The role of medieval thinkers in the development of the legal culture of society
Abstract. In period of independence there was an actual increase of legal literacy of youth. In
works of the Central Asian thinkers and scientists has been paid the attention on legal culture. In
article are given opinions and sights of the Central Asian scientists directed on legal culture of youth.
Keywords: independence, youth, legal culture, norms of morals, scientific historical heritages
of eastern thinkers, the right infringement, legal protection, legal responsibility.
Oʻzbekistonda yuksak milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan yangi fuqarolik
jamiyati barpo etilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy davlatchilik va fuqarolik
jamiyatining huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy asoslarini barpo etishda jiddiy yutuqlarga
erishildi. Bu borada islohotlarning davomi sifatida 2014 yil 15-16 may kunlari Samarqand shahrida
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan “
Oʻrta asrlar Sharq allomalari va
mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati”
mavzusida xalqaro konferensiya b
oʻlib oʻtdi. Tashkil etilgan ushbu xalqaro anjumanda AQSH, Buyuk
Britaniya, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya, Hindiston, Misr, Indoneziya, Saudiya
Arabistoni, Kuvayt, Rossiya, Ozarbayjon kabi ellikka yaqin mamlakatdan olimlar, nufuzli xalqaro
tashkilotlar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari professorlari, ilmiy markazlar va institutlar
mutaxassislari, ekspertlar ishtirok etdi. YUNESKO Bosh direktorining
oʻrinbosari, Osiyo va Tinch
okeani mintaqaviy byurosi direktori Xubert Gizen
oʻrta asrlar Sharq allomalarining dunyo
tamaddunida tutgan
oʻrni, ilm-fan va san’at rivojiga qoʻshgan hissasi haqida soʻz yuritdi. Mamlakatda
milliy qadriyatlarni tiklash, boy tarixni
oʻrganish, fan va ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratayotgan
e’tibori uchun prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Biz mutafakkirlarimizning
qutlu
gʻ merosidan butun xalqimiz, jumladan, yoshlarimizning ham bahramand boʻlishiga, ularning
ma’naviy muhitda kamol topishiga, islom dinining insonparvarlik falsafasi, buyuk
gʻoyalari yosh
avlod yuragidan ham joy olishiga sharoit yaratmoqdamiz. Boshqacha aytganda, biz farzandlarimizni
dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy t
oʻplagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti,
Termiziy
oʻgitlari, Yassaviy Hikmatlari asosida tarbiya qilmoqdamiz», – deb ta’kidlangan edi.[1]
Bugungi kunda respublika aholisining 60 foiziga yaqin qismini tashkil etuvchi yoshlarning
huquqiy madaniyati masalasini va uning yozma tarixiy an’analarini tiklash muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Shu bois talaba-yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirishning nazariy jihatlarini ilmiy
49
Do'stlaringiz bilan baham: |