi” degan fikri hozirgacha 
oʻz 
ahamiyatini y
oʻqotgani yoʻq. Bundan tashqari buyuk nemis shoiri va faylasufi Gyotening Sharq 
falsafasi buyukligini tan olib aytgan quyidagi fikri ma’lum va mashhurdir. “Eroniylar, – degan edi u. – 
Yol
gʻiz 7 shoirni buyuk deb tan olishadi, Shu qatorga kirmaganlar orasida ham mendan ustunlari 
ozmuncha emas”. Shu nuqtaiy  nazardan qaraganda, mazkur hududlardagi shakllangan 
gʻoyalarning 
94 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish