ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2017-yil, 2-son
qonunlar qabul qilindi va hayotga tatbiq qilinmoqda. Shuning bilan birga xalqning hokimiyat
boshqaruvida keng ishtirokini ta’minlash maqsadida saylov tizimi izchillik bilan takomillashtirilib
borilmoqda, parlamentning ikki palatalik shakli vujudga keltirildi, hokimiyat bilan ommaning
oʻzaro hamjihatlikda faoliyat olib borishini kengaytirish maqsadida jamoat, nodavlat va notijorat
tashkilotlarining huquqlari bosqichma-bosqich kengaytirilmoqda, hamda ularning faolligi
oshishiga e’tibor berilib kelinmoqda. Buni biz 2016-yil 4-dekabr kuni
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentligiga saylov jarayonida ham k
oʻrdik. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, saylov jarayonida 5
ta xalqaro tashkilot hamda 46 ta davlatdan 600 nafarga yaqin kuzatuvchilar ishtirok etdilar. Jumladan,
ilk bor Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari
b
oʻyicha byurosining 32 ta mamlakatga mansub 200 nafarga yaqin tarkibdagi toʻlaqonli missiyasi
kuzatuvchilari qatnashdilar. Barcha chet ellik kuzatuvchilar tomonidan saylov tenglik va adolat
prinsiplari asosida, ochiq va oshkora
oʻtgani bir ovozdan tan olindi.
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan har bir ishda milliy mentalitetimizga xos boʻlgan
bosiqlik, vazminlik, jamoaviylik, k
oʻpchilikning maslahatiga e’tibor bilan qarash, oʻzaro hurmat
kabi qadriyatlarimizga amal qilinmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizda demokratik
qadriyatlar bosqichma-bosqich barqaror rivojlanib bormoqda. Demokratik jamiyat qurishda
Oʻzbekiston tajribasi shuni koʻrsatadiki, milliy mentalitetga asoslanib, demokratik islohotlarni
oʻtkazishgina kutilgan natijani berishi mumkin. Demokratiyani xalq mentalitetiga tayanilib, uning
ongida, qalbida va faol ishtirokida shakllantiriladi. Ayni paytda milliy mentalitet ham demokratik
qadriyatlar bilan hamohang
oʻzgarib rivojlanib boradi. Bu mustaqillik yillarida millatimiz
mentalitetida sodir b
oʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlarda oʻz ifodasini topmoqda. Buni xalqimizning
siyosiy jarayonlarda faol ishtirok qilishga b
oʻlgan intilishi, oʻzini jahonda yuksak taraqqiy etgan
mamlakatlarda amal qilayotgan demokratik qadriyatlar darajasiga erishishda faolligining oshib
borayotganligida ham k
oʻrishimiz mumkin boʻladi. “Oʻzbek milliy mentalitetida demokratik
dunyoqarashni takomillashtirishda an’anaviy tizimning ming yillar davomida shakllanib kelgan
demokratik tamoyillarini yanada jonlashtirish, uning ta’sir mexanizmlari va tarbiya vositalaridan
foydalanish demokratik jarayonlarni tabiiy, jamiyatni milliy xususiyatlariga mos ravishda amalga
oshirilishiga vosita b
oʻladi”[8].
Xullas, demokratik jamiyat qurishning muhim shartlaridan biri – u xalqning asrlar davomida
shakllanib kelgan
oʻziga xosligini hisobga olish, uning mentalitetidagi eng ijobiy jihatlaridan
samarali foydalanishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |